Mikroiqtisodiyoti


-jadval Tekistil mahsuloti eksport tarkibi



Download 211,45 Kb.
bet5/11
Sana17.07.2021
Hajmi211,45 Kb.
#121752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xamdamova (1)

1-jadval

Tekistil mahsuloti eksport tarkibi

(2018 yil yanvar- dekabr)




mln AQSH

dollari

2017yil yan-dek holatiga nisbati

Jamiga nisbati % da

EKSPORT

14 253.9

113.5

100.0

Paxta tolasi

221.1

46.6

1.6

Oziq –ovqat mahsulotlari

1 097.7

125.3

7.7

Kimyo mahsulotlari va ulardan tayyorlangan buyumlar

904.3

102.4

6.3

Energiya manbalari va neft mahsulotlari

2 666.2

165.8

18.7

Qora va rangli metallar

1 167.1

127.6

8.2

Mashina va asbob uskunalar

214.1

30.3

1.5

Xizmatlar

3 029.9

122.4

21.3

Boshqalar

4 952.2

99.7

34.7

2018 yilning o’tgan davri mobaynida 1603,1 mln.AQSH.dollari miqdorida to’qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi amalga oshirildi. Bu ko’rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 41,4 %ga o’sib, umumiy eksport hajmining 11,2 %ini tashkil qildi. Eksport qilingan to’qimachilik mahsulotlari tarkibidan pahtadan yigirilgan ip (45,3 %), tayyor to’qima matolar va tikuvchilik kiyimlari (36,5 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 349 turdan ortiq mahsulotlar dunyoning 57 ta davlatiga eksport qilindi.



2-jadval

O’zbekiston Respublikasi YaIM tarkibi

Tarkibi

2010-yil

2015-yil

2018-yil

Paxta tolasi

1 572.7

736.1

222.1

Oziq –ovqat mahsulotlari

1 260.5

1 316.4

1 097.7

Kimyo mahsulotlari va ulardan tayyorlangan buyumlar

661.3

613.0

904.6

Energiya manbalari va neft mahsulotlari

2 973.8

2 685.2

2 666.2

Qora va rangli metallar

894.4

824.4

1 167.1

Mashina va asbob uskunalar

715.4

159.3

214.1

Xizmatlar

1 335.5

3 061.3

3 029.9

Oltin

2 618.1

1 920.6

2 909.5

To’qimachilik mahsulotlari

637.2

883.7

1 603.1

Boshqalar

354.5

307.8

439.6

2018 yilning o’tgan davri mobaynida 1603,1 mln.AQSH.dollari miqdorida to’qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi amalga oshirildi. Bu ko’rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 41,4 %ga o’sib, umumiy eksport hajmining 11,2 %ini tashkil qildi. Eksport qilingan to’qimachilik mahsulotlari tarkibidan pahtadan yigirilgan ip (45,3 %), tayyor to’qima matolar va tikuvchilik kiyimlari (36,5 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 349 turdan ortiq mahsulotlar dunyoning 57 ta davlatiga eksport qilindi.

Mustaqillikka erishgan ilk yillarda respublikamiz yengil sanoatida faqatgina paxta xom ashyosi eksport qilingan bo’lsa, hozirda esa tayyor to’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari yetkazib beruvchi eksportyor sifatida dunyo iqtisodiyotida o’z o’rnini egallab kelmoqda.

Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida import hajmi 19555,2 mln. AQSH. dollariga (o’sish sur’ati 39,6%) teng bo’ldi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar (42,5%), Kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,1%) hamda qora va rangli metallar (9,1%) guruhlari hisobiga to’g’ri keladi.



Made in Uzbekistan yorlig‘i tushirilgan mahsulotlar bugun jahon bozoridan mustahkam o‘rin egallamoqda. Farg‘ona viloyatidagi yengil sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlar ham xorijlik xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.  Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida xorijiy sarmoyalarni jalb etgan holda ishlab chiqarishni kengaytirish, korxonalar eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibor iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lyapti. O‘tgan yili viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida yengil sanoatda 130 dan ortiq loyiha ishga tushirildi. Qo‘qon shahridagi “Indorama Kokand Tekstayl” qo‘shma korxonasi, Beshariq tumanidagi “Beshariq to‘qimachi”, Uchko‘prik tumanidagi “Xumo to‘qimachi” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, Bag‘dod tumanidagi “Fergana spinning” qo‘shma korxonasi kabi ko‘plab korxonalarda istiqbolli loyihalar amalga oshirilib, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Farg‘ona shahrida ish boshlagan “Fergana oseana textile” O‘zbekiston – Tailand qo‘shma korxonasi yiliga 3 ming 600 tonna paxta xomashyosidan sifatli ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona mahsulotlari Yevropa davlatlari, Rossiya va Xitoyga eksport qilinmoqda. Marg‘ilon shahridagi “Texujin” mas’uliyati cheklangan jamiyatida keyingi uch yilda keng ko‘lamli modernizaqiya ishlari amalga oshirilib, zamonaviy texnologiyalar o‘rnatildi. Ishlab chiqarish quvvati va mahsulot sifati yanada oshgan korxonada ayni paytda 100 dan ziyod ishchi mehnat qilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan ip-kalava mahsulotlari raqobatbardoshligi va yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘layotir. Mazkur jamiyatda kuniga 8 tonnaga yaqin ip-kalava ishlab chiqarilib, tayyor mahsulotlar Rossiya, Xitoy, Eron va Turkiya davlatlariga eksport qilinmoqda. Marg‘ilon yengil sanoat va turizm kasb-hunar kollejining bir guruh o‘quvchilari har yili bu yerda amaliyot o‘tab, o‘zlarining muqim ish joyiga ega bo‘lmoqda. Raqobat tobora kuchayib borayotgan xalqaro bozordagi o‘zgarishlar sifatli, eksportbop mahsulot turini ko‘paytirishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda eksportchi korxonalarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport hajmini oshirish imkoniyatini kengaytirmoqda. Joriy yilda korxonada yangi loyiha asosida choyshablar, bolalar futbolkalari va paypoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. 

Sanoat mahsulotlari eksport qilinishining huquqiy me’yoriy asoslari deganda. Ushbu sohani rivojlantirishga, takomillashtirishga va istiqbolli yo’nalishlarini belgilashga qaratilgan Mamlakatimiz rahbari qarorlari , farmonlari,Vazirlar Mahkamasi qarorlari,farmonlari, tegishli boshqaruv organlarining qaror va farmonlari tushuniladi. Xususan : Respublika toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investiqiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish, modernizaqiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texnologiyali yangi ish oʻrinlarini yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, ilgʻor “klaster modeli”ni joriy etishga qaratilgan tarkibiy qayta tashkil etishni yanada chuqurlashtirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati rivojlanishining har tomonlama tahlili, raqobatning kuchayishi sharoitida jahon bozorining oʻzgaruvchan konʼyunkturasi sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, yanada barqaror va jadal rivojlanishi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani jadal rivojlantirish va diversifikaqiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, toʻqimachilikda yarim tayyor mahsulotlarni chuqur qayta ishlashga investiqiyalar hajmini va tayyor mahsulotlar eksportini oshirish maqsadida quyidagi chora tadbirlar belgilab berildi.

2019 yil 1- apreldan shunday tartib oʻrnatildiki, unga muvofiq:



  • 2019-2021- yillarda ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalariga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi: aylanma mablagʻlarni toʻldirish (tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ip-kalava, trikotaj mato, ip gazlama va boshqalar xarid qilish) maqsadida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo 5 foizli punktdan yuqori boʻlmagan holda;ishlab chiqarishni modernizaqiya qilish (bino va asbob-uskunalarni sotib olish) maqsadida tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida;

  •  birja savdolari orqali paxta tolasini sotishda qatʼiy talab qilinadigan bank kafolatlari bekor qilinadi. Bunda taraflar oʻrtasida majburiyatlar bajarilishini taʼminlash tartibi shartnoma asosida belgilanadi.

  • 2019-yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qatʼiy nazar, paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida sanoat mahsuloti narx o’zgarishiga olib kelmaydi

  • 2019-2025-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlanadi: kompleks yondashuv asosida xom ashyoni qayta ishlash, tayyor mahsulotni, shu jumladan, sanoat kooperaqiyasini kengaytirish hamda qoʻllab-quvvatlash asosida ishlab chiqarish va eksport qilish, toʻqimachilik mahsulotlarini sotishning ichki va tashqi bozorlarini tadqiq qilish; ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlar raqobatbardoshligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, qoʻshimcha qiymat yaratishning yagona zanjirini tuzish; respublikada ishlab chiqariladigan paxta ip-kalavalarning butun hajmini qayta ishlash hisobiga 2025- yilga borib toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmini 7 milliard AQSH dollariga yetkazish.

  • Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan koʻrib chiqilayotgan kelishuvlarga milliy toʻqimachilik mahsulotlariga nisbatan bojxona toʻlovlarini kamaytirish va tartibga solishning notarif choralarini soddalashtirish masalalarini kiriqh.

  • “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portalini (keyingi oʻrinlarda – portal) ishlab chiqsin va ishga tushirilishini taʼminlash:

  • kichik tadbirkorlik subyektlarini toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini eksport qilishning toʻliq jarayoniga masofaviy oʻqitish;

  • butun dunyo mamlakatlari boʻyicha toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish tahlili yuzasidan toʻliq hisobotlar bilan tanishish;

  • “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini davlat tomonidan milliy toʻqimachilik korxonalari uchun ishlab chiqariladigan va talab qilinadigan xizmatlar, materiallar va xom ashyolar nomenklaturasi va hajmini joylashtirish.

  • 2019 yil 15 fevralga qadar toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlariga ularni sinovdan oʻtkazish usullariga talablarni belgilovchi standartlar boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazsin va xalqaro meʼyorlarni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan standartlarni belgilash zarurdir;

  • “TIF TN kodi” ustunining 128-poziqiyasidagi “5509 31 000 0,5509 32 000 0, 5509 61 000 0” raqamlari chiqarib tashlash;129-poziqiya chiqarib tashlandi.

Bundan tashqari O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori sanoat mahsulotlari eksportini oshirish borasida yana bir ulkan qadam bo’ldi.

Ta’kidlash joizki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘paytirilishini rag‘batlantirish maqsadida imtiyoz va afzalliklarning kompleks tizimi yaratildi. Buning natijasida, jahon bozorlaridagi kon’yukturaning sezilarli o‘zgarishlariga qaramay, oxirgi 5 yil ichida mahsulotlar eksporti 1,67 barobar o‘sdi, uning tuzilmasini diversifikaqiya qilish ta’minlanmoqda — eksport umumiy hajmida tayyor mahsulotlarning ulushi 68,5 foizdan ortiqni tashkil etadi.

Tovarlarni eksportga yetkazib berishda rasmiylashtirish tartibotlari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Bojxona rasmiylashtiruvi, deklaraqiyalash, sertifikatlash, sanitariya-epidemiologiya nazorati va bojxona rasmiylashtiruvining boshqa tartibotlari bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishini ta’minlaydigan “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksport bitimlarining bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Eksport qiluvchi korxonalarga, birinchi navbatda, kichik biznes subyektlariga mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish masalalarida ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tashkil etildi.

Shu bilan birga, tan olish joizki, qurilish materiallari, oziq-ovqat, charm-poyabzal, tikuvchilik, chinni-fayans, farmaqevtika, mebel, elektrotexnika sanoati kabi tarmoqlarda eksport hajmi oshmayapti. Eksport mahsuloti ishlab chiqarish bilan deyarli shug‘ullanmayotgan korxonalar faoliyat ko‘rsatishda davom etmoqda.

Bu, birinchi navbatda, ko‘pchilik korxonalar rahbarlarining fikrlash doirasi torligi va noqobilligi, ishlab chiqarishni yangilash va modernizaqiya qilish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, ularni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, mahsulot sotish bozorlarini izlash rejalarining mavjud emasligi bilan bog‘liq.

Oxir oqibatda — bu Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan haqiqiy raqobatni shakllantirish va rivojlantirish hamda imtiyoz va bojxona afzalliklari tizimidan to‘g‘ri foydalanish masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligi natijasidir.

Davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida eksportga yetkazib berish hajmi va turlarini ko‘paytirish, raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirish, ularga mahsulotlarini yangi jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishda ko‘maklashish maqsadida quydagilar davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berildi:

1. Respublikada eksportga mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish maqsadida eksport qiluvchi korxonalar uchun ilovaga muvofiq soliq imtiyozlari va afzalliklari tizimi yaratilganligi.

2. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investiqiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutaxassislarini jalb etgan holda Maxsus ekspert komissiyasini tashkil etildi.

Eksportga mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish korxonalar rahbarlarining faoliyatini baholashdagi eng muhim mezonlardan biri sifatida ko‘rib chiqildi.

3. Sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy etish va mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikaqiyadan o‘tkazish korxonalarning eksportga yetkazib berishga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha eng muhim vazifasi deb belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi Komplekslarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ,Tashqi iqtisodiy aloqalar, investiqiyalar va savdo vazirligi, “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ro‘yxatini va ularning qanchasi xalqaro standartlarga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatlanganligini puxta o‘rganib chiqsin hamda o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga sertifikatlangan mahsulotlar turlari miqdorini ko‘paytirish bo‘yicha aniq takliflar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan tasdiqlangan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish sanaoat korhonalarini modernizaqiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha instituqional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Shuningdek, mamlakatning eksport salohiyatini ta’minlash masalasi ham eng dolzarb vazifalar sifatida qayd etilgan. Eksport salohiyatini ta’minlashning asosiy yo’llaridan biri bu mahsulotga bo’lgan talabni rag’batlantirish bo’lib hisoblanadi.


Download 211,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish