Mikrobiologiyada laboratoriya mashg’ulotlari


Temir bakteriyalarini aniqlash



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/135
Sana01.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#280912
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   135
Bog'liq
2 5357368031221649405

Temir bakteriyalarini aniqlash. Temir bakteriyalar asosan suv 
havzalarida,  botqoq  yerlarda,  qisman  tuproqda  uchraydi.  Temir 
bakteriyalari  tabiatda  uchraydigan  ikki  valentli  temir  va  marganes 
tuzlarini oksidlab, uni uch valentli birikmalarga aylantirishda ishtirok 
etadi.  Shuning  uchun  ham  qishloq  xo'jaligida  temir  bakteriyalari 
muhim  ahamiyatga  egadir.  Tuproqda  temir  va  marganes  moddasi 
yetishmasa  o'simlikning  rivojlanishi  va  hosildorligiga  salbiy  ta'sir 
qiladi.  Temir  bakteriyalari  uzunchoq,  shilimshiq  qin  bilan  o'ralgan 
ipsimon  shaklda  bo'ladi.  Ularning  shilimshiq    qinlarida  temir 
gidroksidi  to'plangan bo'ladi. Temir bakteriyalari o'zlarining kattaligi, 
tanalarida  donachalarning  mavjudligi  va  shoxlanish  xususiyatlari, 
spiralga  o'xshab  buralgan  lenta  hosil  qilishiga  qarab  boshqa 
bakteriyalardan  farq  qiladi.  Odatda  ularning  uzunligi  1  sm  gacha 
bo'lib,  yo'g'onligi 2-3 mikron keladi.  


 
86 
Suv  havzasidagi  temir  bakteriyalar  quyidagi  usul  bilan 
aniqlanadi.  Temir  tayoqchalar  arqonga  bog'lanib,  tekshiriladigan 
suvga  tushiriladi,  arqonning  suv  yuzasidagi  uchiga  esa  po'kak 
bog'lanadi. Po'kakning turgan joyi belgilab qo'yiladi. Bir necha oydan 
keyin  suv  ichidagi  temir  tayoqchalarga  temir  bakteriyalar  yopishib, 
tugunchalar hosil qiladi. Hosil bo'lgan tugunchalar ichida temir oksidi 
bo'ladi.  Temir  tayoqcha  ustida  hosil  bo'lgan  tugunchalardan  preparat 
tayyorlanib  u  10%  li  HCl  va  spirt  bilan  fiksasiya  qilinadi  va  gensian 
violet  bo'yog'i  bilan  bo'yaladi.  Yuqorida  aytib  o'tilgan  usullardan 
tashqari,  temir  bakteriyalarni  aniqlashda  S.N.Vinogradskiy  va  Liske 
usullaridan 
ham 
foydalaniladi. 
S.N.Vinogradskiy 
usulida 
aniqlanganda  shisha  silindrga  qaynatib  olingan  beda  cho'pi  solinadi, 
unga  bir  ozgina  yangi  cho'ktirilgan  temir  gidroksididan  qo'shiladi  va 
silindr  suv  havzasidan  olingan  tekshiriladigan  suv  bilan  to'ldiriladi. 
Silindrdagi  organik  qoldiqlarning  anaerob  usulda  parchalanishi 
natijasida  quyidagi  moddalar  (H
2
,  H
2
S  va  boshqalar)  hosil  bo'ladi. 
Hosil bo'lgan bu moddalar  suv tarkibidagi  uch valentli temir oksidini  
ikki  valentli  temir  oksidiga  aylantiradi.  Suvda  erigan  ikki  valentli 
temir  karbonat  (FeCO
3
)  suv  yuzasiga  chiqib,  temir  bakteriyalari 
tomonidan  oksidlanadi.  Natijada  suv  yuzasida  temir  bakteriyalar 
yig'ilib,  ma'lum vaqt  o'tgandan so'ng  temir  bakteriyalar yig'indisini 
oddiy  ko'z  bilan  ham    ko'rish  mumkin.  Liske  usulida  aniqlaganda 
kolbaga  0,05%  li  beda    eritmasi  yoki  to'kilgan    barglarning  eritilgan 
ekstrakti solinib, ustiga bir oz temir qirindisi qo'shiladi va ularga yana 
balchiq yoki suv quyiladi. 
Yuqorida aytib o'tilgan usullardan tashqari, temir bakteriyalarini 
aniqlashda    temir  bakteriyalarning  o'ziga  xos  sintetik  oziqa 
muhitlaridan ham foydalanish mumkin. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish