Mikrobiologiya va virusologiya


-LABORATORIYA MASHG’ULOTI



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/82
Sana22.04.2022
Hajmi1,85 Mb.
#572590
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82
Bog'liq
Mikrobiologiya O\'UM

2-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
 
MAVZU: BIOLOGIK MIKROSKOPNING TUZILISHI. 
 
Mashg’ulot maqsadi: 
Biologik mikroskopning tuzilishi va ishlash usullari 
bilan tanishish . Mikroorganizmlarni fiksasiyalangan va bo`yalgan holda 
tekshirishni organish.
 
Kerakli jihozlar
:
 
mikroskop, buyum oynasi, bakterial ilmoq, spirt lampa, 
to`xtab qolgan suv yoki tish kiri, filtr qog’oz, lyoffler sin’kasi yoki fuksin 
bo`yog’i. 
Ishning borishi:
Mikroorganizmlarni o`rganish uchun har xil tuzilgan 
mikroskoplar ishlatiladi. Hozir oddiy biologik mikroskopdan tashqari, elektron 
mikroskop ham ko`p ishlatiladi. U bakteriyalar hujayrasini 100-200 ming marta 
kattalashtirib ko`rsatadi. 
Deyarli hamma o`rta maktablar laboratoriyasida biologik mikroskop 
ishlatilishi sababli uning tuzilishi ustida qisqacha to`xtalib o`tamiz (1-rasm). 
Shtativ (1) mikroskopning ayrim qismlarini o`rnatish uchun ishlatiladi. Tubus (2)
 
ga tekshiriladigan ob’ektni turli kattalikda ko`rsatadigan okulyar (3) o`rnatilgan. 
Okulyarning ko`rsatish darajasi uning halqasidagi 7x, 10x va 15x belgilar bilan 
ifodalanadi. Tubusning pastki uchiga revol’ver (4)
 
vositasida ob’ektiv (5) 
o`rnatilgan. Ob’ektivlar ustiga 8x, 40x, 90x va 120x ishoralar yozilgan bo`lib,
ular ob’ektivlarning kuchini, ya’ni tekshirilayotgan ob’ektni necha marta katta 
qilib ko`rsatayotganligini ifodalaydi. Mikroskopning necha marta katta qilib 
ko`rsatayotganligini aniqlash uchun, ob’ektivdagi raqam


75 
1 – rasm. Biologik mikroskop (MBI - 1). 
okulyardagi raqamga ko`paytiriladi. Masalan, ob’ektiv 8x, okulyar 15x ga 
teng bo`lsa, ob’ektivning kattaligi shu sonlarni bir-biriga ko`paytirish natijasi (8 
x 15=120) ga teng keladi. Demak, kuzatilayotgan ob’ekt 120 marta katta bo`lib 
ko`rinadi. Kuzatilayotgan ob’ekt mikroskopdagi makrovint (6) yordamida 
topiladi. Tekshirilayotgan ob’ektni aniqroq ko`rish uchun mikrovint (7)
 
ishlatiladi. U juda nozik ishlangan mexanizm bilan bog’liq bo`lganidan uni 
ortiqcha burash yaramaydi. Ikki qavatli stolcha (8) ning ostki qavati shtativga 
mahkam birkitilgan bo`lib, u stolchaning ustki qavati (9)
 
ni tutib turadi.
Stolchaning ustki qavati harakatchan bo`lib, uni o`ngga, chapga, orqaga
va oldinga surish mumkin. Buning uchun stolchaning ikki tomonidagi vintlar 
(10)
 
dan foydalaniladi. Buyum oynasi qo`l bilan oldinga yoki bir chekkaga
surilganida tekshirilayotgan ob’ekt ko`zga chalinmay qolishi mumkin. Shu 
sababli uni qo`l bilan emas, balki stolchani harakatga keltiradigan vintlar bilan 
surib, mikroskop doirasining markaziga keltirish kerak. Abbe kondensori (11)
 
maxsus oynalardan tuzilgan bo`lib, mikroskopga yorug’lik to`plash maqsadida 
ishlatiladi. Kondensor yuqoriga ko`tarilsa, tubusga tushadigan yorug’lik nurining 
kuchi ortadi. Kondensorni harakatga keltirish uchun mikroskop stolchasi ostiga 
o`rnatilgan vint (12)
 
buraladi. Mikroskopdagi oyna (13)
 
yorug’likni o`lchash 
maqsadida qo`llaniladi. Yorug’lik kuchayib ketsa, u holda kondensor ostidagi 
halqacha (14) ga oq yoki havo rang va boshqa tusdagi shisha fil’trlar o`rnatiladi. 
Buyum oynasini siljitmay bir o`rinda saqlash maqsadida oynani mahkamlovchi 
qisqich (15) lar ishlatiladi. 
Mikroorganizmlarni tekshirganda, asosan, 90x yoki 120x li ob’ektivlar 
qo`llaniladi. Bu ob’ektivlar 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish