Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot


-rasm. Ijobiy tashqi samara



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/202
Sana11.03.2023
Hajmi3,91 Mb.
#918219
TuriУчебное пособие
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   202
17.2-rasm. Ijobiy tashqi samara 
Umumlashtirib aytadigan bo‗lsak, ijobiy tashqi samara bo‗lganda iqtisodiy 
ne‘matlar samarali hajmdan kam miqdorda sotiladi va sotib olinadi, ya‘ni ijobiy 
tashqi samarali tovarlar va xizmatlar kamroq ishlab chiqiladi. 
Ijobiy va salbiy tashqi samaraga ta‘sir qilish. 
Salbiy tashqi samaraga ega bo‗lgan tovarlar va xizmatlarni ko‗p ishlab 
chiqarilishini kamaytirish va ijobiy tashqi samarali tovarlar va xizmatlarni optimal 


367 
hajmgacha oshirish uchun tashqi samaralarni ichki samaraga aylantirish 
(transformatsiya qilish) kerak. 
Tashqi samaralarni ichki samaraga aylantirish uchun xususiy chekli harajatlarni 
(va mos holda chekli yutuqni) ijtimoiy chekli harajatlarga (chekli yutuqlarga) 
yaqinlashtirish lozim. 
Ushbu muammoni yyechish uchun soliqlardan va subsidiyalardan foydalanish 
A.S.Pigu tomonidan taklif qilingan. 
Tartiblashtiradigan soliq — bu salbiy tashqi samaraga ega bo‗lgan iqgisodiy 
ne‘matlarni ishlab chikarishga qo‗yiladigan va xususiy chekli harajatni ijtimoiy 
chekli harajatgacha ko‗taradigan soliq. 
Demak, yuqoridagi misolda soliq, u tashqi chekli harajatga teng bo‗lsa, ya‘ni 
T= MES bo‗lsa, bozor muvozanatini samarali muvozanatga yaqinlashtiradi: 
MSB= MSC 
Tartiblashtiruvchi subsidiya — bu ijobiy tashqi samaraga ega bo‗lgan iqtisodiy 
ne‘matlarni ishlab chiqaruvchilarga va iste‘mol qiluvchilarga beriladigan subsidiya 
bo‗lib, u xususiy chekli yutuqni ijtimoiy chekli yutuqda yaqinlashtiradi. 
Agar tashqi chekli yutuqga teng bo‗lgan subsidiya (S = MEV) talabalarga yoki 
ilmiy xodimlarga berilganda edi, u talabalarning ta‘lim xizmatiga talabini va ilmiy 
izlanuvchilarni ilmiy izlanishga talabini MSB= MSC tenglikni ta‘minlaydigan 
darajagacha oshirgan bo‗lar edi. Lekin, tartiblashtiruvchi soliqlar va subsidiyalar 
tashqi samara bilan bog‗lik muammolarni to‗lik yyechishga yordam bera olmaydi, 
nima uchun deganda, amaliyotda chekli yutuq va chekli harajatlarni aniq xisoblash 
juda qiyin bo‗lsa, ikkinchidan, ular yetkazadigan zarar miqdorini ham hisoblashda 
juda katta qiyinchiliklar mavjud. 
Tashqi samara muammosini yyechishning yangi yo‗li R. Krouzning ilmiy 
izlanishlari bilan bog‗lik. R.Krouzning fikricha, ushbu muammo tomonlar uchun 
umumiy muammo bo‗lib, uning yechilishi ikkala tomonning birgalikda 
mas‘uliyatli harakat qilishi bilan bog‗liq 


368 
Bu yerda e‘tibor ikki tomondan qaysi biri ko‗proq, qaysi biri kamroq 
yo‗qotishiga berilmasdan, ikkala tomondan mumkin bo‗lgan jiddiy yo‗qotishni 
oldini olishga berilishi lozimligi ko‗rsatilgan. 
A.S.Pigu tomonidan taklif qilingan yechimda alternativ harajatlar prinsipidan 
foydalanilmagan va huquqiy omilga e‘tibor berilmagan. 
Krouzning ijtimoiy harajatlar bilan bog‗lik ishlarini umumlashtirib uni 
Dj.Stigler degan olim ―Krouz teoremasi‖ deb atadi. Krouz teoremasiga ko‗ra, agar 
barcha tomonlarning mulkiy huquqlari yaxshi aniqlangan bo‗lsa, transaksion 
harajatlar nolga teng bo‗lsa, pirovard natija (ishlab chiqarishqiymatini 
maksimallashtiruvchi) mulkchilik huquqini taqsimlashdagi o‗zgarishlarga bog‗lik 
emas (agar daromad samarasi e‘tiborga olinmaganda). Teoremadagi asosiy 
mazmun Dj.Stigler fikriga ko‗ra kuyidagicha ―Mukammallashgan raqobat bozorda 
xususiy va ijtimoiy harajatlar bir-biriga teng‖. 
Krouz tashqi samara bilan bog‗liq; yo‗qotishlarni hisobga olish mas‘uliyatini 
o‗z ichiga oluvchi narx belgilash tizimi bilan ushbu mas‘uliyatni e‘tiborga 
olmaydigan narx belgilash tizimini bir-biri bilan taqqoslab, quyidagi fikrga keladi, 
ya‘ni, agar katnashuvchilar tashqi samara muammosini harajatlarsiz birgalikda 
kelishib olsa (kelishish bilan bog‗liq, transaksion harajatlar nolga teng bo‗lsa), u 
holda 
raqobatlashgan 
bozor 
sharoitida 
ishlab 
chiqarish 
qiymatini 
maksimallashtirish mumkin bo‗lgan maksimal natijaga erishish mumkin. 
Krouz quyidagi misolni keltiradi. Bir-biri bilan qo‗shni bug‗doy yetishtiruvchi 
va qoramollarni boquvchi fermerlar joylashgan. Mol boquvchi fermer vaqti-vaqti 
bilan mollarini qo‗shni fermer yerlariga qo‗yib yuborib, uning bug‗doylarini 
payhon qilib turadi. Ko‗rinib turibdiki, bu yerda tashqi samara (eksternal samara) 
mavjud. Krouz ko‗rsatganki, bu muammo davlatning aralashuvisiz ikkala 
fermerning kelishuvi asosida yechilishi mumkin. 
Agar mol boqvchi ikkinchi fermerga keltirgan zarari uchun mas‘uliyatni his 
qilsa, u ikki variantda yo‗l tutishi mumkin: yo mol boquvchi etkazgan zararini 
qoplaydi, yoki u ushbu yerni fermerdan ijaraga oladi (ijara haki to‗lab, agar 
bug‗doy ekuvchi fermer ham yerni ijaraga olgan bo‗lsa, unda yuqoriroq ijara haqi 


369 
to‗lab) pirovard natija ikkala holda ham bir xil bo‗lib, ishlab chiqarishqiymatini 
maksimallashtirishga olib keladi. Agar yetkazilgan zarar uchun mas‘uliyat 
sezilmasa tashqi samara vujudga keladi. 
Transaksion harajatlar nol bo‗lganda fermerlarda o‗zaro kelishish uchun 
iqtisodiy rag‗batlantirish mavjud bo‗ladi, nima uchun deganda, ikkala tomon ham 
o‗z 
daromadlarining 
o‗sishidan 
va 
ishlab 
chiqarish 
qiymatini 
maksimallashtirishdan manfaatdor. Lekin, transaksion harajatlar hisobga olinsa, 
yukoridagiday samarali natijaga erishmasligi mumkin. Bu yerda transaksion 
harajatlar, ya‘ni axborot olishni qimmatligi, sud ishi harajatlari, kelishuv 
harajatlari, kelishuv bilan bog‗liq yutuqdan oshib ketish mumkin. Bunga yarasha 
yetkazilgan zararni hisoblashda ham qiyinchiliklar tug‗iladi (bittasi yetkazilgan 
zararni boshqa tomonga qaraganda katta baholashi mumkin). Ushbu farqlarni 
hisobga olib, Krouz teoremasiga daromad samarasi degan so‗z kiritilgan. Bitta 
tomon yetkazilgan zararni ikkinchi tomonga nisbatan yukqori baholasa kelishish 
qiyin. 
Eksperemental izlanishlar natijasi shuni kursatadiki, Krouz teoremasi 
kelishiladigan tomonlar cheklangan, ikkita yoki uchta bo‗lgandagina o‗rinli. 
Tomonlar soni oshgan sari transaksion harajatlar oshib boradi va ushbu harajatlarni 
nolga tengligi to‗g‗risida faraz o‗z kuchini yo‗qotadi. 
Krouz teoremasi amaliy iqtisodiy hayotda muhim rol o‗ynamoqda, undan atrof-
muhitni ifloslantirishga qarshi davlat siyosatini va strategiyasini ishlab chiqishda 
keng foydalanilmoqda. 

Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish