Микрои=тисодий статистиканинг объекти, услуби ва вазифалари



Download 2,02 Mb.
bet29/95
Sana01.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#420867
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95
Bog'liq
temir yol transporti statistikasi.

Tayanch iboralar: hujjatlashtirish ketma-ketligi; yuk qabul qilish xati; yo‘l qaydnomasi; tashish hujjatlari; vagon varag‘i; kelgan yuklarni qayd qiluvchi kitob; tushirilgan yuklarni qayd qiluvchi kitob; yuk oluvchiga berilmagan yuklar; kamomad.



    1. Yuk ortish va tushirish hisobi



Yuk ortishni hisobga olish vazifasi tashish operativ rejasi bajarilishini kuzatish va mamlakat iqtisodiyotining yuk tashishga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanganligini baholashdan iborat. Yuk ortish va tushurish statistik hisobi, shuningdek temir yo‘l barcha bo‘linmalari foydalanish ishini tashkil etish, shu hisobda temir yo‘l vagonlar parkini to‘g‘ri boshqarish, yuk vagonlaridan foydalanish ko‘rsatikchlarini hisoblash uchun zarur.
Kuzutish obyekti bo‘lib, vagonlarga ortilgan va tushurilgan yuklar jami xizmat qiladi.
O‘lchov birligi. Statistikada yuk ortish va tushurishni o‘lchash vagon va tonna hisob birligida olib boriladi. Vagon o‘lchov birligidagi yuk ortish ko‘rsatkichi, asosan foydalanish ishini tavsiflash va sifat ko‘rsatkichlarini hisoblashda, tonna birligidagi yuk ortish ko‘rsatkichi esa tashish operativ plani bajarilishini baholashda qo‘llaniladi.
Hisob momenti. Yuk ortish va tushurishni hisobga olishda har bir daqiqa turi alohida ajratiladi:
1. Quyidagi hollarda, yuk ortish momenti tugagan, deb hisoblanadi:
►umumiy foydalanuv joylaridagi yuk ortish, boshqa kenglik izidagi vagonlardan qayta ortish, avtomobil va suv transoprti yuklarini to‘g‘ri aralash yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha qayta ortish – Yo‘l qaydnomasini tuzish sharti bilan haqiqatda yuk ortish payti tugagan;
►umumiy foydalanuvda bo‘lmagan joylardagi yuk ortish – temir yo‘l lokomotivi bilan olib chiqilgan vagon tayyorligi to‘g‘risida Xabarnoma olish payti yoki yuk jo‘natuvchi lokomotivi bilan kelishuvda belgilan-gan joyga yuklangan vagonni olib chiqish payti (ikkala holda ham Yo‘l qaydnomasini tuzish vaqti tugagash sharti bilan);
► yuklarni qayta yuklashsiz, shuningdek boshqa kenglik izlariga qo‘yish bilan yangi qurilish va xorij temir yo‘llaridan yuklangan vagonlarni qabul qilish – uzatish Qaydnomasida ko‘rsatilgan paytda rasmiylash-tirish.
2.Quyidagi hollarda, yuk tushurish momenti tugagan, deb hisoblanadi:
►to‘g‘ri aralash yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha umumiy foydalanuv joylari-dagi yuk tushurish yoki boshqa kenglik temir yo‘l izidagi vagonga yoki avtomobil va suv transportiga qayta yuklash –Vagon varag‘ida belgilangan yuk tushurish vaqtining haqiqiy tugash payti;
►umumiy foydalanuvda bo‘lmagan joylardagi yuk tushurish:
●temir yo‘l vagonlar parki, shuningdek xususiy vagonlar uchun esa ijarachiga qarashli bo‘lmagan yo‘lda yuklarni tushurish - temir yo‘l lokomotivi bilan tortib chiqilgan vagon tayyorligi to‘g‘risida Xabarnoma olish payti yoki yuk oluvchi lokomotivi bilan kelishuvda belgilangan joyga bo‘shatilgan vagonni olib chiqish payti;
● umumiy foydalanuvdagi temir yo‘l iziga, belgilangan tartibda chiqishga ruxsat berilgan boshqa vazirlik hamda idoralarning korxona va tashkilotlariga tegishli vagonlar, shuningdek arendator temir yo‘l izida yuk tushurishi mumkin bo‘lgan ijaradagi vagonlar uchun - korxonalar yordamchi yo‘liga vagonlarni yetkazish payti.
Quyida keltirilgan daqiqalar, vagonlarni keltirib berish va yig‘ishtirish Qaydnomalarida ko‘rsatiladi:
►qo‘shaloq amallar tartibidagi yukli vagonlarni, umumiy foydalanish joyiga keltirib berish – kelishuv bo‘yicha tushurish muddatining tugash payti;
►qayta yuklashsiz yangi qurulish va xorijiy temir yo‘llarga yukli vagonlarni topshirish, shuningdek g‘ildirak juftligini almashtirish-Uzatish qaydnomasida ko‘rsatilgan yukni topshirishni rasmiylashtirish payti;
►platformadan olmasdan turib konteynerlardan yukni tushurishda—konteynerga yangi ortilgan yukni tashishga yoki boshqarish tartibida yuksiz holdagi konteynerlarni jo‘natish uchun Yo‘l qaydnomasini rasmiylashtirish vaqti tugash payti;
Yuk ortish va yuk tushurish. Yuk ortish va yuk tushurish ishi, temir yo‘lda sutkaviy hisobotning, asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi. Ular tonna va vagon o‘lchov birligida hisoblanadi. Sutkaviy o‘rtacha ma’lumotlar, reja bajarilishini nazorat qilish, mintaqaviy temir yo‘l uzellari ish darajasini solishtirish uchun qo‘llaniladi.
Qayd etiladigan belgilar va guruhlash. Har bir vagon bo‘yicha, yuk ortish va yuk tushurishni hisobga olish asosiy belgilari quyidagilardan iborat: yuk ortish va tushurish sanasi va vaqti; yuk ortish bekati va temir yo‘li; vagon turi va raqami; vagonning tonnada yuk ko‘tarish imkoniyati; yetib borish temir yo‘li; ortilgan yuk nomi va massasi; eksport yuk to‘g‘risidagi belgi. Mana shunday ma’lumotlar, yuk ortish va tushurish to‘g‘risida tezkor statistik Hisobot tuzish, maxsus kuzatuvlarni o‘tkazish imkonini beradi.
Yuk ortish va yuk tushirish hisob belgilari. Temir yo‘lda quyidagi vagonlar, tashish uchun yuklangan vagonlar, deb hisoblanadi:
►umumiy va noumumiy foydalanuv joylarida bevosita yuk jo‘natuv-chidan tashishga qabul qilingan yuklar bilan yuklangan;
►avtomobil va suv(daryo va dengiz) transportidan, to‘g‘ri aralash yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha, temir yo‘lda tashishni davom ettirish uchun uzatilgan yuklar bilan yuklangan;
►mamlakat hududida joylashgan, boshqa kenglikdagi temir yo‘l izidan tushgan yuklar bilan yuklangan;
►yangi qurulishlarda yuklangan va yangi qurulayotgan temir yo‘l izlaridan qabul qilingan. Foydalanuvdagi temir yo‘l bekatlarida yuklangan va yangi qurulishni tranzit bilan o‘tgan vagonlar, yangi qurulishdan qabul qilish punktida yuklanganlar hisobiga kirgizilmaydi;
►xorij temir yo‘llaridan qayta ortishsiz qabul qilingan yoki boshqa kenglikdagi temir yo‘l iziga qo‘yilgan yukli vagonlar;
►xorij temir yo‘llariga tegishli vagonlardan chegaradagi bekatlarda yoki qaytadan yuklash bazalarida olingan yuklar bilan yuklangan;
►temi yo‘l parkidagi yukli vagonlar, egasi boshqa va ular tomonidan ijaraga olingan, temir yo‘l boshqaruvi maxsus ruxsati bo‘yicha, rejada belgilangan yuklarni tashish uchun, umumiy temir yo‘l iziga chiqish huquqiga ega bo‘lgan vagonlar;
►yuk hujjatlari bo‘yicha odamlarni tashish uchun (jo‘natish bekatida faqat bir martta yuk ortishda hisobga olinadi) yuk parkidan qabul qilingan vagonlar;
►yuk poezdlaridagi yig‘ma-tarqatma va barcha poezdlardagi (jo‘natish bekatida faqat bir martta yuk ortishda hisobga olinadi) sut vagonlari;
►bekat ichidagi, temir yo‘l rahbariyati ruxsati asosida va kalendar oy tashish rejasida belgilangan, tashishdagi yuklar bilan yuklangan;
►mayda jo‘natmalar va tranzit bilan birga, ularni 50 % va undan ortiq yuklari ushbu temir yo‘lning o‘zi qabul qilgan konteynerlar bilan yuklangan yig‘ma vagonlar. Mayda jo‘natmali vagonlar, yuk ortishda ortilgan yuk massasiga qarab, konteynerlar bilan esa - yukli konteynerlarni vagonga ortilgan soni bo‘yicha hisobga olinadi;
►tirmakli uzun o‘lchamli yuklarni tashish uchun band qilingan vagonlar.
Quyidagi vagonlar, yuk ortishda ∑Ugr hisobga olinmaydigan vagonlar qatoriga kiritiladi:
►”Manzili o‘zgartirilgan” shtempelli yangi va eski yuk hujjatlari bo‘yicha harakat yo‘lida yoki yetib borish bekatida manzili o‘zgartirilgan vagonlar;
►mayda jo‘natma va konteynerlarni saralash va texnik hamda tijorat nosozligi tufayli qayta yuklangan, shuningdek, agar qayta yuklash nochegara bekatida bajarilayotgan bo‘lsa, xorij temir yo‘llariga taalluqli keng izli vagonlardan qayta yuklashda band bo‘lgan vagonlar;
►bevosita chegara yoki davlat chegarasiga yaqin bekatda yuklangan, chet elga chiquvchi va chegara bekatga yetib keluvchi, xorijdan kelgan yoki umumiy foydalanuvdagi izga chiqish huquqi bo‘lmagan boshqa vazirlik hamda idoralar, korxona va tashkilotlariga tegishli vagonlar;
►bekat va depo hududini tozalashda chiqqan qor va axlat bilan yuklangan vagonlar;
►umumiy temir yo‘l bekatlarida va yangi qurulishlarda, faqat yordamchi temir yo‘l izlarida tashish uchun yuklangan vagonlar, ruxsat berilgan bekat ichidagi tashishdan tashqari;
►chipta bo‘yicha yo‘lovchi tashish uchun band qilingan;
►yo‘lovchi va yo‘lovchiyuk poezdlarida va qo‘lyuki sifatida vaqtincha ishlatiladigan yuk vagonlari;
►pochta tashish uchun band qilingan yuk parki vagonlari;
Vagondan yuk tushirishni ∑Ur aniqlash usuli, vagonga yuk ortish ∑Ugr usuliga, o‘xshash.
Yuk tushurish” ko‘rsatkichi, yukli holatini yuksiz holatga o‘zgartirgan vagonglar soni bilan, tavsiflanadi va u vagonlardan foydalanish ishi texnik normasini rejalashtirish va bajarilishini nazorat qilishda, qo‘llaniladi.
Dastlabki hisob hujjatlari. Yuki tushurilgan vagonlarni hisobga olishda, manzil bekatda Vagon varag‘i, yangi qurulishga topshirilgan vagonlarni hisobga olishda esa GU-40 shaklidagi Topshirish ro‘yxati asosiy dastlabki hujjat bo‘lib xizmat qiladi.

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish