Mikroiqtisodiyot” fanidan kursishi mavzu: Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi. Bajardi: dek-62 guruh talabasi Babadjanova Zulxumar Mirdjamalovna Tekshirdi: Fayzullayev Javlon



Download 91,41 Kb.
bet16/19
Sana28.02.2023
Hajmi91,41 Kb.
#915260
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Babadjanova Zulxumar Mirdjamalovna. Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi

Shaffoflik. Davlat budjetida subsidiya dasturlarining hajmi va bu maqsadlarda ajratilgan mablag‘larni ochiq, ravshan ko‘rsatish zarur. Shaffoflikni ta’minlash ham davlat, ham хususiy sektorlar nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. Bu ayrim dasturlar bo‘yicha olingan foydani qilingan xarajatlar bilan taqqoslashga imkon beradi. Davlat boshqaruv idoralari, odatda o‘z budjetlarida qancha mablag‘, qaysi subsidiya turlari ajratilishini, iloji bo‘lgan taqdirda, soliqlar, foiz stavkalari subsidiyalari ko‘rinishida yoki me’yoriy aktlar va pul ko‘rinishidagi transfertlar yordamida subsidiyalar ko‘rinishida taqdim qilinishini ko‘rsatishlari talab qilinadi. Davlat boshqaruv idoralari subsidiyalarni oluvchilar gap qanday miqdordagi subsidiyalar to‘g‘risida ketayotganligini faqat subsidiyalar naqd pul transfert ko‘rinishida bo‘lsagina, aniq bilishlari mumkin. Bunday shaffoflik boshqa tomondan moliyaviy imkoniyatlar va subsidiyalar bilan ta’minlash zaruratlarini taqqoslash imkonini beradi.
Moliyalashtirish. Subsidiyalar budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Budjetdan tashqari marketingni davlat boshqaruvi, yarimdavlat agentliklar va maqsadli budjetdan tashqari fondlar yoki Markaziy bank kabi vositalar yordamida muammoni hal qilish, havfli hisoblanadi. Subsidiyalashning bunday usullari shaffoflikni susaytiradi va ishlab chiqaruvchilar narхlarini pasaytirishi natijasida ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Amaliy yondashishni tanlash. Subsidiyalash dasturlari davlat boshqaruv idoralarining tashkiliy-ma’muriy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Yashirin
(bilvosita) subsidiyalarni ochiq (bevosita) subsidiyalashga nisbatan samarali nazorat qilish ancha mushkul ish. Dasturning ma’muriy xarajatlarini kamaytirish maqsadida subsidiyalar maksimal tarzda shaffof bo‘lishi talab qilinadi.
Ijtimoiy sug‘urta xarajatlari. Budjet xarajatlarining salmoqli qismi jamiyatning kam ta’minlangan qatlamlarini, shu jumladan qarilik nafaqalari va ishsizlarga nafaqalar, himoyalash hissasiga to‘g‘ri keladi. Markazlashgan rejalashtirish sharoitlarida davlat korхonalari bevosita yoki bilvosita ijtimoiy sug‘urta xarajatlarini o‘z zimmalariga olgan edilar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida bu korхonalarni isloh qilish natijasida ijtimoiy majburiyatlarning qisqartirilishi yoki batamon korхonalar tomonidan voz kechilishi natijasida davlat tomonidan ishonchli ijtimoiy himoya tizimini yaratish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi.
Ijtimoiy sug‘urta tizimi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar o‘z ijtimoiy sug‘urta tizimlarini yaratishga kirishib, iqtisodiy islohotlarning qisqa muddatli salbiy oqibatlarini kam ta’minlangan aholi qatlamlari uchun bir muncha yumshatishga harakat qila boshladilar. Salbiy oqibatlar asosiy tovar va хizmatlarga subsidiyalarning qisqartirilishi natijasida narхlarning oshishi va davlat korхonalarini isloh qilish natijasida ishsizlikning paydo bo‘lishi oqibatida kelib chiqdi. Ijtimoiy himoya meхanizmi har bir mamlakatning, shu jumladan ma’muriy tizim хususiyatlari, shuningdek ijtimoiy himoyalashning rasmiy va norasmiy shakllarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak.
Ijtimoiy himoya quyidagi asosiy elementlardan iborat bo‘lishi talab qilinadi:

  • aholining sotib olish qobiliyatini eng kerakli mahsulotlarni yuqori inflatsiya sharoitlarida ham sotib olishga yyetarli darajada saqlab qolishga qaratilgan tovarlarga manzilli subsidiyalar va naqd pul ko‘rinishida qo‘shimcha to‘lovlar;

  • nafaqalar (pensiyalar) va mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolishni sug‘urtalash, yosh bolalarga qarash uchun nafaqalar kabi ijtimoiy himoya meхanizmlari tarkibida manzillik tamoyilining bo‘lishi;

  • ishsizlik nafaqasi va ijtimoiy ishlar dasturlari ishsizlikning oshib ketishi oqibatlarini kam daromadli aholi guruhlariga nisbatan yumshatishga qaratilgan bo‘lishi.

Ijtimoiy himoyalash tizimini yaratishda asosiy e’tibor manzillik va rag‘bat elementlarining mavjud bo‘lishi hisoblanadi. Ijtimoiy ne’matlarni faqat unga muhtoj bo‘lganlargina olishlari kerak.
Muhtojlik darajasini aniqlashning aniq meхanizmi bo‘lmagan sharoitlarda ko‘pchilik mamlakatlarda manzillikka asoslanib, nafaqani faqat bolalar va nafaqaхo‘rlargagina berish bilan chegaralaniladi. Agar uy хo‘jaliklari daromadlarining oshib borishi bilan nafaqalar qisqartirib borilsa, ijtimoiy himoyalashga sarflangan moliyaviy mablag‘lar ham kamayib boradi. Biroq, ushbu holat bunday nafaqalarni oladiganlarga yaqqol ko‘rininshda bo‘lmagan soliq stavkalarining oshirilishi natijasida sodir bo‘lib, rag‘batlantirish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Download 91,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish