Mikroiqtisodiyoti


Korxonalar eksport salohiyatining mohiyati



Download 211,45 Kb.
bet6/11
Sana17.07.2021
Hajmi211,45 Kb.
#121752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xamdamova (1)

2. Korxonalar eksport salohiyatining mohiyati

Hozirgi kunda jahon xujaligi barqaror sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ishlab chiqarishning usishi globallashuvning kuchayishiga, u esa uz navbatida, xalqaro savdoning rivojlanishiga bog’liq bo’ldi.

Xalqaro savdoning rivojlanishi davlatlarning tashqi savdoga bo’lgan munosabatlarining o’zgarishi natijasida bo’ldi. Ya'ni, ko’pchilik davlatlar savdoda bir qadar erkin ayriboshlash tamoyiliga amal qila boshladilar. Biroq barcha davlatlar o’z sharoitlaridan kelib chiqqan xolda bu qoidaga amal qilishgan. Buning ustiga, erkin savdoni yoqlovchi davlatlarning barchasi ham birdaniga bunday siyosatga utishmagan, balki, tashqi savdoni asta - sekinlik bilan erkinlashtirib borishgan.Xalqaro savdo eng ko’hna mavzulardan biri hisoblanadi. Xalqaro savdoning uzi mamlakatlar urtasidagi savdo aloqalari bo’lib, u tovar va xizmatlarni ishlab chiqargan mamlakatlar bilan uni sotib oluvchi mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro oldi — sotdi munosabatlari tushuniladi yoki boshqacha aytganda, u tovarlar importi va eksportidan iborat bo’ladi. Eksport va import summasining pulda ifodalanishi mamlakatning tashqi savdo aylanmasini namoyon etadi. Tashqi savdoning asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi. Tashqi savdoning rivojlanish xususiyati va darajasi hamda ahamiyati ishlab chiqarishning xususiyati va darajasi bilan xarakterlanadi.

Jahon taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tez o’sishida namoyon bo’ladi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy -texnikaviy va boshqa shakllari bilan bir qatordagi xalqaro 7iy munosabatlarning muxim shakli hisoblanadi.

Bu munosabatlar xalqaro mehnat taqsimoti va mamlakatlarning ma'lum mahsulot ishlab chiqarishiga ixtisoslashuvi natijasida paydo bo’lgan bo’lib, hozirda tobora rivojlanib boryapti.

Xalqaro tovar almashinuvi shu muomalada ishtirok etayotgan mamlakatlarning ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga sababchi bo’ladi, chunki bu mamlakatlar o’zlari iste'mol qilayotgan tovar va xizmatlarni o’zlari ishlab chiqarish zaruriyatidan xolis etadi. Xalqaro savdo bo’lganligi sababli mamlakatlar chet el tovar va xizmatlaridan ustunlikka ega bo’lgan, raqobatbardosh tovar va xizmatlarni ishlab chiqarilishiga shu bozor sigmentining ixtisoslashuviga va aksincha, chet mamlakatlariga nisbatan raqobatbardosh bo’lmagan tovar va xizmatlarni olib kirilishiga erishdilar.

Bir necha asrlardan buyon turli mamlakat iqtisodchilarini mamlakatlarning nima uchun bir-birlari bilan savdo qilish va ularning xalqaro savdodagi ixtisoslashuvlariga qanday omillar ta'sir qilish sabablari qiziqtirib kelgan va bunga javob topishga xarakat qilishgan. Shundan keyin asta — sekin xalqaro savdo nazariyalari paydo bo’la boshlagan. Lekin shuni ta'kidlab utish joizki, xalqaro savdo nazariyasi tarixining ikki asri davomida, ya'ni XVIII asr oxirlaridan boshlab, uning ko’pgina mualliflari mamlakatlar o’rtasida davlat aralashmagan, erkin savdo aloqalari tarafdorlari bo’lishgan.

Jahon taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tez o’sishida namoyon bo’ladi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy - texnikaviy va boshqa shakllari bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muxim shakli hisoblanadi.Har qanday mamlakat tashqi savdoning xolatini uning savdo balansi orqali baholash mumkin. Tashqi savdo balansi tovarlarning eksport va import va reeksport operaqiyalari bo’yicha barcha pul tushimi va to’lovlarning nisbatini ifoda etadi. Savdo balansi, o’z navbatida, mamlakat to’lov balansining muxim tarkibiy qismi hisoblanadi. To’lov balansi xorijiy qkorlar bilan nafakat tovar, balki pul soxasida ham amalga oshiriladigan operaqiyalarni aks ettiradi.

