g
,i
s
a
t
o
l
s
i
k
n
u
h
c
u
h
s
a
l
r
o
y
y
a
t
i
s
a
t
o
l
s
i
k
l
o
b
r
a
k
q
u
y
u
S
a
d
.l
m
,i
r
o
d
q
i
m
r
ti
l
1
r
ti
l
0
1
r
ti
l
1
r
ti
l
0
1
3
5
0
3
0
5
0
0
3
0
0
5
3
3
0
6
5
5
0
3
3
0
0
6
0
5
5
?
Nazorat uchun savollar
47
oraladi va unga hajmi yozib qoyiladi. Yoki metall penallarga solib,
sterilizatsiya qilinadi.
Petri kosachalarikosacha orasiga qogozcha qoyilib, ortiqchasi
qirqib tashlanadi. Petri kosachalari 35 tadan qilib, qogozchalarga
oraladi.
Probirkalaravval probirkalarga qopqoqchalar yasab olinadi.
Òortburchak qilib qirqilgan doka probirka ogziga qoyilib, paxta solib
presslanadi, song ið bilan boglab, dokaning ortiqchasi kesib
tashlanadi. Probirkalar 1050 tadan qilib qogozga oraladi.
Kolbaavval yuqorida aytib otilganidek, qopqoqcha yasab
olinadi, song qogozli qopqoqcha bilan yopiladi.
5-bob.
MIKROORGANIZMLARNING
ÒABIAÒDA ÒARQALISHI
Mikroorganizmlar tashqi muhitda keng tarqalgan. Ular tuproqda,
suvda, havoda, odam va hayvon organizmlarida uchraydi. Mikroor-
ganizmlar moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi. Ular tashqi
muhitdagi turli sharoitga moslanish xossasiga ega va turli miqdorda
uchrashi mumkin. Har bir obyekt oziga xos xarakterga, mikrofloraga
ega. Mikroorganizmlar haqidagi bilimimiz yuqumli kasalliklar tar-
qalishi va ularni yoqotish imkonini beradi.
Òuproq mikroflorasi
Mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun tuproq eng qulay muhit
hisoblanadi. Òuproqda organik moddalar, mineral birikmalar, namlik
yetarli bolsa, bu kop miqdorda mikroblar toplanishiga sharoit yaratadi.
Namligi kop bolmagan tuproqda mikroblar kop, chol tuproqlarida
namlik kam bolganligi sababli, mikroblar kam boladi. Òuproqning
yuza qismiga quyosh nuri, quritish tasir korsatadi. Shuning uchun
namroq, 1020 sm chuqurlikdagi tuproqda mikrob koproq boladi.
Òuproqning yanada chuqurroq qismida mikroblar miqdori kamayadi.
Òuproq mikroflorasi turlicha: nitrifikatsiya, azogifikatsiya, denitrifi-
katsiya, oltingugurt va temir, bakteriyalar, zamburuglar, sodda joni-
vorlar uchraydi. Kopgina mikroblar tabiatda organik moddalarni
parchalashda ishtirok etadi. Mikroblar yordamida tuproqning kimyoviy
tarkibi va tuzilishi ozgaradi. Òuproq infeksiya qozgatuvchilarni
tarqatuvchi omil bolib ham hisoblanadi.
Odam va hayvon chiqindilari, murdalar, xojalik chiqindilari bilan
birgalikda patogen mikroblar ham tuproqqa tushadi. Ularning kop-
48
chiligi oziq-ovqatlarning yetishmovchiligi, quyosh nuri va antago-
nistik mikroblar tasirida nobud boladi. Lekin ayrim mikroblar tuproqda
bir necha oylab, yillab saqlanishi mumkin. Òuproq orqali gazli gangrena,
qoqshol, kuydirgi, botulizm va boshqa mikroblar tarqaladi.
Suv mikroflorasi
Ochiq suv havzalari kopgina mikroblarning yashashi uchun tabiiy
sharoit bolib hisoblanadi. Suvga ular tuproq, odam va hayvon chiqindilari,
tashlandiqlar, chiqindi suvlar orqali tushadi. Suvda ichak tayoqchasi, qorin
tifi, vabo qozgatuvchilari uzoq vaqt saqlanadi va bolinib kopayadi.
Aholiga yaqin joylashgan suv havzalari koproq ifloslanadi, chunki
u yerga aholi chiqindilari, xojalik va sanoat suvlari tashlanadi. Shuning
uchun bu suvning mikroflorasi turlicha boladi.
Suv mikroflorasi suv havzalarini ifloslanish darajasiga, asosan,
organik birikmalar bilan ifloslanganligiga bogliq. Suvda doimo ozini
ozi tozalash jarayoni ketadi. Mikroblar quyosh nuri, kimyoviy moddalar,
chokish, mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan antibiotik moddalar,
zamburuglar va suv osimliklari tasirida nobud boladi. Dengiz va okeanda
ham mikroblar boladi, lekin kamroq miqdorda. Yerosti suv
havzalaridagi, buloqdagi suvlar ancha toza suv hisoblanadi. Suv orqali
yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi qozgatuvchilardan ichak
infeksiya qozgatuvchilari, poliomiyelit, tulyaremiya, lentospiroz, vabo
qozgatuvchilari bolib, epidemiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Suvning ifloslanishi bartaraf etilishi bilan yuqumli kasalliklar
kelib chiqishi oldi olinadi.
Havo mikroflorasi
Havoda mikroblarning rivojlanishi uchun oziq muhitlar bolmaydi.
Undan tashqari, quyosh radiatsiyasi va haroratning ozgarishi va boshqa
omillar mikroblarga oldiruvchan tasir korsatadi. Shunga qaramasdan
havoda malum miqdorda mikroblar uchraydi, ular tuproqning yuza
qismidan chang bilan havoga kotariladi. Havodagi mikroblar oz-
garuvchandir. Sanoat shaharlarida havo iflos, qishloqlarda esa tozaroq,
ormon, dengiz, toglarda havo toza boladi. Mikroblar havoning yuqori
qismida pastki qismiga qaraganda kamroq boladi, qishda esa yozga
qaraganda kamroq boladi. Patogen mikroblar havoga bemorlar yotal-
ganda, aksirganda, gaplashganda, shuningdek, ifloslangan tuproq
va moddalardan tarqaladi. Bunga havo-tomchi yoli orqali tarqalish
deyiladi. Masalan, bogma, griðp, qizamiq. Bunda havo changi orqali
kokklar, sil, kuydirgi, sporali mikroorganizmlar tarqaladi. Bularning
oldini olish uchun dokali niqob taqish tavsiya etiladi.
49
Inson organizmining mikroflorasi
Inson organizmining normal mikroflorasi mikro va makro-
organizmlarning ozaro tasiri natijasida evolutsiya jarayonida yuzaga
keladi. Organizmning malum qismi va azolari uchun xarakterli
mikroblar turining yigindisi biotsinozorganizmning normal hayot
faoliyati uchun zarurdir. Biotsinozning buzilishi, uning uchun odatdan
tashqari mikroorganizmlarning hosil bolishi, ayniqsa, kasallik
qozgatuvchisi mikroblarning yuzaga kelishi, yuqumli kasalliklarni
keltirib chiqaradi.
Homiladorlik vaqtida homila steril boladi. Bola tugilayotgan vaqtda
onaning tugilish kanali orqali unga mikroorganizmlar tushadi.
Shuningdek, ona terisidan, doyalar qolidan, atrofdagi buyumlar va
havodan bola organizmiga mikroorganizmlar tushadi.
Inson hayoti davomida mikroflora xarakteri ozgarib turadi. Lekin
malum azolar uchun doimiy xarakterlidir.
Odamning ichki azolari, odatda, sterildir (qon, miya, jigar va
b.). Òashqi muhit bilan aloqada bolgan azo va toqimalar ozida
mikroorganizmlar saqlaydi.
Òeri mikroflorasi yetarlicha doimiydir. U stafilokokk, streptokokk,
difteriodlar, spora hosil qiluvchi bakteriyalar xamirturushga xos
zamburuglar bilan namoyon boladi. Ular uchun teri va yog bezlari
ajratadigan moddalar olik hujayralar va parchalanish mahsulotlari
ozuqa hisoblanadi. Mikroorganizmlar toza teriga tushganda, terida doimo
yashaydigan bakteriyalar va turli xil bezlar ishlab chiqaradigan mahsu-
lotlar tasirida, odatda, nobud boladi.
Òerining ifloslanishi patogen mikroorganizmlarning rivojlanishiga
yordam beradi. Shuning uchun terini doimo toza tutish katta aha-
miyatga ega.
Ogiz boshligi mikroflorasi kop va turli-tumandir. Harorat,
namlik, oziq moddalarning doimiyligi, solakning ishqory reaksiya-
liligi mikroorganizmlar rivojlanishi uchun qulay sharoit hisoblanadi.
Òurli xil kokklar, sut kislota bakteriyalari, difteriodlar, spiroxetlar,
aktinomitsetlar xamirturushga xos zamburuglar va urchuqsimon
tayoqchalar ustunlik qiladi.
Ogiz boshligi mikroorganizmlari tish kariyesi, stomatit,
yumshoq toqimaning yalliglanishi kelib chiqishiga sabab boladi.
Yalliglanish jarayonining birinchi bosqichida streptokokklar, bak-
teriodlar, aktinomitsetlar ustunlik qiladi. Kariyes yuzaga kelishi natijasida
unga yiring hosil qiluvchi bakteriyalar, protey, klostridlar va boshqalar
qoshiladi. Bu kasalliklarni oldini olishda ogiz boshligi gigiyenasi
katta ahamiyatga ega.
50
Meda va ichak yoli mikroflorasi. Meda suyuqligining kislotaliligi
ortganida, meda mikroflorasi kamayadi. Ingichka ichakda ishqoriy sharoit
bolishiga qaramasdan mikroorganizmlar kamdir. Chunki ularga fermentlar
yomon tasir korsatadi. Mikroorganizmlarning bolinib kopayishi
uchun yogon ichak qulay sharoit hisoblanadi. Inson hayoti davomida
yogon ichak mikroflorasi ozgarib turadi: emizikli bolalarda sut kislota
hosil qiladigan bakteriyalar, kattalarda bakteriodlar, bifidum-bakte-
riyalar, ichak tayoqchalari, najas streptokokklar va boshqalar uchraydi.
Najasda turli xil mikroorganizmlarni uchratishimiz mumkin.
«Nafas yoli mikroflorasi» odam nafas olayotgan havo bilan birga
turli xil va kop mikroorganizmlarni qabul qiladi. Ularning kopchiligi
burun shilligida ushlanib qoladi yoki yuqori nafas yoli olik
epiteliyalari bilan tashqariga chiqariladi. Burun, halqumda, yutqinda,
asosan, stafilokokk, streptokokk, defteriodlar va boshqalar uchraydi.
Organizm boshashishi (muzlashi, jarohat olishi, oriqlab ketishi)
natijasida, yuqori nafas yolida doimo yashovchi mikroorganizmlar
turli xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunda nafas yolining
pastki qismlarini (bronxitlar, opkaning yalliglanishi) shikastlaydi.
Koz shilliq qavatining mikroflorasi. Koz mikroflorasi kamdir,
chunki yosh tarkibidagi lizotsin moddasi ularga oldiruvchan tasir
korsatadi. Shunga qaramasdan, stafilokokklar va difteroidlarni uchra-
tishimiz mumkin.
Qin mikroflorasi. Ayol kishining hayoti davomida qin mikroflorasi
ozgaradi. Qizlarda kokk florasi uchrasa, ayollarda Dederleyn tayoq-
chalari kop boladi.
Odamning normal mikroflorasiuning sogligini saqlashda muhim
sharoit bolib hisoblanadi. Organizm sistemasidagi mikrob biotsinoz
buzilishi, patologik jarayonning kelib chiqishi, organizmning himoya
funksiyasini pasayishi, disbakterioz kelib chiqishiga sabab boladi.
1. Òuproq, suv, havo mikroflorasi nima bilan xarakterlanadi?
2. Odam tanasidagi normal mikrofloraning roli qanday?
6-bob.
OZIQA MUHIÒLAR VA MIKROBIOLOGIK
ÒEKSHIRISHLAR
Mikrobiologik tekshirish deb, tekshirish materiallarini oziqa
muhitiga ekib, mikroorganizmlarning sof kulturasini ajratib olish va
ularning xossalarini organishga aytiladi. Sof kultura deb, bir turdagi
mikroorganizmlardan iborat kulturaga aytiladi. Bu yuqumli kasalliklarga
?
Nazorat uchun savollar
51
tashxis qoyishda, mikroblarning turi va tiðini aniqlashda, tekshirish
ishlarida, mikroblarning hayot davomida ishlab chiqaradigan modda-
larini (toksinlar, antibiotiklar, vaksina va b.) olishda kerak.
Mikroorganizmlarni ostirishdakultivatsiyalashda, yani suniy
sharoitda ostirish (alohida substraktlar, oziqa muhitlar) zarur. Orga-
nizmlar muhitida mikroorganizmlar hayotdagi barcha jarayonlarni
(oziqlanadi, nafas oladi, bolinib kopayadi va b.) bajaradi, shuning
uchun ularni kultivatsiyalovchi muhitlar deb ham ataladi.
Oziqa muhitlar
Oziqa muhitlar mikrobiologik ishning asosi hisoblanadi va ularning
sifati barcha tekshirish natijalari bilan bogliq. Oziqa muhitlar
mikroblarning hayoti uchun eng yaxshi sharoit bolishi lozim.
Oziqa muhitlariga qoyiladigan talablar
Oziqa muhitlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1. Òoyimli bolishi kerak, yani mikroorganizm energiyasini
yetarlicha oziqlanishini qoniqtiradigan bolishi lozim. Bularga
orgonagenlar, mineral (noorganik) moddalar, mikroelementlar kiradi.
Mineral moddalar mikroelementlar tuzilishini va fermentlarni faollashti-
ribgina qolmay, muhitning fizikaviy va kimyoviy xossalarini (osmatik
bosimi, pH va b.) aniqlab beradi. Ayrim mikroorganizmlarni ostirishda
oziqa muhitiga ostirish omillari vitaminlar, ayrim aminokislotalar
va boshqalar qoshiladi, chunki hujayra ularni sintezlay olmaydi.
Diqqat! Mikroorganizmlar tirik mavjudotga oxshash kop
miqdorda suvga muhtoj boladi.
2. Vodorod ion (pH) korsatkichi optimal darajada bolishi lozim.
Muhitning optimal reaksiyasi hujayra qobigining otkazuvchanligiga va
mikroorganizmlarning oziqa muhitlarni hazm qilishiga tasir korsatishi
mumkin. Kopgina patogen bakteriyalar uchun kuchsiz ishqoriy sharoit
optimaldir (7,27,4). Masalan, vabo vibrioni uchun optimal ishqoriy
sharoit (pHi 8,59,0) va sil qozgatuvchisi uchun kuchsiz kislotali
(pHi 6,26,8) sharoit optimal muhit bolib hisoblanadi.
3. Mikrob hujayrasi uchun oziqa muhiti izotonik bolishi, yani
muhitni osmatik bosimi hujayra ichidagi bosim bilan bir xil bolishi
lozim. Kopgina mikroorganizmlar uchun 0,5 % li natriy xlor eritmasi
optimal muhiti mos keladi.
4. Steril bolishi lozim, begona mikroorganizmlar bolishi orga-
nilayotgan mikroblar osishiga, uning xossalarini organishga tosqinlik
qiladi.
52
5. Zich oziqa muhitlar nam bolishi, mikroorganizmlar uchun
optimal konsistensiyaga ega bolishi kerak.
6. Oksidlanish-qaytarilish potensialiga ega bolish lozim, yani
oladigan va beradigan elektron moddalar nisbatiga ega bolishi kerak.
pH indeksida potensial oziqa muhit kislorod bilan toyinganini
korsatadi. Bir mikroorganizmlarga yuqori potensialboshqalari uchun
past potensial kerak. Masalan, anaeroblar: RH
2
indeksi 5 tadan kop
bolmaganda, aeroblar RH
2
indeksi 10 tadan past bolmaganda
bolinib kopayadi, kopgina muhitlarning oksidlanish potensiali aerob
va fakultativ anaeroblarga qoyilgan talablarni qoniqtiradi.
7. Kulturaning osganini, boshqa mikroorganizmlar tasirida
ifloslanganligini aniqlash uchun oziqa muhitlar tiniq bolishi lozim.
Oziqa muhitlarining tasnifi
Òurli xil mikroorganizmda oziqa muhitlar va muhitlarning xossasiga
talab bir xil emas. Òekshirish maqsadiga qarab u yoki bu oziqa muhitlar
tanlanadi. Hozirgi vaqtda xilma-xil oziqa muhitlar taklif qilingan tasnif
asosi qilib quyidagi xossalari olingan:
1. Òayyorlanishga kora, oziqa muhitlar tabiiy va suniylarga bolinadi.
Òabiiy oziqa muhit osimlik va hayvon mahsulotlaridan tayyorlanadi.
Hozirgi vaqtda qimmatli mahsulotlar (gosht va b.) ornini bosuvchi:
suyak va baliq unlari, oziq-ovqat achitqisi, quyilgan qon va boshqalar
oziq-ovqat hisoblanmaydiganlar bilan almashtirish yolga qoyilgan.
Shunga qaramasdan, tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadigan oziqa
muhitlar tarkibi juda murakkab va ishlatilayotgan xomashyoga qarab
ozgaradi. Bu muhitlardan keng kolamda foydalaniladi. Ular kimyoviy
toza organik va anorganik birikmalardan tayyorlanadi. Suniy muhit ikki
marta distillangan suvda suyultirilgan va aniq korsatilgan konsentratsiyada
olinadi. Bu muhitlarning ahamiyatli tomoni shundaki, ularning tarkibi
doimo saqlanadi (ularga aniq, qancha va qanday moddalar kiradi), shuning
uchun bu muhitlar oson qayta ishlab chiqariladi.
2. Zichlik darajasi (konsistensiyasi)ga kora suyuq, zich va yarim-
suyuq turlarga bolinadi. Zich va yarimsuyuq oziqa muhitlardan
tayyorlanadi. Suyuq oziqa muhitlarga agar-agar yoki jelatin qoshilsa,
zich va yarimsuyuq muhit hosil boladi.
Agar-agar polisaxarid modda, dengiz suv otlaridan olinadi.
U mikroorganizmlar uchun oziqa bolib hisoblanmaydi va faqat
muhitni zichlashtirishda foydalaniladi. 80100°Ñ haroratda eriydi.
4045°Ñ haroratda qotadi.
Jelatina hayvon oqsili, 2530°Ñ jelatinali muhitlarda eriydi. Shu-
ning uchun ularda kulturalar xona haroratida ostiriladi. pH 6,0 dan
53
past va 7,0 dan yuqori bolganda, muhitlarning zichligi kamayadi va
ular yomon soviydi. Ayrim mikroorganizmlar jelatinadan oziqlanish
moddasi sifatida foydalaniladiular osganda muhit suyuladi.
Bundan tashqari, zich muhit sifatida qonning ivigan zardobi,
ivitilgan tuxum, kartoshkali muhitlar qollaniladi.
1. Òarkibiga kora, muhitlar oddiy va murakkab muhitlarga bolinadi.
Ularga gosht-peptonli shorva (GPSh), gosht-peptonli agar (GPA),
Xottinger agari va shorvasi, peptonli suv va oziqali jelatina kiradi.
Murakkab muhitlar tayyorlash uchun oddiy oziqa muhitlariga qon,
zardob, uglevodlar va mikroorganizmlarning bolinib kopayishi uchun
zarur bolgan moddalar qoshiladi.
2. Qollanilishiga kora:
a) asosiy oziqa muhitlari kopgina patogen mikroorganizmlarni
ostirish uchun qollaniladi. Bularga GPA, GPSh, Xottinger agari va
shorvasi, peptonli suv kiradi;
b) maxsus oziqa muhitlari oddiy oziqa muhitlarda osmaydigan
mikroorganizmlarni ostirish va ajratib olish uchun qollaniladi.
Masalan, streptokokklarni ostirish uchun oziq muhitlarga shakar,
pnevmokokk va meningokokklar uchun qon zardobi, kokyotal
qozgatuvchisi uchun qon qoshiladi;
d) elektiv (tanlanib olingan) muhitlar malum turdagi mikroor-
ganizmlarni ostirish uchun ishlatiladi. Bu muhit mikroorganizmlarni
osishiga tosqinlik qiladigan muhitlardir. Masalan, ot suyuqligi
qoshilgan muhit ichak tayoqchasini osishiga tosqinlik qilib, qorin
tifi qozgatuvchisini osishiga sharoit yaratadi. Oziqa muhitlari malum
antibiotiklar, tuzlar erishi yoki pH ning ozgarishi natijasida elektiv
muhitga aylanadi.
Suyuq elektiv muhitlarni boyituvchi muhitlar deb ham ataladi.
Masalan, pH 8,0 teng peptogen suv, pH shunday muhitlarda vabo
vibrioni bolinib kopayadi, boshqa mikroorganizmlar osmaydi;
e) differensial-diagnostik muhitlar deb, bir turdagi mikroblar
boshqa turdagi mikroblardan fermentativ faolligiga kora farqlovchi
muhitlarga aytiladi. Masalan, uglevodli va indikatorli Gissa muhitlari
uglevodni parchalovchi mikroorganizmlar osganda, muhitning rangi
ozgaradi;
f) konservatsiyalovchi muhitlarbirlamchi ekish va tekshirish
materialini laboratoriyaga jonatish uchun qollaniladigan muhit-
lardir. Bu muhitlar patogen mikroorganizmlarni olishdan saqlaydi,
saprofitlar esa nobud boladi. Masalan, glitserinli aralashmadan
qator ichak bakteriyalarini aniqlashda, natijasini tekshirishda foydala-
niladi.
54
1. Oziqa muhitlar qanday talablarni bajarishi lozim?
2. Òayyorlanishiga kora, oziqa muhitlar qanday tasniflanadi?
3. Muhitlarni zichlashtirishda nimadan foydalaniladi?
4. Oddiy oziqa muhitlarga nimalar kiradi va ular qanday maqsadda
qollaniladi?
5. Qanday muhitlar murakkab muhitlar deyiladi, buning asosida
nima yotadi?
6. Qanday muhitlarda mikroblarning fermentativ faolligi organiladi?
7. Bir turdagi mikroblarni osishi va ikkinchi turdagi mikroblarning
osishiga tosqinlik qiladigan muhitlarga qanday muhitlar deyiladi?
Muhitlarni tayyorlash
Oziqa muhitlarni tayyorlash quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
1. Muhitni pishirish.
2. pH korsatkichini optimal darajaga tenglashtirish.
3. Yoritish.
4. Filtrlash.
5. Quyish (qadoqlash).
6. Strelizatsiya qilish.
7. Nazorat qilish.
Pishirish
Oziqa muhitlarni elektr yoki gazli plitalarda, suv hammomida,
avtoklavda yoki bugda isitiladigan qozonlarda pishiriladi.
Oziqa muhitlarda pH ini aniqlash
Oziqa muhitlarda pH ikki usulda aniqlanadi:
1. Indikator qogozi yordamida. Òaxminan aniqlanadi.
2. pH patensiometr (shisha elektrodlar) yordamida pH-metrning
aniqlash tartibi.
Vodorod ion konsentratsiyasini (pH) aniqlashda intek, pH, (JSE)
DO meter asbobidan foydalanamiz. Asbobni ishlatish uchun maxsus
berilgan pH4, pH7, pH10 eritmalaridan foydalaniladi.
Asbob tok manbaiga ulanadi, elektrodlar CH
2
ATC tomonga
ulanadi, chunki pH ni aniqlashda «B» kanalidan foydalaniladi. POWER
bosiladi, channel «B»ga togrilanadi, «B» kanal pH da bolishi kerak.
Elektrod har bir buffer eritmaga, yani pH4, pH7, pH10
ga solinganda, elektrod distillangan suv bilan 2 marta yuviladi va
salfetkada artilishi shart.
?
Nazorat uchun savollar
55
1. pH4 li idishga elektrod tushiriladi:
a) POWER bosiladi.
b) RESET bosiladi.
d) READY MEASURE knopkalari bosiladi, ekran kuzatiladi,
oxirgi bosqichigacha kuzatish zarur, ekranda pH4 ni korsatsa, yani
POWER bosilsa, ekran ochadi. Songra elektrodni distillangan suvda
yuvib (2 marta), salfetkada artiladi.
2. Shu tartibda pH7, pH10 lar ham kuzatiladi.
3. Hamma pH lar normal holatda ekanligiga ishonch hosil qilin-
gach, tajribamizdagi eritmaning pH ini aniqlashimiz lozim.
Yoritish
Agar oziqa muhit pishirilayotganda xiralashsa yoki loyqalansa, u
yoritiladi. Buning uchun oziqa muhit 50°C gacha qizdiriladi va tuxum
oqiga 2 miqdor suv aralashtirilib qoshiladi va aralashtirilib qaynatiladi.
Òuxum oqi ivib, muhitdagi erimay, aralashmay muallaq yurgan
zarrachalarni chokmaga olib tushadi. Bunda tuxum oqi orniga qon
zardobidan ham foydalanish mumkin (2030 ml zardob 1 ml
muhitga).
Filtrlash
Suyuq muhitlar va eritilgan jelatinali muhitlar qogoz yoki ma-
terial filtr orqali filtrlanadi. Zich oziqa muhitlarini filtrlash qiyinroq,
chunki ular tez zichlanadi. Asosan, ular paxta, doka filtr orqali
filtrlanadi. Issiq avtoklav, isitilgan voronka va muhit issiqligida qogoz
va matoli filtrlardan ham foydalanish mumkin.
Filtrlashni choktirish usuli bilan almashtirishimiz mumkin.
Buning uchun muhitni baland silindrga qoyib, avtoklavda eritiladi.
Muhit asta-sekin sovishi natijasida erimagan, muallaq yurgan zarra-
chalar silindr tagiga chokadi. Ertasi kuni chokma qismini pichoq
bilan olib tashlaymiz. Òiniq qolgan qismini alohida idishga olamiz va
eritib idishlarga quyamiz.
Quyish
Muhitlar probirkalarga 35 ml yoki flakon, kolba, butilkalarga
10 ml hajmda quyiladi, tolatib yuborish mumkin emas. Chunki
sterilizatsiya vaqtida qopqogi namlanishi mumkin, bunda muhit
sterilligini yoqotadi. 100°C dan yuqori haroratda sterilizatsiya qilinadigan
muhitlarni quruq, toza idishlarga quyish mumkin. Pastroq haroratda
sterilizatsiya qilinadigan muhitlarni, albatta, steril idishlarga quyish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |