7 -bob. ASOSIY VOSITALAR STATISTIKASI
7.1. Asosiy vositalar statistik kuzatuvini uyushtirish.
Asosiy vositalar- bu, maxsulot ishlab chiqarishda mehnat vositasi sifatida yoki bir yildan kam bo‘lmagan uzoq muddatda boshqaruv maqsadida ishlatiladigan moddiy obyektlar. Bunda asosiy vositalar tabiy asl holatini saqlaydi va iste’mol qiymatini yo‘qotmaydi. Avanslangan kapital asosiy vositalarni qaytadan tiklash, ya’ni amortizatsiya natija-sida pul shakliga ega bo‘ladi. Bu, qiymatning bir qismini amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida, ishlab chiqarish harajatlariga qo‘shish natija-sida yuzaga keladi. Asosiy vositalarga avanslangan mablag‘lar qaytadan baholash yoki kapital qo‘yilmalar hisobiga ortib boradi. Asosiy vosita-lar, kapital qurulish va obyektlar harid qilish shaklidagi kapital qo‘yilmalar natijasida, yangilanadi.
Temir yo‘l transporti- mamlakat iqtisodiyotidagi eng katta kapital sig‘imga ega tarmoqlardan biri. Temir yo‘l transportda kapital qo‘yilmalar yangi temir yo‘l liniyalari va ikkinchi izlarni qurushga, avtomatika, telemexanika va elektron-hisoblash texnikasi, lokomotiv va vagonlarni joriy qilishga yo‘naltirilmoqda. Asosiy vositalar to‘g‘risidagi statistik ma’lumot asosiy vositalar mavjudligi va harakati, joylashuvi va texnik holati; temir yo‘l bo‘linmalari asosiy vositalar bilan texnik qurollanganligi; temir yo‘l moddiy-texnika bazasining proportsional rivojlanishi va uning elementlari rivojidagi disproportsiyalarni aniqlash; yangi texnikani joriy qilinishi, undan foydalanilishi va samaradorligi; kapital qurulmalar o‘zlashtirilishi, ishlab chiqarish vositalarini faoliyatga kiritish, shuningdek temir yo‘l va uning bo‘linmalari asosiy vositalaridan effektiv foydalanish bo‘yicha raqamlarga ega bo‘lishi shart. Temir yo‘l statistikasi quyidagi bo‘limlardan iborat: asosiy vositalar statistikasi; texnik qurollanganlik statistikasi; kapital qo‘yilmalar va kapital qurulish statistikasi.
Kuzatuv obyekti bo‘lib, moddiy mehnat vositalari, xizmat qiladi. Hisob va o‘lchov birligi bo‘lib inventar obyekt xizmat qiladi.
Asosiy hisob belgilari: asosiy vositalar turi; qurulish sanasi; foydalanishga kiritilgan sana; qiymati; ushbu turning konstruktiv o‘lchamlari.
Dastlabki hisob manb’ay-texnik pasport, dastlabki hujjat – inventar varag‘i yoki unga o‘xshash nushadan iborat.
Inventar rakam, har bir asosiy vositalar holati va mavjudligini hisobga olish uchun, butun foydalanish muddatiga beriladi. Hozirgi vaqtda yuk va yo‘lovchi vagonlar, motorli harakatdagi tarkib, yo‘l mashina va mexanizmlari nazorat uchun himoyali umumiy 8 ta sonli tartib raqamga ega. Raqamda, saqlash va foydalanishi bilan bog‘liq masalalarni operativ yechish uchun zarur bo‘lgan lokomotiv va vagonlarning ba’zi texnik tavsifi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan.
Kuzatuv shakli. Asosiy vositalar mavjudligi va harakati tavsifini olish uchun qo‘llaniladigan kuzatuv shakli- bu, joriy hisobdir.
Qayta baholash maqsadi -bu, mehnat vositalari qayta tiklanishiga sharoit yaratadigan miqdordagi, amortizatsiya ajratmalarini bajarish uchun, asosiy vositalar qiymatini bozorda yuzaga kelgan qiymatga muvofiqlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |