Oddiy oziqa - ko'pgina mikroorganizmlarni o'stirish uchun
ishlatiladi. Bularga dukkakli pepton qaynatmasi, go'sht-pepton
qaynatmasi va go'sht - pepton agari kiradi.
Maxsus oziqa - alohida guruh yoki alohida tur mikroorganizmni
ajratish uchun tayyorlanadi. Masalan, Omelyanskiy oziqa muhiti
anaerob mikroblar uchun, Chapeka oziqa muhiti esa zamburug'lar
uchun tayyorlanadi.
Elektiv oziqa - bitta turga mansub mikroorganizm uchun
tayyorlanadi, boshqa mikroorganizmlar bunday oziqa muhitida
o'smaydi yoki rivojlanishi juda sekinlashib ketadi. Bunday oziqa
muhitiga S.N.Vinogradskiyning yig'ma oziqa muhiti misol bo'ladi va
bu oziqa ko'pgina tuproq mikroorganizmlar uchundir.
Do'stlaringiz bilan baham: |