Iqtisodiy o’sishning yuqori sur'atlari va makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlanishida tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, xususan, mamlakatimiz eksport xajmini yanada oshirish va tarkibini yaxshilash muxim omil bo’ldi. Mustaqillikdan keyingi davrda bu soxada ulkan yutuqlarga erishganimiz mamlakatimiz Prezidenti va hukumatimizning samarali olib borayotgan iqtisodiy isloxotlari bo’layotganini a'loxida ta'kidlash lozim. Bozor munosabatlariga o’tgan mamlakatlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va tashqi savdo aloqalari rivojlanib, takomillashib borgan sari mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarning doirasi va ko’lami ham kengaya boradi. Mamlakat iqtisodiyotining umumjaxon iqtisodiy tizimiga integraqiyalashuvi (qo’shilishi)ning asosiy sharti ham tashqi savdo aloqalarining rivojlanishidir.

Tashqi savdo aloqalari deganda mamlakatdagi xuquqiy va jismoniy shaxslarning xorijiy davlatlarning xuquqiy va jismoniy shaxslari hamda xalqaro tashqilotlar bilan olib boriladigan uzaro manfaatli iqtisodiy aloqalari (faoliyati), tushuniladi.

Iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishning yangi bosqichida korxonalar eksport salohiyatini oshirilishi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Raqobatbardosh mahsulot turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksport tarkibida xomashyo mahsulotlarining emas, balki chuqur qayta ishlangan tayyor mahsulotlar ulushi ustuvorligini ta’minlashga e’tiborning kuchaytirilishi, tashqi savdo subyektlarini turli yo‘llar bilan rag‘batlantirilishi mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytirishda muhim o‘rin tutib, pirovard natijada ishlab chiqarish samaradorligining muttasil oshib borishi va iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlaydi.

Ishlab chiqarilgan mahsulot eksportining o‘sishi ichki bozorning mazkur sektor mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, mahsulotni chetga chiqarishni rag‘batlantirish esa, taklif hajmining o‘sishiga olib keladi, ya’ni mahsulot eksportining o‘sishi ichki bozorda taqchillikni keltirib chiqarmaydi.

O‘zbekistonda eksport saloxiyatini rivojlantirish maqsadida xususan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida erkin savdo va eksport masalalariga oid nazariy qarashlarni o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, erkin savdo va eksportni iqtisodiy o‘sish omili sifatida talqin qiluvchi bir qator nazariy qarashlar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomoni­dan tartibga solish to‘g‘risidagi» Qonunida qo‘yidagi tavsifnomalar berilgan:

Eksport bu - tovar, ish, xizmat va intellektual faoliyat natijalarini, jumladan, mutlaq egalik huquqini O‘zbekiston hududidan qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqishdir.

Import bu - tovar, ish, xizmat va intellektual faoliyat natijalarini, jumladan, mutlaq egalik huquqini O‘zbekiston xududiga qaytarib olib chiqish majburiyatisiz olib kirishdir3.

Mazkur tovar va xizmatlar xaridorini importyor, sotuvchi mamlakatni eksportyor deb nomlash qabo’l qilingan. Bugungi kunda qonuniy ravishda har qanday tovar yoki xizmatlarni import qilish savdo sahosida eng keng tarqalgan faoliyat turi hisoblanadi. Ayni shu tufayli eksport bilan bir qatorda import xalqaro iqtisodiy munosabatlarining asosini tashqil qiladi.

Iqtisodiy liberalizm asoslarini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi namoyondalari, ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishda erkin tanlash va qaror qabo’l qilishni yoqlab chiqqanlar. Bu ishlab chiqarish omillarining tarmoqlar o‘rtasida erkin taqsimlanishini ta’minlash va ishlab chiqarishning oqilona tarkibini hamda erkin savdoning shakllanishini nazarda tutadi. Ushbu ta’limotni A.Smit quyidagicha talqin qiladi: ….xalqaro mehnat taqsimoti stixiyali, avtomatik tarzda raqobat jarayonida, “ko‘rinmas qo‘l” harakati natijasida yuz berishi lozim”. Uning fikricha, xalqaro mehnat taqsimotining shakllanishida davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha amalga hirilgan har qanday tadbir iqtisodiyotning o‘zicha, erkin rivojlanishi jarayonidagi kabi qulay sharoit tug‘dirmaydi4.

A.Smit qarashlari D.Rikardo tomonidan nisbiy afzallik nazariyasini kiritish vositasida yanada rivojlantirildi. U erkin savdoni quyidagicha bayon etadi: “to‘liq erkin savdo tizimida har bir mamlakat o‘z kapitali va mehnatini tabiiy ravishda o‘ziga eng katta foyda keltiruvchi tarmoqlarga sarflaydi. SHaxsiy manfaat ketidan bunday quvish ajablanarli holda barcha uchun eng manfaatli hisoblanadi. Mehnaqevarlikni rag‘batlantirish, ixtirochilikni mukofotlash, bizga tabiat tomonidan in’om etilgan barcha kuchlarni ajoyib tarzda sarflashni ta’minlar ekan, bu tamoyil turli millatlar o‘rtasida mehnatning eng samarali va eng tejamli taqsimlanishiga olib keladi”.

D.Rikardoning qiyosiy xarajatlar nazariyasiga muvofiq eksport-import oqimlari xalqaro mehnat taqsimoti talablariga mos ravishda tarkibiy o‘zgarishlar jarayonlarini faollashtirib, milliy iqtisodiyot tarkibining takomillashuvini ta’minlaydi.

Mehnatning mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanishi mamlakatlararo savdo haj- mining o‘sishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunish va mazkur savdoda o‘zaro manfaatdorlik nimadan iborat ekanligini anglash uchun nisbiy afzallik nazariyasini ko‘rib chiqish lozim. Nisbiy afzallik nazariyasi bu - mehnat unumdorligini mamlakatlar bo‘yicha bir-biridan farqlanishiga asoslanadi. SHunday qilib, D.Rikardo o‘z tadqiqotlarida samarali eksportga erishishda tovarlarning mutloq qiymatiga emas, balki uning nisbiy qiymatiga e’tiborni qaratish kerak degan fikrni ilgari suradi. Rikardo modelida faqat bitta ishlab chiqarish omili - ya’ni mehnat hisobga olinadi. Ammo, hozirgi davrda xalqaro savdoda nafaqat mehnat unumdorligining mamlakatlar bo‘yicha tafovuti, balki shu mamlakatning resurslar bilan ta’minlanganlik darajasiga ham asoslanadi.4

Mill bevosita yuqorida ta’riflab o‘tilgan Rikardo nomi bilan bog‘liq tashqi savdo qonuniga, savdoda ishtirok etayotgan davlatlar talabining xarajatlarga ta’siri haqidagi fikrni rivojlantirish vositasida o‘z fikrini kiritgan. Mazkur davlatlar tovarlari xarajatlari orasida tafovutning mavjudligi, samarali savdo almashinuvi uchun etarli bo‘lmaydi, buning uchun eksport qiluvchi davlat tovarlariga talabning faollashtirish zarur. Xalqaro talabning tenglashuvi muvozanatni vujudga keltiradi, bunda bir davlat eksporti qiymati ikkinchi davlat importi qiymatiga teng bo‘ladi. Millning fikricha, xalqaro savdo ikki tomonlama ya’ni talab va taklif asosida boshqariladi.

Eksport-import aloqalaridagi ustunliklarni aniqlashda asosiy mezonlardan biri bu narxlardir. Ichki va jahon bozorlaridagi narxlarni solishtirish eksport qiluvchilar uchun mahalliy narxlarning jahon bozoridagi narxlardan past bo‘lgan vaziyatdagina sotish foyda keltirishi aniqlanadi. Bundan kelib chiqqan holda, A.Smit davlatlar ixtisoslashuvlarida boshqa davlatlarga nisbatan mutloq ustunlikka ega bo‘lgan mahsulot turlarini tanlashlari zarur degan xulosaga keladi.

A.Smitning fikricha eksport qilishda, ichki ishlab chiqarishda kam xarajat talab etadigan tovarlarga e’tibor berish kerak bo‘lsa, importda esa mahsulotni mutloq kam xarajat bilan ishlab chiqaradigan davlatlar mahsulotini ta strategiyasi eksportga yo‘naltirilgan siyosatga bog‘liq va mavjud eksport omillari samaradorligini davomiy oshirib borishni taqozo etmoqda.

Hozirda mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanish mohiyati eksportga yo‘naltirilgan ya’ni eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxo- nalar faoliyatiga asoslangan. Tashqi savdoni to‘liq erkinlashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishning eng optimal strategiyasi hisoblanmaydi. Milliy iqtisodiyotni eksportga yo‘naltirilganligiga eksportni erkinlashtirish hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash orqali erishish mumkin. Bugungi kunda eksport import operaqiyalariga nafaqat o‘zaro manfaatli almashinuv, balki mamlakatlarning rivojlanish darajasidagi tafovutlarni solishtirish vositasi sifatida ham qaralmoqda. Har bir davlatning xalqaro savdo strategiyasi eksportga yo‘naltirilgan siyosatga bog‘liq va mavjud eksport omillari samaradorligini davomiy oshirib borishni taqozo etmoqda.

Shunday qilib, eksport asosiy ikkita vosita bilan: bir tomondan taklif, ikkinchi tomondan esa, talab orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Taklif tomondan eksportning o‘sishi bevosita ishlab chiqarishga ko‘maklashuvchi infratuzilma, transport, kommunikaqiyaning rivojlanishiga olib kelsa, talab tomondan eksportdan kelgan daromad ko‘pgina mahsulot turlariga bo‘lgan talabni oshishiga olib keladi. Talabning o‘sishi ichki taklifni o‘sishiga ya’ni ishlab chiqarishga investiqiyalar kiritishni rag‘batlantiradi.

Eksport - bojxona rejimi bo‘lib, unda tovarlarni hududdan olib chiqib ketishda ularni qaytarib olib kelish majburiyati yo‘q bo‘ladi. Eksport qilishda tovarlar soliqlardan ozod qilanadi (bundan eksport bojlari va aksizlar mustasno), yoki berilgan soliq to‘lovlari soliq qonunchiligiga muvofiq qaytariladi.

Tovarlar eksporti bu - unda tovarlarni mamlakat chegarasidan tashqariga olib chiqib ketish degan ma’noni bildiradi. Tovarlarni asosan tashqi bozorlarda sotish uchun eksport qilinadi. Nafaqat tovarlar, balki xizmat va kapital ham eksport qilinadi. Kapital eksporti - deganda mablag‘larni mamlakat tashqarisida u yoki bu sohaga, masalan, qurilishga ya’ni turli xil obyektlarni va korxonalarni qurilishiga ishlatish tushuniladi. Kapitallarni eksport qilishdan maqsad asosan foyda olish ko‘zda tutiladi. Ma’lumki, aynan eksportdan olingan mablag‘lar importni moliyalashtirishda asosiy manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Eksport hajmini oshirish, birinchidan, valuta tushumi hajmini ko‘payishga olib keladi, ikkinchidan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshiradi, uchinchidan, sotish bozorini kengaytiradi, bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirishga yaxshigina rag‘bat bo‘ladi; ma’lum darajada ishsizlik muammosi echiladi.Xo’jalik yuritish tizimining turiga qarab milliy iqtisodiyotning, tarmokning, mintaqa va korxonaning eksport saloxiyatini anikdash mumkin. Xo'jalik yuritishning turli pog'onalaridagi eksport saloxiyatlari bir biridan talab kilinadigan resurslarning hajmi bilan farq qiladi, ular esa o'z navbatida ishlab chiqarish tizimining kulami, faoliyag turi va yopiklik darajasiga botiq bo’ladi. rus olimlari va boqa mutaxassislar eksport saloxiyatiga raqobatbardosh mahsulotni eksport kilish, uni tashqi bozorga olib chiqish, u yerda tovarni muvaffaqiyatli sotish va talab darajasida xizmat ko’rsatishni taьminlash qobiliyati deb taьrif beradilar Mualliflarning fikrlarini taxlil kilib chiqib, shunday xulosa chiqarish mumkinki, eksport saloxiyatining asosiy vazifasi eksport mahsulotini ishlab chiqarishdirю


Download 211,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish