"Mikrokreditbank" аtb o‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi pf-60-sonli Farmonining 253
"Mikrokreditbank" АTB O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-60-sonli Farmonining 2.253-, 2.254- va 2.310-bandlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi. Farmonning 2.253-bandida xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan bir qator topshiriqlar belgilab berilgan.
Jumladan, 2021-yil davomida bank filiallari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 846,5 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilib, 39 676 nafar ishsiz ayollar tadbirkorlikka jalb etildi.
Joriy yilda ham xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishda bank tomonidan zaruriy choralar ko‘rib boriladi.
Shuningdek, Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasiga bank tomonidan 2022-yil 22-yanvarda 05-31/1090-sonli xat orqali tegishli takliflar taqdim etildi.
2.254-bandida “Аyollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish belgilangan.
Xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni, ustuvor ravishda “Аyollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlashga yo‘naltirishda zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda.
Bank tomonidan joriy yilning 11-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga 04-31/412-sonli xat bilan “Аyollar daftari” orqali xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga tegishli takliflar taqdim etildi.
“Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash nazoratga olingan.
Topshiriqning 2.310-bandida esa hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilangan.
Bank filiallari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2021-yilda 1 901 nafar hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 59,8 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lib, joriy yil boshidan bugungi kunga qadar esa hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 67 ta holatda 2,4 mlrd.so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, shundan 1,7 mlrd.so‘mi “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo bo‘lgan 50 nafar hunarmand (kulol) tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi tizimli ravishda davom ettiriladi.
Shuningdek, ushbu Farmonining 2-ilova 32.148-band ijrosi yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 1,5-2 barobarga oshirish bo‘yicha bank tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
148.2-band ijrosi bo‘yicha parrandachilik yo‘nalishidagi 306 ta loyihalarning 150 tasi “Mikrokreditbank” АTB tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʼlib, bugungi kunga qadar 58 ta loyihalarga 163,5 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.
148.3-band ijrosi bo‘yicha baliqchilik yo‘nalishida 2021-yil davomida 447 nafar aholiga 11,7 mlrd.so‘m, 102 ta tadbirkorlik subyektlariga 40,7 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
"Mikrokreditbank" АTB hududiy filiallari tomonidan joriy yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholi xonadonlarida baliqchilikni rivojlantirish uchun 201,8 mln.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Bankimiz tomonidan mazkur Farmonda belgilangan barcha topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash choralarini ko‘rib borilmoqda.
Rustam Sulaymonov "Mikrokreditbank" ATB Boshqaruv Raisi o'rinbosari