Jalolova sadoqat



Download 16,75 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi16,75 Kb.
#211985
Bog'liq
yakuniy imj


222-guruh talabasi

JALOLOVA SADOQAT

Жаҳон ахборот тизимидаги таҳдидларга қарши туриш

Jamiyatda axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarning kengayishi bilan bir qatorda, mamlakatimizda ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangi ijtimoiy munosabatlar — axborot xavfsizligini taʼminlash dolzarb masalalardan biriga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi” davlat muassasasi O’zbekiston Respublikasining Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to’g’risida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi huzurida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlar to’g’risida” 2013-yil 16-sentyabrdagi 250-sonli qarorlariga muvofiq tashkil qilingan.

Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi kompyuter hodisalari bo’yicha axborotni yig’ish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini taʼminlashga texnik va konsultativ yordam berish bo’yicha O’zbekistonda yagona davlat muassasasi hisoblanadi.

“Axborot xavfsizligiga tahdid manbalari tasodifiy va oldindan ko’zlangan bo’lishi mumkin” . Dastur taʼminotidagi kamchiliklar, texnik vositalarning nosozligi, malakaning yetishmasligi yoki foydalanuvchining xatolari tasodifiy tahdidlar hisoblanadi. Oldindan ko’zlangan tahdidlar esa axborot zahiralariga zarar yetkazish maqsadida atayin amalga oshiriladi. Ular faol(aktiv) va nofaol(passiv) bo’ladi. Nofaol tahdidlarga axborot zahiralaridan ularning vazifalariga taʼsir ko’rsatmagan holda ruxsat berilmagan foydalanishga bo’lgan intilishlar kiradi. Texnik va dastur vositalariga, axborot zahiralariga taʼsir qilish yo’li bilan tizimning mo’tadil faoliyatini buzishga qaratilgan tahdidlar faol hisoblanadi.

Tajribadan maʼlumki, xavfni bartaraf etishning eng oson yo’li, shu xavfni oldindan aniqlab, unga qarshi ehtiyot choralarini qo’llash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, axborot xavfsizligini taʼminlash borasida ham sohaga nisbatan potensial tahdid manbalarini aniqlash va himoya choralarini qo’llash birlamchi vazifalardan hisoblanadi.

Axborot xavfsizligiga tahdid manbalari ichki va tashqi manbalarga bo’linadi. Mutaxassislarning eʼtirof etishicha, axborot xavfsizligining dolzarb muammoga aylanishiga asosan tashqi manbalar sabab bo’lgan. Chunki, bugun zamonaviy dunyoga egalik qilish uchun kurashning asosiy vositasi sifatida axborot tilga olinmoqda. Bunday vaziyatda axborot texnologiyalari va axborot boshqaruvi yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlar o’zidagi bu ustunlikdan ijtimoiy ongga taʼsir ko’rsatish yo’lida foydalanishdan tom maʼnoda manfaatdor hisoblanadi.

Axborot xavfsizligiga tahdidning tashqi manbalari:

— chet el josuslik va maxsus xizmatlarining faoliyati;

— chet el ommaviy axborot va global kommunikatsiya vositalari;

— xalqaro guruhlar, tuzilmalar va alohida shaxslarning noqonuniy harakatlari;

— axborot tarqatish va foydalanish bo’yicha xorijiy davlatlar siyosatining amalga oshirilishi

— tabiiy ofatlar va fojealar.

Axborot xavfsizligiga tahdidning ichki manbalari:

— siyosiy, iqtisodiy va jamoat tashkilotlarining, alohida shaxslar va guruhlarning axborot to’plash, tarqatish va foydalanish sohasidagi noqonuniy faoliyatlari;

— axborot sohasida fuqarolar va tashkilotlar huquqlarining buzilishiga olib keluvchi davlat tizimlarining qonuniy harakatlari va ko’zda tutilmagan xatolari;

— axborot tizimlarining dasturiy-texnik vositalarining bazaviy texnologiyalarini yaratish, sinash va ishlab chiqarish bo’yicha mahalliy sanoatning talab darajasida emasligi.

Axborot makonining vujudga kelishi nafaqat uni bo’lib olish, balki unda kechayotgan jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishni hoxlovchi tomonlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Bu guruhlarning kurash vositasi ham aynan axborot qurolidir. Tahlilchilar axborot quroli deganda odamlarga ruhiy taʼsir ko’rsatadigan va ularning ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi vositalarni, kompyuter viruslarini, mantiqiy bomba, telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot almashinuvini bostiruvchi moslamalarni, davlat va harbiy sohalarni boshqarishda axborotlarni soxtalashtirish kabi harakatlarni nazarda tutishadi.

Axborot xavfsizligiga nisbatan tahdidlarning asosiy taʼsir vositasi bir martalik tashviqot aksiyalari, uzoq muddatli targ’ibot kampaniyalari, mafkuraviy tazyiq, madaniy ekspansiya, axborot blokadasi kabi ruhiy-informatsion taʼsir vositalari hisoblanadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvining kuchayishi ulardan global axborot maydonida o’z imijini yaratishni talab qilmoqda. Chunki globallashuv inson hayotini qanchalik shiddatkor qilmasin, har bir millatning o’ziga xosligi, milliy qadriyat va anʼanalariga sodiqligi, umuman, uning millat sifatida o’zligini saqlab qolishiga jiddiy tahdid solmoqda. Shuning uchun ham axborot xavfsizligini taʼminlash muammolari bugun nafaqat rivojlanayotgan, balki dunyoning yetakchi davlatlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xo’sh, axborot xavfsizligi nima? O’zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi qonuniga muvofiq “subyektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog’liq faoliyat sohasi — axborot sohasidir”, hamda “axborotni muhofaza etish — axborot borasidagi xavfsizlikka taxdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari”.



Internetda ishlaganda veb-ilovalar xavfsizligi dolzarb masala hisoblanadi. Veb-sayt yoki veb-ilovalardan foydalanib, interaktiv xizmatlar taqdim etilgan vaqtda mazkur veb-saytlar juda zaif boʻlib qoladi. Veb-sayt ishlab chiqilayotganda uning axborot xavfsizligini taʼminlash masalasi ikkinchi darajadagi masala boʻlib qolmoqda va ishlab chiquvchilar WEB 2.0. texnologiyasidan foydalanib, foydalanuvchilarga qulaylik yaratishga va veb-saytning tashqi koʻrinishiga koʻproq eʼtibor qaratmoqdalar. Koʻpgina tashkilotlar veb-saytlarni axborot xavfsizligi boʻyicha tekshirish masalasi qanchalik muhim ekanligini hali ham tushunmaydi. Veb-saytlarni zaifliklar va xavflar boʻyicha tekshirish Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan sxema asosida amalga oshiriladi. Ushbu tekshiruvlar doirasida veb-saytning xakerlik hujumlariga dosh bera olish qobiliyati oʻrganib chiqiladi. Agar veb-saytlar 1C-Bitrix, NetCat, WordPress, Joomla, Drupal kabi mashhur veb-sayt boshqaruv tizimlari orqali ishlab chiqilgan boʻlsa, mazkur tizimlar ham qoʻshimcha tarzda tekshiruvdan oʻtkaziladi. Oʻtkazilgan tekshiruv natijalari, veb-saytda aniqlangan xavflar va zaifliklar hamda ularni bartaraf etish yoʻllari toʻgʻrisidagi hisobot buyurtmachiga taqdim etiladi. Ushbu xizmat kelishuv asosida amalga oshiriladi va turli omillarga koʻra alohida hisob-kitob qilinadi. Albatta OAV sayti doimiy ravishda faoliyati yuritishi va xavfsizligining taʼminlanishi yuzasida tahririyat rahbariyati boxabar boʻlib turishi lozim.
Download 16,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish