Tadqiqot maqsadi: Mamlakatimizda pomidor o‘simligini yuqori darajada kasallantiruvchi fitopatogen virusni ajratish, xuxusiyatlarini o’rganish va uni hayvon organizmiga jo’natib, spetsifik antizardob olish.
Tadqiqot vazifalari:
Mamlakatimizda pomidor o‘simligini yuqori darajada kasallantiruvchi fitopatogen virusni ajratish, xuxusiyatlarini o’rganish;
KXV ini toza preparatini olish;
KXV dan olingan namunani tahlil qilish
Tadqiqotning ob’ekti va predmeti. Ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida mamlakatimizda uchrovchi pomidor o‘simligini kasallantiruvchi KXV dan foydalaniladi. Ilmiy tadqiqot predmeti sifatida esa, madaniy o’simliklar olindi.
Viruslar (lotincha: virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda "Viruslar" termini har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng Viruslar tushunchasi "mikrob" soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi.
Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu ikki guruh agentlari, yaʼni bakteriyalar bilan Viruslar oʻrtasidagi muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy (1892) va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli hayvonlarning oqsil kasali qoʻzgʻatuvchilari bakterial suzgʻich (filtr)dan oʻtishini isbotlagach, aniqlandi.Viruslar tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va oʻsimliklarda har xil ogʻir kasalliklarni paydo qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yoʻl bilan tarqaladi. Koʻpchilik Viruslar yillab tiriklik xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata boshlaydi. Ayrim viruslar (mas., gripp Viruslar) tashqi muhitda oʻz xususiyatini yoʻqotadi. Viruslar qoʻzgʻatadigan kasallikning paydo boʻlishiga koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi mumkin. Mas., bitta poliomiyelit virusi zarrasi (molekulasi)dan bir necha soatda milliardlab Viruslar vujudga keladi.
Viruslarning koʻpayishi sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bogʻliq. Millionlab Viruslar molekulalari yigʻindisi mikroskop ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida koʻrinadi. Kasallik holatini qoʻzgʻatish xususiyati, kasallik qoʻzgʻovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi sunʼiy ozuqali muhitda rivojlanmasligi Viruslarning oʻziga xos xususiyatidir. Faqat baʼzi bakteriofaglar bundan mustasno, ularni lab. sharoitida koʻpaytirish mumkinligi isbotlangan. Lab.da oʻrganish imkoniyati boʻlgan barcha Viruslar har xil fizik usullar bilan birmuncha aniq "oʻlchangan". Ularning diametri 10—300 mkm. Tayoqcha, shar yoki ipsimon shaklda boʻladi. Oʻsimlik va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi koʻpgina Viruslar yumaloq shaklda. Bugʻdoy va beda mozaikasi Viruslar tashqi koʻrinishi bilan bakteriya tayoqchasi yoki oʻqqa oʻxshaydi. Viruslar tuzilishini elektron mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali baʼzi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan. Ularning hammasida ichki modda, asosan nuklein kislotadan iborat boʻlib, u oqsil qobiq bilan oʻralgan. Bir necha tur Viruslarning kimyoviy tarkibi oʻrganilgan, xolos. Vaksinalar Viruslarning tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki kabi murakkab. Uning tarkibida nukleoproteinlar, uglevodlar va lipoidlar bor. Nuklein kislotasi dezvksiriboza shaklida, lipoidlar guruhi esa xolesterol, fosfolipid va neytral moy koʻrinishida uchraydi. Fitopatogen Viruslar tarkibida ribonuklein kislota (RNK), hayvon va odamlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi Viruslarda esa RNK yoki DNK (dezoksiribonuklein kislota) bor. Baʼzi Viruslar tozalangan preparatlar holida olinib, ularning bir qismi toza haqiqiy kristallar (mas., tamaki nekrozining Viruslar), boshqalari esa suyuq kristallar (mas., tamaki mozaikasi Viruslar) yoki shakleiz choʻkmalar hosil qiladi. Viruslarni ajratib olish va tozalash uchun ultratsentrifugalanadi, turli xil fizikkimyoviy usullardan foydalaniladi.
Viruslarning tasnifi (klassifikatsiyasi) va ularni ifodalaydigan belgilar hali qabul qilinmagan. Ularga ham xuddi hayvonlar va oʻsimliklarga beriladigan tur va turkum nomi beriladi, xalq ifodalari, har xil qisqartmalardan foydalaniladi, kasallanuvchi organizmning turkum nomi bilan atalib, yoniga raqam qoʻyiladi yoki viruslar morfologik, kimyoviy xossalari va reproduktiv xususiyatlariga binoan urug va oilalarga birlashtiriladi. Viruslar urugʻining lotincha nomiga virus soʻzi (mas., Enterovirus), oilasi nomiga viridae soʻzi (mas., Poxviridae) qoʻshilib yoziladi.Viruslar organizmga har xil yoʻllar bilan kiradi, mas., Viruslar oʻsimlik hujayralariga chetdan faqat ular shikastlanganida kirishi mumkin. Gripp Viruslar va b.da hujayra qobigʻini buzish xususiyatiga ega boʻlgan fermentlari bor. Viruslar organizmga kirgach, infeksiyanint latent yoki yashirin davri boshlanadi. Koʻpgina Viruslar hujayralarda toʻplanib, hujayra ichida oʻziga xos tarkibiy qismlar hosil qiladi (qarang Virusli granullyoz). Viruslar bilan zararlangan oʻsimliklar, odatda, butun hayoti davomida infeksiya oʻchogʻi boʻlib qoladi.
Viruslar ekologik, biologikva b. omillar taʼsirida vujudga keladigan kuchli oʻzgaruvchanlikka ega. Viruslar tabiatda keng tarqalgan boʻlib, ular juda koʻp xoʻjayinga ega. Asosan, soʻruvchi hasharotlar, kanalar va nematodalar bilan tarqaladi. Baʼzi Viruslar urugʻlar orqali tarqaladi va deyarli barcha Viruslar kasal oʻsimlik jinssiz koʻpaytirilganda avlodga oʻtadi. Viruslarning patologik taʼsiri xilma-xil boʻlib, asosan, ularning koʻpayishidan xoʻjayin organizmida yuz beradigan oqsil va nuklein almashinuvining buzilishi bilan belgilanadi (qarang Virusli kasalliklar).
Viruslarni virusologiya fani oʻrganadi. Oʻsimliklarni himoya qilishq. nazariyasini yaratishda S.N. Lgimuhamedov, N. G. Zaprometov, V. A. Znamenskiy, K.I.Mirpoʻlatov, M.N. Narziqulov, R.O. Olimjonov, T.D.Straxov, V.N.Shchegolev, V.V.Yaxontov va boshqalar ning ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekistonda Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻyicha amaliy tadbirlarni Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklarni himoya qilish markazi rejalashtiradi, uyushtiradi va bajarilishini nazorat qiladi. U.ning huzuridagi Oʻsimliklarni himoya qilishq. st-yalari, kasallik, zararkunandalarning tarqalishi va koʻpayishidan ogohlantirish punktlari (156 ta) da bevosita Oʻsimliklarni himoya qilishq. tadbirlari bajariladi. Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish institutida, oliy oʻquv yurtlari, tajriba st-yalarida shu sohaga oid ilmiy ishlar olib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida Oʻsimliklarni himoya qilishq. sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariyaepidemiologiya xizmati, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va boshqalar davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida" Qonuni (2000-yil 31 avgust) Oʻsimliklarni himoya qilishq.ni taʼminlash, Oʻsimliklarni himoya qilishq. vositalarining inson sogʻligiga, atrof muhitga zararli taʼsirining oldini olish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Kartoshkaning X-virusi (KXV) [R/1:2,2/6:E/E:S/O] kartoshka yetishtiriladigan barcha mamlakatlarda keng tarqalgan bo‘lib, birinchi marta Angliyada (1938) Salamon tomonidan aniqlagan, keyinchalik esa Germaniyada (1964) kengroq o‘rganilgan Bu virus o‘simlik bargida xol-xol mozaika (krapchatost') va oddiy mozaika kabi kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi
KXV poteksviruslar oilasiga mansub bo‘lib, virioni ipsimon ko‘rinishda [8, 56, 109, 108, 110, 131], o‘lchami 515×13 nm ni tashkil etadi. Virionning 6% RNK, 94% esa oqsildan iboratdir. RNK ning m.m. 2,1×106 D, oqsilining m.m. 30×103 D, sedimentasiya koeffisienti esa 118S, Ye2600,1%,1sm≈2,97 ni tashkil etadi. Virusning m.m. 35×106 D ekanligi bir qator mualliflar tomonidan qayd etilgan Virus xona haroratida quruq bargda 250 kundan 1 yilgacha, muzlatilgan bargda esa 4 yilgacha saqlanishi mumkin KXV ning OSD 10-5 - 10-9 gacha, HTFY darajasi esa virus shtammlariga bog‘liq holda 66 – 76°S gacha bo‘ladi
Virus tabiiy sharoitda kontakt usulda yuqishini Smit birinchi (1933) bo‘lib isbotlab bergan [2, 69, 75, 93, 130], ammo oxirgi yillardagi adabiyotlarda virusning tuproq va o‘simlik shirasi (tlya) yordamida tarqalishi haqida ma'lumotlar bor Virus mexanik usulda yuqtirilganda Gomphrena globosa o‘simligi bargida 5-6 kun o‘tgandan so‘ng qizil halqali, Datura stramonium L., D. tatula L. o‘simliklarida 20-22 kundan so‘ng bargda sistemali mozaika, D. metel L. o‘simligida esa yashil mozaika belgilari keltirib chiqaradi KXV ning «X-suroviy» (Xs ), «X-kievskiy» (Xk), «X-pol'skiy» (Xp) «X-xersonskiy» (Xx), «X-razmetiy» (Xr) kabi bir qator shtammlari ajratilgan bo‘lib, ularning ichida eng yuqumlilari Xs va Xp-shtammlari hisoblanadi va bangidevona (Datura stramonium L.) o‘simligida juda daq sistemali kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi. KXV ning Xk va Xp-shtammlari bangidevona o‘simligida aniq mozaika belgilarini namoyon qiladi Gen injeneriya yo‘li bilan KXV genomining birinchi 80 ta nukleotidlarining ketma-ketligi aniqlangan bo‘lib, u quyidagicha:
(m7 GpppG) AAAACTAAACCATAGAGGAGGAAGAGAAGGAAAGG..
GAGGACCACGCCCAATTGTTACACCCGCTTGAGAAAGCAAGTCT….[36].
KXV kartoshka hosildorligini Boudenning fikricha 10% [ 2, 7, 32, 34, 54, 128], Ambrosov va bir qator mualliflar olib borgan tajribalari asosida bu virus hosildorlikni 29,7-59% gacha, tuganak tarkibidagi kraxmalni 2,1% pasaytirishi aniqlangan
1.3. Kartoshka X-virusining toza preparatini olish usullari
Har qanday virusni o‘rganish uning toza preparatini olishdan boshlanadi, chunki o‘simlik hujayrasi komponentlari virusning to‘liq xususiyatlarini o‘rganishga halaqit qiladi [4, 6]. KXV ni tozalashning bir nechta usullari mualliflar [2, 4, 5, 36] tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bu usullar tozalash bosqichlarining turli-tumanligi va olinadigan virus preparatining miqdori hamda tozalik darajasiga qarab bir-biridan farq qiladi. Virus tozalashning dastlabki bosqichi yig‘ilgan virusli namunani gomogenizasiya qilishdan boshlanadi. Bu jarayonda ishlatiladigan bufer turi va uning konsentratsiyasi virusni tozalashda muhim ahamiyat kasb etadi [5, 28, 46]. KXV ni tozalashda to‘plangan virusli namunani gomogenizasiya qilishda rN 7,5 bo‘lgan 0,1M li [5, 44] yoki tarkibida 0,01M li natriy tiosul'fat va 0,01M li EDTA bo‘lgan 0,2M li fosfat buferidan (rN 7,5) [75], ayrim hollarda tarkibida 0,01M li natriy askorbat bo‘lgan 0,02M li natriy borat (rN 8,2) buferidan foydalaniladi [2]. Keyingi bosqich virusni hujayradan chiqarish hamda hujayra devorini to‘liq maydalash bo‘lib, bunda ko‘pchilik hollarda xloroform (1:8)], triton X-100 yoki butanol [41] kabi organik erituvchilardan foydalaniladi va 20 daqiqadan 1 soatgacha aralashtiriladi. Ayrim usullarda virusli namunani gomogenizasiya qilinib to‘rt qavat dokadan o‘tkazilgandan so‘ng, xloroform aralashtirishdan oldin uni 10 ming ayl./daq.da 20 daqiqa sentrifuga qilinadi. Bu o‘z navbatida hujayra komponentlari qoldiqlaridan virusli shirani tozalashga yordam beradi [28]. Tozalashning keyingi bosqichi virusli shirani hujayra komponentlaridan tozalash bo‘lib, bu turli aylanish daqligida sentrifuga qilish orqali amalga oshiriladi. Masalan, Pfankuxe usulida virusli shira 3000 ayl./daq.da, qolgan usullarda esa 10 000 ayl./daq.da 20 daqiqa davomida sentrifuga qilinib, cho‘kma tashlab yuboriladi va virus tutuvchi cho‘kma usti suyuqligi olinadi. Undan keyingi bosqich virus konsentratsiyasini oshirish bo‘lib, bu turli tuzlar, 4% li PEG va NaCl [5], 25% li sul'fat ammoniy yordamida yoki IEN [2], ya'ni rN 4,0 da cho‘ktirish orqali [5, 13], ayrim hollarda 5 ml qalinlikdagi 10mM li tris-HCl va 1mM li EDTA (rN 8,0) da tayyorlangan 30% li saxaroza qatlamidan R30 (Beckman) rotorining probirkasida 3 soat 27 000 ayl./daq.da sentrifuga qilish orqali amalga oshriladi [75]. Ko‘pgina hollarda virus konsentratsiyasini oshirishda PEG va NaCl (4%) yoki ammoniy sul'fat (25%) kabi tuzlar solib eritilgandan so‘ng 1 soat, IEN da cho‘ktirishda esa, virusli suyuqlikning rN 4,0 ga to‘g‘rilanib 5-10 daqiqa sovutgichda saqlanadi va 9-10 ming ayl./daq.da 20-30 daqiqa sentrifuga qilinib cho‘kma olinadi [2, 89]. Virusni IEN da cho‘ktirilganda yoki saxaroza yostiqchasidan o‘tkazilganda ham xudi yuqoridagi singari cho‘kma olinib, ChUS tashlab yuboriladi
Keyingi bosqich virusni ekstraksiya qilish bo‘lib, bunda cho‘kma 0,05M li (rN 7,5) (1:10), 0,3mM li fosfat buferida yoki 10mM li tris-NSl va 1mM li EDTA yordamida (1:10) eritiladi [12, 89], ayrim hollarda kechasiga sovutgichda +4°S da qoldiriladi. Sovutgichdan olingan virusli eritma 35 000 ayl./daq.da 1,5-2 soat sentrifuga qilinib, virus tozalanadi yoki 10-15 ming ayl./daq.da 15-20 daqiqa sentrifuga qilingandan so‘ng 15 soat davomida dializ qilinib tozalanadi [2, 44]. Boshqa usulda esa ChUS 3% li granulalangan agar gelida gel'fil'tratsiya qilinib KXV ning tozalangan preparati olinadi Gel'filtratsiya usuli boshqa usullar ichida viruslarni tozalashning kam xarajat ketadigan, ishonchli va yumshoq usul ekanligi bilan bir qator afzalliklarga ega. Bu usulda moddalarning ajralishi, ularning molekulyar og‘irligi va o‘lchamiga asoslangan bo‘lib, usul oqsillar, viruslar, gormonlar, antibiotiklar, lipidlar va boshqa biopolimerlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi Virus tozalashda turli konsentratsiyadagi agar-agar geli ishlatilgan bo‘lib, ularning ichida 1-3% li eritmasidan tayyorlangan gellar viruslarni tozalashda va aralash viruslarni ajratishda yaxshi samara beradi Gel'da agar-agar miqdori oshgan sayin poralar o‘lchami kichrayib boradi Bir qator mualliflar gel'fil'tratsiya usulidan foydalanib toza virus preparatini olishga erishgan, ammo ular kolonkani to‘ldirishda granulalangan agar gelidan hamda uzunligi 80 sm dan kam bo‘lmagan kolonkalardan foydalanib tozalash ishlari olib borgan. Bu usulda kolonkaga joylanadigan modda ya'ni kolonka matriksining turi moddalarni ajratishda muhim hisoblanadi. Bugungi kungacha gel'fil'taratsiya uchun dekstranli gellar (sefadeks), poliakrilamid geli (biogel R), agar va agarozadan (sefaroza, segaroza, biogel' A), oxirgi paytlarda esa har xil porali mayda shisha donalari va boshqalardan foydalanilib kelinmoqda [34]. Bu moddalar bir-biridan moddalarning ajratish chegarasi bilan farq qilib, asosan ajratiladigan modda m.m.ga qarab tanlab olinadi. Masalan, sefadeksning G-200 turi 200 kD m.m.gacha bo‘lgan, agar-agar esa 1000 kD gacha bo‘lgan makromolekulalarni ajratadi
Mualliflarning [12, 34, 60] ma'lumotiga qaraganda organik erituvchilar bilan ishlov berilib bir necha marta sentrifuga qilinib, tuz bilan konsentrlangan virus preparatida 50-60 kD m.m.gacha bo‘lgan makromolekulalar qolishini isbotlar bergan. Bundan ko‘rinib turibdiki sefadeks va agar-agar gellarini birga joylanishi kalta o‘lchamli kolonkada ham toza virus preparatini olish imkoniyatini beradi. Bunda kolonkaning yuforidagi ya'ni sefadeksdan iborat bo‘lgan qismi 200 kD m.m.gacha bo‘lgan moddalarni ushlab qolish undan yiriklarini o‘tkazib yuboradi, kolonkaning agar-agardan iborat bo‘lgan qismi esa 1000 kD m.m.gacha bo‘lgan makromolekulalarni ushlab qolib undan yiriklarini o‘tkazib yuboradi. Bizga ma'lumki KXV ning m.m.si 35 000 kD ni tashkil etib, u har ikkala qavatdan ham hech qanday to‘siqsiz o‘tib ketadi va dastlabki fraksiyalarda fil'trlanib chiqadi
Bu usulda moddalarning bo‘linishi quyidagi prinsipga asoslanadi: kolonkadan moddalar o‘tganda faqatgina fil'trlanmasdan, balki molekulyar og‘irligi, o‘lchami va shakliga qarab ajraladi. Shuning uchun yuvuvchi suyuqlik (elyuent) miqdori o‘rganilayotgan modda o‘lchami va shakliga bog‘liq bo‘ladi. Agar gel' ustiga yirik va kichik m.m.ga ega bo‘lgan moddalar aralashtirib solinsa, turli o‘lchamdagi molekulalar gel'ni elyuent bilan yuvilish jarayonida fraksiyalarga ajraladi. Bir qator yirik molekulalar oldinda, ya'ni kolonkaning erkin hajmi orqali harakatlansa, undan so‘ng esa kichik o‘lchamdagi moddalar harakatlanadi. Shuning uchun har bir molekula gel' poralari orasiga kirib, har xil tezlikda harakatlanadi va bo‘linib, kolonkani yuvuvchi elyuentining turli fraksiyalarida molekulyar massaning kamayishi tartibida yuvilib chiqadi.
XULOSALAR
O’simliklarni turli virusli kasalliklardan himoyalash bu degani insoniyatni sifatli va foydali oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdir. Aholi sonining ortishi barobarida oziq ovqat tantisligi avj olmoqda. Bunday muammoning yva ularning mahsulotlari bilan qondiriladi.echi esa faqat o’simnliklar
Sabzavotlar orasida aholi iste’mol qiladigan mineral moddalar vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadigan pomidor mahsulotlari aloxida o‘rin egallaydi. Uning mevalari yangi uzilgan, saqlangan va qayta ishlangan holda iste’mol qilinadi. Hozirgi vaqtda mavsumda yetishtirilgin pomidor mevalarini saqlab va qayta ishlab, yetishtirish mavsumidan tashqari davrda ham aholiga yetkazib berish muhim masaladir. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatda sabzavot va mevalarni yetishtirish hajmi keskin ko‘paytirilmoqda. Bu esa qayta ishlash sohasi xodimlari oldiga uni sifatli saqlash va nobud qilmay qayta ishlashni tashkil etish vazifalarini yuklaydi.
Pomidor mevalari yil bo‘yi iste’mol qilinadi, yangi uzilgan va qayta ishlangan holda iste’molga yetkaziladi. Pomidor hosilining 50% i qayta ishlanadi. Pomidor mevasi to‘yimli, mazali va shifobaxsh xususiyatlarga ega. O‘zbekistonda ilg‘or xo‘jaliklar inson hayoti uchun zarur bo‘lgan ushbu sabzavotdan juda yuqori hosil olmoqdalar.
Inson ehtiyojlari uchun antikorlarni olish hayvonlarni immunizatsiya qilishdan boshlanadi. Immunitet reaktsiyasi stimulyatorlari ishtirokida antigenni bir necha marta in'ektsiya qilgandan so'ng, qon zardobida o'ziga xos antitanalar to'planadi. Bunday antitanalar immun deyiladi. Immun zardoblarida antitanalarning standart preparatlarini olish ancha qiyin, chunki ularning tarkibi hayvon turiga, uning individual xususiyatlariga, immunizatsiya sikliga va boshqa kam nazorat qilinadigan omillarga bog'liq. Immunokimyoviy tadqiqotlar o'tkazishda "antigen-antikor" printsipiga ko'ra tor o'ziga xos tarzda o'zaro ta'sir qiluvchi antikorlar qo'llaniladi. Bunday tahlilni o'tkazish uchun mutlaqo bir xil antikorlar talab qilinadi.
KXV virusi turli madaniy o’simliklarganing morfo-fiziologiyasiga yuqori darajada ta’sir qilib ularning hosildorligi keskin kamayib ketishiga olib kelmoqda. Shunday bo’lishiga qaramasdan virusga chidamli navlar ustida ishlar olib borilmoqda. Yaqin kelajakda amoliyotga joriy etiladigan navlar ham to’yimli ham kasalliklarga chidamli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |