Mikrobiologiya va virusologiya


 - mavzu. Biоsfera va mikrооrganizmlar ekоlоgiyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/82
Sana22.04.2022
Hajmi1,85 Mb.
#572590
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82
Bog'liq
Mikrobiologiya O\'UM

10 - mavzu.
Biоsfera va mikrооrganizmlar ekоlоgiyasi 
Reja:
1.
Mikrооrganizmlar muhim guruhlarining tuprоqda, suv havzalari va 
atmоsferada tarqalishi va ahamiyati.
2.
Mikroorganizmlarning biogeokimyoviy faoliyati. Mikroorganizmlarning 
tabiatda moddalar almashinishidagi roli.
3.
Mikroorganizmlarning azot, uglerod, oltingugurt, fosfor va boshqa 
elementlarning aylanishidagi ishtiroki. 
4.
Bijg`ish jarayonlari. 
Spirtli, moy kislotali va h. bijg`ish turlari. 
Tayanch so`z va
 
iboralar: biogeokimyoviy faoliyat, moddalar 
almashinishi, 
ammonifikatsiya, 
nitrifikatsiya, 
denitrifikatsiya, 
azotofiksatsiya, tuganak bakteriyalar, bijg`ish jarayonlari, spirtli, moy 
kislotali va h. bijg`ish turlari. 
 
Bakteriyalar tabiatda boshqa tirik organizmlarga qaraganda, keng tarqalgan. 
Chunki ular nihoyatda mayda bo`lganligi va tashqi muhit omillariga tez moslasha 
olganligi, turli-tuman oziq moddalarni iste’mol etishi sababli boshqa organizmlar 
yashay olmaydigan joylarda ham yashay oladi. Ular tuproqda, suvda, havoda va 
boshqa organizmlar tanasida uchraydi.
Mikroorganizmlarning tuproqda tarqalishi
Mikroblar tashqi muhitdagi hamma ob’yektlardan ko`ra tuproqda ayniqsa 
ko`p bo`ladi. Mikroblar suv va havoga asosan tuproqdan tarqaladi. Tuproqda 
mikroblarning hayoti va faoliyati uchun organik va mineral moddalar, yetarli 
namlik, quyosh nurlaridan himoya qilishga o`xshash eng qulay sharoitlar mavjud. 
Tuproqning turli qatlamlarida mikroblar bir tekis tarqalgan emas. Eng ustki 
qatlamida mikroblar kam bo`ladi, chunki bu yerda mikroblar quriydi va quyosh 
nurlarining ta’sirida tez nobud bo`ladi. Yerning 10-20 sm chuqurlikdagi 
qatlamida mikroblar hammadan ko`prok bo`ladi. Yer chuqurlashgan sari 
mikroblarning xarakteri o`zgaradi va ularning umumiy miqdori kamaya boradi, 
4-5 m chuqurlikdagi tuproq esa deyarli sterilli bo`lishi mumkin. Lekin mikroblar 
ancha chuqur qatlamlarda ham bo`lishi mumkin. 
Tuproqning tarkibiga, yoritilish sharoitiga, namlik darajasiga, yil fasllariga, 
iqlim sharoitiga va omillariga qarab tuproq mikroflorasi miqdor va sifati 
jihatidan ham farq qiladi. Masalan, taqir, toshloq, qumloq tuproqlarda mikroblar 
juda kam bo`ladi, haydab qo`yilgan va o`g’itlangan tuproqlarda ayniqsa ko`p 
bo`ladi. Organik moddalar ko`p bo`lgan yerlarda mikroblarning har xil turlari 
ko`payishiga qulay sharoit yaratiladi. Ular ayniqsa o`simliklarning ildizida 
(rizosferada) ko`p miqdorda to`planadi. Tuproqda bir necha million, hatto 
milliardgacha bakteriya bo`lishi mumkin. 1 g mozor tuprog’ida 19 mlrd. 
bakteriya borligi aniqlangan. M. V. Fedorovning ma’lumotlariga ko`ra 1 gektar 
yerning 25 sm chuqurlikdagi tuprog’idan olingan mikroblarning og’irligi 3 
tonnaga yetgan, demak, 1 g tuproqda 5 mlrd. bakteriya bo`lgan. Tuproqda, 


46 
ayniqsa sporali aeroblar (
Bas. mycoides, Bas. subtilis, Bas. megatherium, Bas. 
mesentericus
va boshqalar), sporali anaeroblar (
Bas. eporogeaes, Bas, putrificus 
va boshqalar), termofil bakteriyalar, pigment hosil qiluvchilar, kokklar 
(
Micrococcus albus 
Micrococcus albus va boshqalar) ko`p uchraydi. Tuproqda 
nitrifikatsiyalovchi, 
denitrifikatsiyalovchi, 
azot 
to`plovchi, 
oltingugurt 
bakteriyasi, kletchatkani parchalovchi; mog’or zamburug’lari, achitqilar, sodda 
hayvonlar va mikroskopik yo`sinlar bo`ladi. Ularning ayrimlari oziqlarga tushib, 
ularni buzadi. Ayrim tur bakteriya, achitqi, mog’or zamburug’larning sof 
kulturasi ajratilib, ulardan antibiotiklar, vitaminlar, fermentlar va boshqalar 
tayyorlanadi. Tuproqdagi organik va mineral moddalarning almashinuvida 
mikroorganizmlar asosiy rol o`ynaydi; tuproqdagi mikroblarning ta’sirida har yili 
tuproqqa tushadigan barcha organik moddalar (o`simlik qoldiqlari, mol o`ligi) 
oddiy birikmalarga parchalanadi va ular o`simliklar uchun oziq moddaga 
aylanadi. Tuproq strukturasini va gumusni hosil qilishda mikroorganizmlarning 
ahamiyati juda katta. Gumus tabiatdagi turli o`simlik birikmalaridan, anaerob va 
aerob bakteriyalar hamda zamburug’lar ishtirokida hosil bo`ladi. 
Evolyutsion taraqqiyot natijasida tuproq mikroorganizmlarining ayrim 
guruhlari 
orasida 
metabioz 
munosabat 
hosil 
bo`lgan, 
ayrim 
guruh 
mikroorganizmlar orasida esa antagonizm bo`lib, bakteriya va zamburug’lar bir-
birining rivojlanishiga to`sqinlik qiladi yoki birisi ikkinchisini yo`q qiladi. 
Antagonist bakteriyalar tabiatda, tuproqda bo`ladigan jarayonlarda, ayniqsa, 
kasallik qo`zg’atuvchi mikroblarga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega. 
Ko`pchilik bakteriyalar o`simlik 
ildizida ko`payib, ularni fitopatogen 
zamburug’lar ta’sirotidan himoya qiladi. 
Tuproqda aktivator degan mikroblar bo`ladi, ular yashash davrida hosil qilgan 
mahsulotlari bilan o`simliklarning o`sishi va rivojlanishini tezlatadi. Bir tuproq 
tarkibida bir necha mingdan yuz milliongacha shu mikrobdan bo`lishi mumkin. 
Spora hosil qiladigan va hosil kilmaydigan bakteriyalar, achitqi va boshqalar 
aktivator bakteriyalarga kiradi. 
Tuproq mikroblarining ko`pchilik turi (azotobakter, tugunakli bakteriya
nitrobakteriya, zamburug’, aktinomitset va boshqalar) tiamin, riboflavin, G, K, 
V
6
, V
12
vitaminlari, biotin, nikotin kislotasi va boshqa vitaminlarni hosil qiladi. 
O`simlik ildizlariga yaqin tuproqdan biotik moddalar va aminokislotalarni 
mikroblar o`zlashtiradilar. Antibiotiklar ayrim o`simliklarning ildizlarida 
to`plansa, boshqa o`simliklarning tanasi va yaprog’ida to`planadi va uzoq vaqt 
saqlanadi. Mikroorganizmlarning ayrim turlari ildiz chiqindilari bilan oziqlanib, 
ildizlarni chiqindilar ta’siridan asraydi. O`simliklar o`z navbatida rizosfera 
mikroblariga ta’sir etib, ularning tuproqdagi ayrim turlarini saklab qoladi. 
Tuproqda patogen mikroblar ham uchraydi, ular tuproqqa hayvon o`ligi 
chiqindilari, zararlangan oqar suv va turli tashlandiqlar bilan tushadi. Ayrim 
patogen mikroblar (kuydirgi va qoqshol kasalligini qo`zg’atuvchilar) tuproqda 
rivojlanadilar, lekin ko`pchilik patogen mikroblar tuproqda rivojlana olmaydi. 
Natijada ularning kasallik qo`zg’atish qobiliyati yo`qoladi va ular o`ladi. 
Bakteriyalar tuproqda sharoitga qarab har xil uzoqlikda yashaydi. Masalan, sil 
tayoqchasi 5 oydan 2 yilgacha, brutsellalar - 100 kungacha, cho`chqa saramasini 


47 
qo`zg’atuvchi - 166 kungacha, yiring hosil qiluvchi kokklar - 2 oygacha, 
cho`chqa o`lati virusi - 5 kungacha yashaydi. Ammo patogen mikroblarning 
sporalari (kuydirgi, qoqshol, yomon shish, qora son qo`zg’atuvchilarning 
sporalari) tuproqda bir necha o`n yillab yashaydi. Patogen mikroorganizmlar 
bilan zararlangan tuproq ayrim yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi manba 
hisoblanadi. Bunda asosan kuydirgi, qora son, qoqshol, yomon shish 
qo`zg’atuvchilari juda xavfli hisoblanadi. 
CHorvachilikda mollar uchun ferma va suv havzalari quriladigan joylarni 
rejalashtirishda hamda tuproqning mikroorganizmlar bilan ifloslanganligini 
aniqlashda uni mikrobiologik jihatidan tekshirish muhim sanitariya ahamiyatga 
egadir. 
Bakteriologik tekshirish uchun 1-2 sm chuqurlikdan maxsus koshik bilan 
tuproq olinadi va uning mikroblar bilan ifloslanganlik darajasi 1g tuproqdagi 
mikroblarning soni bilan belgilanadi. Tuproqda ichak tayoqchasining titri va 
patogen mikroblarning borligi ham aniqlanadi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish