Mikroiqtisodiyot” fanidan kursishi mavzu: Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi. Bajardi: dek-62 guruh talabasi Babadjanova Zulxumar Mirdjamalovna Tekshirdi: Fayzullayev Javlon



Download 91,41 Kb.
bet12/19
Sana28.02.2023
Hajmi91,41 Kb.
#915260
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Babadjanova Zulxumar Mirdjamalovna. Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi

asosiy uzilish. U diskontlangan asosiy balans miqdoriga teng bo‘lib, qarzning YaIMga dastlabki nisbati bilan haqiqatdagi asosiy balans orasidagi farq darajasida barqarorlashadi. Agar uzilish miqdori musbat bo‘lsa qarzning YaIMga nisbatini barqarorlashtirish uchun xarajatlarni qisqartirish talab qilinadi. Ushbu ko‘rsatkichdan aхborotlar yyetarli bo‘lmagan vaqtlarda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Bu indikator dastlabki qarz barqaror bo‘lgan sharoitlarda kapitalning sof ijobiy qiymatini aniqlashdagidek hisoblanadi;

  • o‘rta muddat bashoratlaridagi soliq bo‘yicha uzilish. Ushbu ko‘rsatkichdan xarajatlar, transfertlar, real foiz stavkalari va YsIM real o‘sish sur’atlarining oshishi bashorat qilinayotgan (foiz to‘lovlaridan tashqari) sharoitlarda to‘lanmagan davlat qarzlarini soliq tushumlari bilan mutanosibligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tuzatishlar kiritishni aniqlashda foydalaniladi.

    Daromadlar tahlili. Daromadlar va tushumlarning dinamikasiga baho berishda asosiy e’tibor daromadlarning YaIMga nisbati va bu ko‘rsatkichni iqtisodiyoti o‘хshash bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan taqqoslashga qaratiladi. Soliqlarning oshishi hisobiga budjet kamomadini qisqartirish zarur bo‘lgan paytlarda iqtisodiy xarajatlar davlat xarajatlarini qisqartirish xarajatlari bilan taqqoslash lozim. Odatda, bu sharoitlarda ikkalasini ham qisqartirish zarur bo‘ladi. Ko‘pchilik hukumatlar ma’muriy va siyosiy nuqtai nazardan amalga oshirish osonroq bo‘lgan qisqa muddatli, bir marotabalik daromadlarni ko‘paytirish choralarini ko‘rishga harakat qiladilar. Biroq, masalaga bunday yondoshish, ko‘pincha soliq tizimi faoliyatida qiyinchiliklar, samarasiz foydalanish va qoida buzilishlariga olib kelishi natijasida nafaqat yyetarlik darajada daromadlarni to‘play ololmaslik, balki mehnat va jamg‘arishga rag‘batni susaytirish natijasida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini pasaytirishga olib keladi. Soliq tizimining samaradorlik darajasi va zarur islohotlarni aniqlashda mutaхassislar ko‘pincha elastiklik va dinamiklik koeffitsiyentlaridan foydalanishadi.
    Soliqlarning elastiklik va dinamikligi. Soliqning elastikligi deganda ushbu soliq tizimi sharoitida (u o‘zgarmay qolganda) tushumlarni o‘zgarishinining soliqqa tortish bazasi o‘zgarishiga nisbati tushuniladi. Elastiklik soliq tizimida ichki iхchamlikni ta’minlaydi va uni quyidagicha yozish mumkin:
    Soliq Agar soliqqa tortish bazasining o‘rniga YaIM ko‘rsatkichini qo‘llasak, YaIM bo‘yicha elastiklik quyidagicha hisoblanadi:
    ,
    bu yerda: AT – o‘zgarmay qolgan soliq tizimi sharoitlaridagi soliq tushumlari; D - ko‘rsatilgan davrdagi o‘zgarish.
    Agar elastiklik koeffitsiyenti birdan katta bo‘lsa, yangi soliqlar kiritmasdan yoki soliq stavkalarini o‘zgartirmasdan, ya’ni soliq siyosatida diskretsion o‘zgarishlarsiz YaIMga nisbatan soliq tushumlari oshganligini anglatadi va soliq tizimi elastiklik хarakteriga ega deb hisoblanadi. Elastiklik – ijobiy holat hisoblanadi va davlat xarajatlarining o‘sishi YaIM o‘sishiga nisbatan yuqori bo‘lgan mamlakatlarda uni rag‘batlantirish lozim. Tez rivojlanayotgan хalq хo‘jaligi tarmoqlarini soliqqa tortish jarayonida odatda soliq tizimi YaIMga nisbatan elastik bo‘ladi, unda soliq stavkalari progressiv хarakterda bo‘ladi, soliqlar muayyan obyektdan emas, balki qiymatdan olinadi va soliqlarni yig‘ish qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. Oхirgi holat inflatsiya sharoitlarida juda muhim hisoblanadi, chunki soliqlarni hisoblash va undirish vaqtlari orasida katta uzilish bo‘lsa, soliq tushumlarining real qiymati pasayib ketadi.
    Elastik soliq tizimi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va natijada ijtimoiyiqtisodiy infratizimga xarajatlar muntazam oshib boraveradi. Agar xarajatlarning oshib borishi soliq tushumlarining oshishi bilan birgalikda sodir bo‘lmasa, bu kamomadli budjetga va uning oqibatida tashqi va ichki qarzlarning ko‘payishiga olib keladi. Soliq tizimi elastik bo‘lgan hollarda odatda mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va hukumatga ishonchni pasaytiradigan rejalashtirilmagan tez-tez soliqlarni ko‘tarish masalalari kun taribida turmaydi.
    Elastiklik koeffitsiyenti nafaqat umumiy soliq tushumlari, balki alohida olingan soliq turlari bo‘yicha ham hisoblanadi. Masalan, qiymatdan olinadigan soliq muayyan obyektdan olinadigan soliqqa nisbatan elastikroqdir. Yana bir elastik soliq turlaridan biri individual daromad solig‘idir.
    Soliqning dinamikligi YaIMning nisbiy ko‘payishiga nisbatan to‘rejagan soliq summasi sifatida aniqlanadi. Soliq tushumlari hajmining o‘zgarishi soliq tizimidagi har qanday o‘zgarishlar, shu jumladan soliqqa tortish tarkibidagi diskretsion o‘zgarishlar tufayli sodir bo‘lishi mumkin. Soliqning dinamiklik koeffitsiyenti quyidagicha ifodalanadi:
    .

    Download 91,41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish