Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida



Download 23,49 Kb.
Sana10.09.2021
Hajmi23,49 Kb.
#170696
Bog'liq
lex.uzdaftar


РуЎзO‘z|Ру

2 08.01.2021

Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Xotin-qizlar muammolarini “Ayollar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha VAQTINChALIK TARTIB

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI


XOTIN-QIZLARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda ko‘maklashish tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Xotin-qizlar muammolarini “Ayollar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik tartibning amaliyotda qo‘llanilishini tahlil qilgan holda, uni takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

har haftada tuman (shahar)lar hokimlarining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tegishli sektorlar rahbarlarining “Ayollar daftari” bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini tanqidiy muhokama qilib borsin;

Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari hamda mahallalarda tashkil etilgan “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish, ayollarning muammolarini tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rsin;

ikki hafta muddatda har bir tuman va shahar kesimida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlari muhokamasiga kiritsin;

aniqlangan tizimli muammolar va ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgan omillarni har chorakda kamida bir marta chuqur tahlil qilgan holda, joylarda xotin-qizlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish hamda jamiyatda ayollarning nufuzini yanada oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligi to‘g‘risida hokimlar hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida hisobot berib borishlarini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda doimiy ravishda joylarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, biznes loyihalarini ishlab chiqishga o‘rgatish, ularga biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ko‘maklashish, kredit ajratilgandan so‘ng xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish borasida amaliy yordam ko‘rsatish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2021-yil 8-yanvar,

2-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 2-son qaroriga



ILOVA

Xotin-qizlar muammolarini “Ayollar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha

VAQTINCHALIK TARTIB

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Vaqtinchalik tartib (keyingi o‘rinlarda — Tartib) “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

“Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi;

“Ayollar maslahat kengashi” — ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish, oilalarni mustahkamlash va ularning farzand tarbiyasidagi rolini hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan maslahatlar berish, “odobli qiz”, “iffatli kelin” va “ma’rifatli ayol” g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida har bir fuqarolar yig‘inida tashkil etiladigan jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tuzilma;

sektorlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shahar)lar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan tumanlar (shahar)lar va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining ko‘maklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi;

sektorlar ishchi guruhi — sektor rahbari boshchiligida iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohasi, davlat boshqaruvi organlarining tuman (shahar)lar tuzilmalarining malakali mutaxassislari va tijorat banklari xodimlaridan iborat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan maxsus ishchi guruhlari.

3. “Ayollar daftari” ushbu Tartibga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha yuritiladi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar tegishli qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

2-bob. “Ayollar daftari”ni shakllantirish

4. Har bir sektor kesimida mahallabay “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar (bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yo‘qotgan, biroq ishlash ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlar);

boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi bo‘lmagan, qo‘shimcha moddiy yordamga muhtojlar);

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnatga qobiliyatsiz, o‘zgalar parvarishiga muhtojlar);

uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnat qilish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan, yolg‘iz yashaydigan, uy-joyini ta’mirlash imkoniyati bo‘lmaganlar);

noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan xotin-qizlar (ma’muriy binolar, yerto‘lalar va istiqomat qilish maqsadlariga mo‘ljallanmagan boshqa binolarda yolg‘iz yoki oila a’zolari bilan birgalikda yashayotgan, shuningdek, doimiy yashash uchun turar joyi bo‘lmagan holda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar);

qaramog‘ida bir va undan ortiq I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz ayollar;

tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (o‘zi va birgalikda yashovchi oila a’zolari og‘ir ijtimoiy vaziyatda bo‘lgan, surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmaganlar);

huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar (huquqiy maslahat olish istagida bo‘lgan, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida murojaat qilganlar);

psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar).

5. Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda o‘rganiladi:

sektorlar ishchi guruhlari tomonidan biriktirilgan mahallalarda fuqarolar yig‘inlari xodimlari va faollari bilan birgalikda barcha yo‘nalishdagi muammolarni har yarim yilda bir marotaba, bunda yarim yillik birinchi oyining dastlabki 15 kunida uyma-uy yurish orqali;

xotin-qizlarning murojaatlarini, shu jumladan, “Ayollar maslahat kengashi”ga murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali.

O‘rganish davomida xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari anketa-so‘rovnomalar orqali aniqlanadi.

Xotin-qizlarning aniqlangan muammolari sektorlar shtablari kotiblari va fuqarolar yig‘ini xodimlari tomonidan xotin-qizlarning shaxsiy individual anketalariga 3 kundan oshmagan muddatda kiritiladi.

6. Individual anketalar sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘iga to‘ldirilgan kundan boshlab 1 kun muddatda taqdim etiladi.

7. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i 3 kundan oshmagan muddatda individual anketalar ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi.

Individual anketalarni ko‘rib chiqish jarayonida ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlari bilan solishtiriladi hamda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi.

8. Tahlil natijalari asosida sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i tomonidan 7 kundan oshmagan muddatda “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlari hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi imzolangan holda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritiladi.

9. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlari va “Yo‘l xaritasi” belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.

10. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida tasdiqlangan ro‘yxatlar sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda Mahalla yagona axborot tizimi dasturiga (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) kiritiladi.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ga kiritilgan shaxslar ro‘yxati 3 kun ichida tuman (shahar)lar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi va yangilab boriladi.

3-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash

1-§ Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash

11. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

tuman (shahar)lar hokimliklari, investitsiya bo‘limlari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, tijorat banklari bilan hamkorlikda tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;

tuman (shahar)lar hokimliklari aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish o‘rinlariga ishga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;

tuman (shahar)lar hokimliklari aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda kooperativlarga jalb etish;

tuman (shahar)lar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka ko‘maklashish;

ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash choralarini ko‘rish.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

2-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish

12. Tuman (shahar)lar hokimliklari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tijorat banklari bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish orqali bandligini ta’minlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish;

parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yo‘lga qo‘yish;

“Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala do‘konlari”ni tashkil etish.

3-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish

13. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda hududiy xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari joylarda o‘quv kurslari tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga ko‘maklashadi.

14. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining tuman (shahar) filiallari orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun kredit olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga tijorat banklarga ajralgan kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

biznes loyihalarni hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzishni o‘rgatish;

kredit olishga ko‘maklashish;

kredit ajratilgandan so‘ng xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qo‘llab-quvvatlash.

15. Kreditlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Bunda kreditlar bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda ajratiladi.

Kreditlarning foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida belgilanadi.

Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, chorvachilikni rivojlantirish, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport vositasi sotib olishga, ma’muriy xarajatlarni to‘lashga, jumladan, avtotransport vositasining ta’minoti, mebel, aloqa xizmatlari to‘lovi va uyali telefon sotib olishga hamda qonun hujjatlari va Markaziy bankning qoidalariga ko‘ra taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.

16. Kreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi.

Kreditlar O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining tuman (shahar) filiallari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning familiyasi, ismi, otasining ismi bo‘yicha alfavit tartibida shakllantirilgan qat’iy navbat asosida ajratiladi.

4-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish

17. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.

Ushbu bir martalik moddiy yordamni to‘lash uchun:

a) fuqarolar yig‘inlari, sektorlar rahbarlari bilan kelishilgan holda, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar, ijtimoiy yordamga muhtoj II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib, xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarga (har bir fuqaroning familiyasi, ism, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan holda) bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxatni tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga taqdim etiladi;

b) tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi:

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining daromadlari tushumlari prognozidan kelib chiqib, tuman (shahar) moliya bo‘limi bilan kelishilgan holda, bir martalik moddiy yordamni oyma-oy to‘lash grafigini shakllantiradi hamda tuman (shahar)lar hokimlarining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga tasdiqlash uchun kiritadi. Bunda tasdiqlangan oyma-oy to‘lash grafigining nusxasi fuqarolar yig‘inlariga ham taqdim etiladi;

tasdiqlangan grafikka asosan har oyning 5-sanasiga qadar fuqarolar yig‘inlari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlar asosida to‘lov vedomostlarini shakllantirib, tuman (shahar)lar hokimliklarning buxgalteriya bo‘limlariga va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tegishli bo‘limiga (filialiga) taqdim etadi;

v) tuman (shahar)lar hokimliklarining buxgalteriya bo‘limlari tasdiqlangan oyma-oy to‘lash grafigi hamda to‘lov vedomostlari asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘larni xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tegishli bo‘limiga (filialiga) ko‘chiradi;

g) O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining tegishli bo‘limi (filiali) tomonidan bir martalik moddiy yordam to‘lovlari har oyning 5 — 27-sanalarida amalga oshiriladi. Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar yopiladi, tayinlangan, biroq o‘z vaqtida talab qilib olinmagan moddiy yordam, uni oluvchining nomidagi maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va oluvchining birinchi talabiga ko‘ra to‘lanadi. Yopilgan vedomostning bir nusxasi tuman (shahar) hokimligi hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga taqdim etiladi;

d) tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi muhtoj xotin-qizlarga to‘langan bir martalik moddiy yordam to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi hamda yopilgan vedomostning nusxasini tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan va uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘maklashish sektor rahbari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Bir martalik moddiy yordam olgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarilmagan yoki bir yil ichida qayta kiritilgan hollarda bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi.

5-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasini to‘lash

18. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tasdiqlangan ro‘yxat asosida fuqarolar yig‘inlari tomonidan turar joy uchun ijara kompensatsiyasini to‘lab berish bo‘yicha talabnomalar sektorlar rahbarlariga hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘iga taqdim etiladi.

Sektorlar rahbarlari hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xulosasi asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda to‘lab beriladi. Bunda:

turar joy ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma uch tomonlama — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi o‘rtasida 2021-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan muddatga tuziladi;

turar joy ijarasi uchun to‘lovlar “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijaraga beruvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lanadi.

Shartnoma summasi hisoblanganda:

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ular bilan birga turadigan oila a’zolariga, har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan umumiy maydoni eng ko‘pi bilan o‘n olti kvadrat metrdan (kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa yigirma uch kvadrat metrdan) kam bo‘lmagan hajmda, biroq bir oila uchun jami 48 m2 oshmagan holda nazarda tutiladi;

turar joydan foydalanganlik uchun ijara haqi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi.

6-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish

19. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning sog‘ligi sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli tibbiyot xodimini jalb qilgan holda o‘rganiladi;

o‘rganish natijasi bo‘yicha kasallik aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;

tibbiy ko‘rik natijasi yuzasidan ko‘rsatma bo‘yicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki ambulator sharoitda davolanadi;

nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan bemorlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

7-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam ko‘rsatish

20. Huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatiladi:

prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish;

ichki ishlar organlari — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish;

adliya organlari — huquqiy maslahatlar berish.

21. Ushbu Tartibning 20-bandida ko‘rsatilgan huquqiy yordamni ko‘rsatish shakllarining muddatlari va tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

8-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga psixologik yordam ko‘rsatish

22. Psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlarga “Ayollar maslahat kengashi”, Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi huzuridagi “Xotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi”, ta’lim muassasalarining malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi.

4-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish

23. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash choralari:

ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash — Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Jamoat ishlari jamg‘armasi, “Ayollar daftari” jamg‘armasi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari;

tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishga ko‘maklashish — Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;

tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va kredit olishga ko‘maklashish — Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturlari, xalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan imtiyozli kredit va grantlar;

moddiy yordam ko‘rsatish, sog‘liqni tiklash va boshqalar — “Ayollar daftari” jamg‘armasi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari;

turar joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish — “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.

Mazkur bandda belgilangan manbalar hisobidan tuman (shahar)lar kesimida ajratiladigan mablag‘lar taqsimoti har chorak uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan har chorakdan oldingi oyning 20-sanasiga qadar tuman (shahar)lar hokimliklariga yetkaziladi.

Tuman (shahar)lar hokimliklari ushbu manbalar va o‘z mablag‘lari hisobidan xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordamlarning turini va ularni oluvchilar sonini belgilaydi.

5-bob. “Ayollar daftari”dan chiqarish tartibi

24. Xotin-qizlar quyidagi hollarda “Ayollar daftari”dan chiqariladi:

bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda;

bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish orqali muammosi hal etilganda;

turar joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda to‘lab berilganda;

malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilganda;

to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;

aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;

o‘z arizasiga ko‘ra;

“Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;

boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;

sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda;

shaxs vafot etgan taqdirda.

“Ayollar daftari”ga ikki va undan ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan xotin-qizlarning barcha masalalari to‘liq hal etilishi daftardan chiqarish uchun asos bo‘ladi.

Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmasdan “Ayollar daftari”ga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

25. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i mazkur Tartibning 24-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha “Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi.

26. Xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish, unga o‘zgartirishlar kiritish Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.

27. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sektorlar shtablari kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi.

“Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tomonidan 5 kun ichida bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

28. Sektorlar, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari axborot tizimida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bog‘liq masalalarni to‘liq aks ettirib borilishini ta’minlaydi.

29. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish:

mahalla darajasida — tuman (shahar) sektorlari rahbarlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari boshliqlari;

tuman (shahar) darajasida — viloyat sektorlari rahbarlari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmalari;

viloyat darajasida — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar;

respublika darajasida — Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

30. Mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlari, sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizlarning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar har kuni soat 18.00 gacha axborot tizimiga kiritib boriladi.

31. Sektorlar rahbarlari, sektorlar ishchi guruhlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbar xodimlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni har oyda joyiga chiqqan holda monitoring qilib boradi.

32. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi har chorakda kamida bir marta xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida muhokama qilinadi.

Kengash sessiyalarida muammolarni hal qilishga mas’ul bo‘lgan sektorlar va tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitib boriladi.

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartibga

ILOVA

Sektor ishchi guruhlari, fuqarolar yig‘inlari xodimlari va faollari



Mas’ul tashkilotlar, “Ayollar maslahat kengashi” a’zolari

1. Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari uyma-uy yurib o‘rganiladi.

Har yarim yil 1-oyining dastlabki 15 kunida

2. Xotin-qizlarning murojaatlari, shu jumladan “Ayollar maslahat kengashi”ga qilingan murojaatlar ko‘rib chiqiladi.

Xotin-qizlarning muammolari anketa-so‘rovnoma orqali aniqlanadi.

Doimiy2-bosqich

Sektor shtabi kotibi, fuqarolar yig‘ini xodimlari

1. Aniqlangan muammolar xotin-qizlarning shaxsiy individual anketalariga kiritiladi.

3 kundan oshmagan muddatda

Sektor rahbari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i

2. Individual anketalar sektor rahbari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘iga taqdim etiladi.

1 kun muddatda

3. Individual anketalar ko‘rib chiqilishi tashkil qilinadi.

4. Anketa ma’lumotlari idora va tashkilotlarning ma’lumotlari bilan solishtiriladi hamda ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi.

3 kundan oshmagan muddatda

3-bosqichSektor rahbari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i

“Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlari hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasini Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

7 kundan oshmagan muddatda

4-bosqichXalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari

“Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlari va “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.

Belgilangan tartibda5-bosqichSektor shabi kotibi

Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashida tasdiqlangan ro‘yxatlar Mahalla yagona axborot tizimi dasturiga kiritiladi.

3 kundan oshmagan muddatda

6-bosqichTuman (shahar) hokimliklari, sektor rahbarlari, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, Xalq banki, Fermyerlar kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tibbiyot muassasalari, Moliya, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, prokuratura, adliya, ichki ishlar organlari

Vaqtinchalik tartibda belgilangan xizmatlarni ko‘rsatadi.

Belgilangan muddatlarda7-bosqichSektor rahbari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i

“Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritiladi.

Zaruratga ko‘ra8-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari

“Ayollar daftari”dan chiqarish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

Zaruratga ko‘ra9-bosqichSektor shtabi kotibi

Xalq deputatlari tuman (ahar) kengashi qarori asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Mahalla yagona axborot tizimi dasturiga kiritiladi.

3 kundan oshmagan muddatda10-bosqichTuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari “Ayollar daftari”dan chiqarilgan ayollar bu haqida yozma ravishda xabardor qilinadi.

Qaror qabul qilinganidan so‘ng 5 kun ichida

11-bosqichSektorlar, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari

Mahalla yagona axborot tizimi dasturida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bog‘liq masalalar to‘liq aks ettirib borilishi ta’minlanadi.

Muntazam ravishda12-bosqichMas’ul tashkilotlar xodimlari, sektor shtabi kotibi

“Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizlarning aniqlangan muammolarining bartaraf etilganligi haqida hisobotlar axborot tizimiga kiritib boriladi.

Har kuni soat 18.00 gacha

13-bosqichSektor rahbari, sektor ishchi guruhi, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbar xodimlari

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda monitoring qilib boriladi.

Har oyda14-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi

1. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi muhokama qilinadi.

2. Kengash sessiyalarida muammolarni hal qilishga mas’ul bo‘lgan sektorlar, idora va tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitib boriladi.

Har chorakda kamida bir marotaba



(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/2/0003-son)© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi
Download 23,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish