Mikrobiologiya va virusologiya


immersion yoki  moyli ob’ektiv



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/82
Sana22.04.2022
Hajmi1,85 Mb.
#572590
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
Bog'liq
Mikrobiologiya O\'UM

immersion
yoki 
moyli ob’ektiv 
deyiladi. 90x va 


76 
120x li ob’ektivlarni ishlatish vaqtida tayyorlangan va kuzatilayotgan ob’ektga 
kedr yoki kastorka moyi tomiziladi. So`ngra moy tomchisiga immersion 
ob’ektivning uchi botiriladi. Kondensor yuqoriga surilib oxirigacha ko`tariladi. 
Bu paytda kondensorda to`plangan yorug’likning hammasi moy tomchisi orqali 
o`tib, muhitda tarqalmasdan immersion ob’ektivga boradi. Tekshirilayotgan 
ob’ekt esa juda aniq va ravshan ko`rinadi. 
Quruq sistemada,
ya’ni 8x yoki 40x 
ob’ektivlarda qaralganda moy ishlatilmaydi. Ob’ektiv bilan ob’ekt o`rtasida havo 
bo`shlig’i bo`ladi. Havo bo`shlig’i orqali o`tgan yorug’likning bir qismi 
ob’ektivga bormasdan yo`qoladi. CHunki havoning yorug’lik sindirish 
koeffisienti (n=1,0), buyum oynasining yorug’lik sindirish koeffisienti (n=1,52) 
dan pastroq bo`ladi. Bunda yorug’likning bir qismi yo`qolishi natijasida ob’ekt 
ham yaxshi ko`rinmaydi. SHu sababli immersion sistema qo`llaniladi. Bunda 
moyning yorug’lik sindirish koeffisienti (n=1,515) bilan buyum oynasining 
yorug’lik sindirish koeffisienti (n=1,52) bir-biriga yaqin bo`lishi yorug’likning 
chetga tarqalishiga yo`l qo`ymaydi. Yorug’likning hammasi ob’ektiv ichiga o`tib 
ketadi. 8x li ob’ektiv ishlatilganda kondensor oxirigacha pastga tushirilgan holda 
bo`ladi, 40x li ob’ektiv ishlatilganda esa bir oz yuqoriga ko`tariladi. 
Tekshirish tugallangandan so`ng 90x yoki 120x li ob’ektiv ustidagi kedr 
moyini avval fil’tr qog’oz, so`ngra benzin shimdirilgan mayin latta bilan artib 
olish zarur. Immersion ob’ektivlarni ehtiyotlik bilan ishlatish kerak. 
Ishning borishi:
Mikrоbiоlоgiyaga оid mashg’ulоtlar vaqtida yuqumli 
kasalliklar bilan zararlanmaslik uchun ehtiyotlik bilan ishlash, jumladan, 
mashg’ulоt bоshlashdan оldin va uni tugatgandan so`ng qo`lni sоvunlab yuvish 
hamda bоshqa sanitariya-gigiena qоidalariga amal qilish zarur, aks hоlda 
ko`ngilsiz оqibatlar yuz berishi mumkin. 
Bu mashg’ulotda to`xtab qolgan iflos suvdan yoki tish kiridan bakteriyali 
preparat tayyorlash uchun oddiy buyum oynasi ishlatiladi. U yaxshilab artilib 
sterillanadi. Buning uchun oyna spirt lampa alangasi ustidan 2-3 marta 
o`tkaziladi. So`ngra tekshiriladigan suyuqlikdan sterillangan bakterial ilmoq 
yordamida bir tomchi olib, buyum oynasiga surkaladi, ya’ni mazok tayyorlanadi. 
Mazok quritiladi. So`ngra bakteriyalarni oyna ustida fiksasiyalash maqsadida, 
oyna spirt lampa alangasi ustidan 2-3 marta o`tkaziladi. Tayyorlangan preparat 
ustiga 2-3 tomchi lyoffler sin’kasi yoki fuksin bo`yog’i tomiziladi. Oradan 1-2 
minut o`tgach, bo`yoq yuviladi. Preparat ustidagi suv tomchilari fil’tr qog’ozga 
shimdirib quritiladi. So`ngra mazok ustiga bir tomchi kedr yoki kastorka 
moyidan tomizib, u avval quruq (moyga botirilmagan, 8x li) va keyin immersion 
ob’ektiv orqali tekshiriladi. Preparatda sharsimon, tayoqchasimon, spiralsimon 
va boshqa shakldagi mikroblar borligi aniqlanadi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish