Mikroiqtisodiyot” fanidan kursishi mavzu: Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi. Bajardi: dek-62 guruh talabasi Babadjanova Zulxumar Mirdjamalovna Tekshirdi: Fayzullayev Javlon



Download 91,41 Kb.
bet13/19
Sana28.02.2023
Hajmi91,41 Kb.
#915260
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Babadjanova Zulxumar Mirdjamalovna. Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi

DT ushbu davrda haqiqatda soliq tushumlarining o‘zgarishini ifodalaydi. Elastiklik koeffisintini hisoblash formulasidagi ДAT ham soliq tushumlaridagi o‘zgarishni ifodalaydi, lekin elastiklik koeffitsiyentida ma’lum davrda soliq tizimidagi o‘zgarishlar hisobiga olinishi mumkin bo‘lgan samara inobatga olingan edi. Agar tizimdagi o‘zgarishlar daromadlarning ko‘payishiga olib kelsa, dinamiklik darajasi elastiklikdan yuqori bo‘ladi, chunki soliq tizimidagi o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan holdagi soliq tushumlari summasiga nisbatan haqiqiy soliq tushumlari summasi kattaroq bo‘ladi.
Soliq tizimini baholash. Mutaхassislar har bir mamlakatning soliq tizimiga baho berishda uning qo‘yilgan vazifalarga qanchalik javob berishi va tizimni islohot qilish imkoniyatlarini hisobga olishilari kerak. Soliqqa tortish tizimining asosiy vazifasi daromadlarni to‘plash bo‘lishiga qaramasdan, u ko‘pincha boshqa maqsadlarda, masalan, bozor хo‘jaligining kamchiliklarini tuzatish va daromadlarni qayta taqsimlashga ko‘maklashish maqsadlarida ham foydalaniladi. Yuqoridagi maqsadlarni hisobga olgan holda soliq tizimining samaradorligiga baho berish uchun bir nechta me’yorlar ishlab chiqilgan. Mamlakatning soliq tizimini tahlil qilishda Tanzi diagnostik testidan foydalanish mumkin.
Daromadlar tushumining samaradorligiga baho berish uchun Vito Tanzi 8 ta miqdoriy diagnostik testdan foydalanishni taklif qilgan:

  1. Konsentratsiya indeksi. Yalpi daromadlarning katta qismi nisbatan kam soliqlar soni va soliq stavkalari hisobiga tushadimi?

  2. Dispersiya indeksi. Faqat noqulaylik tug‘diradigan kam miqdorda tushumli soliqlar soni ozmi (yoki umuman yo‘qmi)?

  3. Eroziya indeksi. Haqiqiy soliqqa tortish bazasi potensial baza bilan maksimal tarzda mos keladimi?

  4. Yig‘imlarni kechikish indeksi. Soliq to‘lovchilar soliqlarni aytarlik kechikmasdan va qanchalik o‘z vaqtida to‘laydilar?

  5. Muayyanlik indeksi. Soliq tizimi muayyan stavkali kam sonli soliq turlariga asoslanganmi?

  6. Obyektivlik indeksi. Ko‘pchilik soliqlar obyektiv o‘lchash mumkin bo‘lgan soliqqa tortish bazasidan olinadimi?

  7. Soliqlar yig‘ishni ta’minlash indeksi. Soliqlar samarali yig‘imi to‘laligicha ta’minlanadimi?

  8. Soliqlar yig‘ishdagi xarajatlar indeksi. Soliqlar yig‘ishda budjet xarajatlari minimumga keltirilganmi?

Yuqoridagi savollarning barchasiga ”ha” javobi berilsa, Tanzi testiga ko‘ra, soliq tizimi tushumlarning samaradorligi nuqtai nazaridan eng yuqori bahoga sazovor bo‘ladi.
Soliq faoliyatining tahlili. Yetarli miqdorda daromadlar tushumini eng samarali tarzda ta’minlash har qanday soliq tizimining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Agar yanada aniqroq gapiriladigan bo‘lsa, tartibli va iqtisodiy resurslarni хususiy foydalanuvchilardan davlatga noinflatsion tarzda o‘tkazish – soliq tizimining bosh vazifasi hisoblanadi. Soliq faoliyatini tahlil nomi bilan mashhur bo‘lgan metodologiyadan foydalanib, daromadlarni yig‘ish unumdorligining me’yoriga baho berish mumkin.
Daromadlarni yig‘ish tizimining mahsuldorligiga baho berish asosida soliq tushumlarini oshirish zarurati tug‘ilganda davlat boshqaruv idoralari minimal noqulay oqibatlarga olib keladigan qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi yotadi. Ushbu kontekstda soliqlar yig‘imi samaradorligining keng qo‘llaniladigan indikatori bo‘lib soliq tushumlarining YaIMga nisbati yoki haqiqiy soliq koeffisinti hisoblanadi. Hukumatning soliq yig‘imlari bo‘yicha faoliyatiga umumiy tarzda baho berishda ushbu ko‘rsatkich boshqa malakatlar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Biroq, haqiqiy soliq koeffisinti mamlakat soliq salohiyatini (potensialini) inobatga olmaganligi sababli, soliq faoliyatiga baho berishda noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi mumkin.
Soliq salohiyati o‘rtacha intensivlikdagi soliqqa tortish bazasidan foydalangandagi soliq tushumlari darajasidir. Demak, soliq faoliyatining koeffitsiyenti sifatida haqiqatda yig‘ilgan soliqlarning soliq salohiyatiga nisbati sifatida aniqlash mumkin. Soliq salohiyati aniq ko‘rsatkich emas, lekin uni umuman olganda, soliqqa tortish faoliyatining samaradorligiga baho berishda qo‘llash mumkin.
Soliq salohiyati uchta asosiy omil bilan aniqlanadi: iqtisodiyotning ochiqlik darajasi; uning rivojlanish va daromadlari darajasi; daromadlar tarkibi.
Soliq faoliyatining tahlili soliqlar yig‘ish samaradorligiga baho berishga ko‘mak bersada, u ayrim kamchiliklardan ham holi emas. U me’yoriy ko‘rsatkich emas, past soliq faoliyati rivojlangan mamlakatlarda ham soliq koeffitsiyenti milliy qadriyatlarni hisobga olgan holda yyetarli hisoblanishi mumkin. Soliq faoliyatining tahlili, shuningdek juda statik хarakterga ega. U soliq koeffisintlari va soliq faoliyatida teztez sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni hisobga olmaydi. Dinamika nuqtai nazaridan talablarga javob beradigan indikator bo‘lib YaIMga nisbatan soliq tushumlarining elastikligi tan olingan.

Download 91,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish