Tayanch iboralar: tashish jarayoni; vagon o‘lchov birligi; hisob momenti; qayd etiladigan belgilar; hisob hujjatlari; ortish; hisobotlar; marshrutizatsiya hisobi; nomenklatura; marshrutlar soni; yuk jo‘natuvchilar.
Yuk tashish hisobini uyushtirish
Kuzatuv obyekti. Yuk tashish statistikasida kuzatuv obyekti bo‘lib, huquqiy kuchga ega bo‘lgan Yuk xati hujjati asosida, tashiladigan jami tovar-moddiy boyliklar xizmat qiladi.
Kuzatuv birligi-jo‘natma kuzatuv birligi bo‘lib xizmat qiladi. Jo‘natma - bu, bitta jo‘natuvchidan bitta oluvchi manziliga yetkazib berish uchun qabul qilingan va alohida yuk hujjati bilan rasmiylashtirilgan, yuk to‘plamidan iborat. Har bir yuk jo‘natmasi bo‘yicha, yuk tashish to‘g‘risidagi Hisobotga muvofiq, quyidagi hislatlar qayd qilinadi: yuk jo‘natish va yuk yetib kelish sanasi, vaqti; tashish kategoriya(daraja)si; jo‘natma kategoriya(daraja)si; yetib borish tezligi; jo‘natish va manzil bekati va temir yo‘li; yo‘nalish turi; yurish yo‘li; tashish masofasi; yuk turi; yuk massasi; tashish haqi summasi.
Yuk jo‘natuvchi bekat- bu, yukni qabul qilgan va uni umumiy foydalanuvdagi temir yo‘l izida tashish uchun rasmiylashtirgan bekat. Manzil bekat- bu, yukni bevosita yuk oluvchiga bergan yoki umumiy foydalanuvdagi temir yo‘l izidan, yukni topshirgan bekat.
Jo‘natish va manzil temir yo‘li - bu, mos tarzda ularda joylashgan jo‘natish va manzil bekatlari.
Yuk yurish yo‘li. Yuk tashish uchun tarif to‘lovini olishda, jo‘natish va manzil bekatlari orasidagi qisqa masofa bo‘yicha aniqlanadi gan, yuk yurish yo‘li,. Bir necha temir yo‘l ishtirok etadigan to‘g‘ri yo‘nalishda yuk tashilganida, qisqa masofa, quyidagi tartibga mos tarzda aniqlanadi:
►yuk olib ketishda - jo‘natish va boshqa temir yo‘lga yuk topshirish bekati orasi bo‘yicha;
► chetdan yuk keltirishda - chegaradosh temir yo‘ldan qabul qilish bekati va manzil bekati orasi bo‘yicha;
►tranzitda – har bir temir yo‘lning yukini qabul qilish va topshirish bekatlari orasi bo‘yicha.
Temir yo‘lda tashish uchun, 10 mingdan ortiq nomli yuklar, taqdim etiladi. Yuklarni turi bo‘yicha tashish hisobi, Yuklarning umumiy tarif- statistik nomenklaturasi (ro‘yxati) YuUTSN-ga mos tarzda, olib boriladi. Shuni ta’kidlash lozimki, 2004 yil 1-oktyabrdan boshlab xalqaro yo‘nalishdagi yuk tashishda, Yuklarning uyg‘unlashtirilgan muhim ro‘yxati YuUMR (Aktualizirovannыy tekst garmonizirovannoy nomenklaturы gruzov GNG) qo‘llanilmoqda, 2005 yildan esa undan mamlakat ichidagi yuk tashishda foydalana boshlandi. Yuklarning uyg‘unlashtirilgan muhim ro‘yxati YuUMR, 22 bo‘lim va 99 bobda joylashgan yuklar umumiy ro‘yxatidan, yuklarning tahlil ro‘yxatidan, yuklarning alfavit ro‘yxatidan iborat.
Yuk massasi. Yuk jo‘natmasi massasi, temir yo‘l yoki yuk jo‘natuvchi tarozida o‘lchash orqali aniqlanadi va shu birlikda hisobga olinadi.
Tashish haqi- bu, tashish uchun to‘lanadigan haq, belgilangan Tarifga muvofiq har bir jo‘natma bo‘yicha aniqlanadi.
Hisob momenti –uni aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: eltib berish davomligi; jo‘natish daqiqasi; kelish daqiqasi. Eltib berish davomligi –bu, yukni jo‘natishga qabul qilish daqiqasidan, to manzil bekatga yetib kelish daqiqasigacha sarflagan vaqt. Jo‘natish momenti - bu, temir yo‘l transporti yuk butligi va uni muddatida manzilga yetkazib berish majburiyatini, zimmasiga olgan daqiqa. Yetib kelish momenti - bu, yuk oluvchiga yukni topshirib, temir yo‘l o‘z zimmasidan yuk uchun javobgarlikni olib tashlash, daqiqasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |