Mikrobiologiya va immunologiya


Tuberkulyoz mikobakteriyasi turlarini farqlash (tipizasiya)



Download 13,45 Mb.
bet113/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Tuberkulyoz mikobakteriyasi turlarini farqlash (tipizasiya). Mikobakteriyalar oziq muhitlarda o’sish xarakteri va tezligi, morfologiyasi, patogenligi va boshqa xususiyatlari bilan o’zaro farq qiladi.Tuberkulyoz mikobakteriyalarining turini ariqlash uchun ko’pgina usullar taklif etilgan- mikroskopik, kultural, biokimyoviy, biologik va h.k. Ko’pincha biologik usuldan foydalaniladi. Biosinov uchun uchta dengiz cho’chqasi, uchta quyon va zarur bo’lganda uchta tovuqni yuqorida ko’rsatilgan doza va usullarda zararlantiriladi. Quyidagi ma’lumotlar asosida tekshirilayotgan kultura turi aniqlanadi.
1. M.bovis kulturasi dengiz cho’chqalari va quyonlarda umumlashgan tuberkulyoz jarayonini paydo qiladi. 2. M.tuberceulosis – dengiz cho’chqalarida umumlashgan tuberkulyoz jarayonini, quyonlarda esa o’pkasida mahalliy jarayonni paydo qiladi. 3. M.avium- quyonlarda septik jarayonni paydo qiladi, natijada quyon o’ladi. Ba’zan mahalliy jarayon ham bo’lishi mumkin. Dengiz cho’chqalarida faqat mahalliy jarayon, ko’proq kultura yuborilgan joyda abssess paydo bo’ladi. Tovuqlarda esa umumlashgan jarayon paydo bo’ladi.
Serologik diagnoz qo’yishda PR, AR, DPR, KBR, GAR, gemoliz reaksiyalari o’rganilgan. PR va AR hayvonlarda samara bermadi. Faqat tovuqlarda qon tomchili AR usuli ishonchli natijalar bergan.
Komplement bog’lash reaksiyasi tuberkulinga reaksiya bergan hayvonlarni nazoratli so’yishga ajratish uchun qo’shimcha usul sifatida qo’llaniladi. Murakkab aralashma antigen yoki kompleks antigen ishlatiladi
Allergik diagnoz. 1890 yilda R.Kox davolash maqsadida tuberkulinni taklif etdi. Keyin uni diagnostik preparat sifatida qo’llay boshlashdi. Hozirgi vaqtda alttuberkulin va quritib tozalangan tuberkulin – PPD (protein purifiyed derivat) qo’llaniladi. Ular biofabrikalarda ishlab chiqariladi. Diagnostik maqsadda tuberkulin teri orasiga, teri ostiga yuboriladi yoki kon’yunktivaga tomdiriladi.
Qoramol, qo’y, echki, tovuqlarda tuberkulin teri orasiga yuboriladi. Qoramollarning bo’yniga, buzoqlarga ko’krak sohasiga, echkilarga dum osti qatlamiga, qo’ylarga sonining ichki tarafiga, cho’chqalarga quloq tashqi yuzasi asosiga yuboriladi. Tovuqlarga sirg’asiga yuboriladi. Dozasi hayvonlar uchun 0,2 ml, parrandalarga 0,1 ml.
Qoramollarda 72 soatdan, echki, qo’y, cho’chqalarda – 48, parrandalarda 30 – 36 soatdan keyin hisobga olinadi. Qoramollarda teri qatlami qalinligi, normal teriga nisbatan 3 mm va undan ko’p qalinlashsa, natijada ijobiydir.



Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish