Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet159/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Suvli eritmalar. 2%li safranin: 2g quruq bo’yoqqa 100ml qaynoq distillangan suv quyib, filtrlanadi va shu zahoti bo’yash uchun ishlatiladi.
1%li malaxit yashili eritmasi: 1g kristall holidagi bo’yoq 100ml qaynoq distillangan suvda eritiladi, uni filtrlab, sovutib bo’yash uchun ishlatiladi.
Tayyor suyuq anzur – eozin bo’yogi (Gimza bo’yog’i) bakteriyali preparatlarni maxsus bo’yash usullarida ishlatiladi. Uni ishlatishdan oldin distillangan suv bilan suyultirish kerak (1:10), lekin bunda tezda cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kma preparatga ta’sir qilmasligi uchun, Romanovskiyning tavsiyasiga ko’ra quyidagicha bo’yaladi: Petri kosachasi tubiga shisha tayoqchalar yoki boshchasi olingan gugurt cho’plari qo’yiladi. Ularning ustiga preparat surtmasini pastga qaratib joylashtiriladi va bo’yoq eritmasi preparat ostiga quyiladi (Romanovskiy Gimza usuli).
Nazorat savollari.
1. Mikrobiologiya amaliyotida ishlatiladigan bo’yoqlarni ayting.

  1. Bo’yoqlarning spirtli va suvli eritmalarini tayyorlash texnikasini ayting.



3-mavzu: Preparat tayyorlash texnikasi, oddiy bo’yash usuli. Bakteriyalarni asosiy shakllari.
Mashg’ulotning maqsadi: Bakteriyali preparat tayyorlashni, oddiy bo’yash usulini o’rganish. Bakteriyalarning asosiy shakllarini o’rganish.
Material va jihozlar: Bo’yoqlarning tayyor eritmasi to’plami, immersion moy, distillangan suv, biologik mikroskop, bakteriologik ilmoq, spirt lampasi, buyum oynachalari, filtr qog’oz, kyuvetalar, Petri kosachasi, probirkalarda turli shakldagi bakteriyalarning sof kulturalari. Etil spirit, fenol (kristal holda), gliserin (probirkada), forfor hovoncha to’qmoq bilan, menzurka, etil spirit, ishlatilgan buyum oynachalarini solish uchun maxsus idishda 3-5% li fenol eritmasi, moy qalam. Mavzuga oid ko’rgazmali plakatlar.
Uslubiy ko’rsatmalar
O’qituvchi mavzuni tushuntiradi, talabalar:

  1. Mikrob kulturasidan bakteriyali preparat tayyorlab, oddiy usulda bo’yashadi.

  2. Tayyor preparatni mikroskopda ko’rib, bakteriyalarning shaklini daftarga chizib olishadi.

Bakteriyali preparatlarni tayyorlash
Mikroblarning shaklini, ularning tuzilishi va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash maqsadida mikroskopik tekshirish uchun preparat tayyorlanadi.
Bu jarayon buyum oynalarida surtma tayyorlash, quritish fiksatsiya qilish va bo’yashdan iborat.
Ishlatiladigan buyum oynalari nihoyatga toza va yog’sizlantirilgan bo’lishi kerak. Surtma tayyorlash uchun bakteriologik ilmoq yoki Paster pipetkasi ishlatiladi. Preparat suyuq yoki zich muhitda o’stirilgan mikroblar kulturasi: sut, qon, yiring (surtma), jigar, taloq, yoki boshqa organlar to’qimasi va h.k.lardan quyidagicha tayyorlanadi.
Suyuq muhitda o’stirilgan mikroblar kulturasidan preparat tayyorlash uchun chap qo’lga kulturali probirkani olib, o’ngiga bakterial ilmoq ushlanadi. Ilmoqni spirt lampasi alangasi ustida qizdirib sterillanadi, kichik o’ng barmoq bilan alangaga yaqin tutib probirka ochiladi, ilmoqni suyuqlikka botirib, bir tomchi olinadi, probirkani yopib, shtativga qo’yiladi. Chap qo’lga buyum oynasini olib unga tomiziladi, yengil aylana harakatlar bilan oynachaga surtiladi,so’ng havoda quritiladi, ilmoq alangada qizdirib sterillanadi (yoki Paster pipetkasidan foydalanilsa, dezinfeksiyalovchi eritma-fenolning 5%li eritmasi solingan idishga botirib qo’yiladi).
Quritilgan preparat oynachada qotiriladi (fiksatsiyalanadi). Buning uchun ko’pincha fizikaviy usuli ishlatiladi: ya’ni surtma orqa tomonidan spirt lampa alangasi ustidan 3-4 marta o’tkaziladi. Fiksatsiyalovchi kimyoviy vositalardan –efir, etil yoki metil spirti, formalin, formalin-spirt va spirt-efir aralashmalari qo’llaniladi. Fiksatsiya uchun quritilgan preparat fiksatsiyalovchi suyuqligi bor stakanga solinadi (yoki 1-2 tomchi suyuqlik preparatga tomdiriladi) va 3-5 daqiqa turadi. Surtmani suv bilan yuvib, filtr qog’ozda quritiladi.
Zich muhitda o’sgan kulturalardan surtma tayyorlashda buyum oynasiga bir tomchi steril fiziologik eritma tomiziladi, unga alangada qizdirib sterillangan va sovutilgan bakteriologik ilmoqda probirkadan olingan mikrob kulturasi aralashtiriladi va oyna yuzasiga bir tekis surtiladi.

Mikroorganizmlarni bo’yash uchun oddiy va murakkab usullardan foydalaniladi.
Oddiy bo’yash usuli va texnikasi. Oddiy bo’yash usulida bitta bo’yovchi eritma, ko’pincha Pfeyffer fuksini (1-2 daqiqa bo’yaladi) yoki metilin ko’ki (4-5 daqiqa bo’yaladi), karbolli gensianviolet (1-2daqiqa bo’yaladi) ishlatiladi. Suv bilan yuvib, preparat filtr qog’ozda quritiladi, unga immersion moyi tomdirib mikroskopning 90x obyektivida tekshiriladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish