O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
“MIKROBIOLOGIYA VA BIOTEXNOLOGIYA” KAFEDRASI
1-kurs magistranti
Adiyeva Saida Xasanovnaning tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: “Kartoshka X virusining o’simlik ba’zi morfo-fiziologik xususiyatlariga ta’sirini o’rganish.”
Kurs ishi rahbari: Normurodova Qunduz Tog’ayevna
Bajardi: Adiyeva Saida Xasanovna
Toshkent - 2022
MUNDARIJA
Kirish..........................................................................................................................
I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI...........................................................................
II BOB. ADABIYOTLAR SHARHI..........................................................................
Fitopatogen viruslarning o‘simliklar morfo-fiziologik xususiyatlariga ta’siri..
O‘simliklarning infeksiyadan himoyalanish mexanizmlari…………………..
Kartoshka X virusi va uning biologik xarakteristikasi……………………….
KXVning o‘simlik fiziologik xususiyatlariga ta’sirini o‘rganishi……………
III BOB. XULOSALAR..............................................................................................
FOYDALANIlGAN ADABIYOTLAR....................................................................
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi paytda butun dunyoda hal qilinishi kerak bo’lgan muhim masalalardan biri dunyo aholisini sifatli oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlashdan iborat. Pomidor o’simligi dunyo bo’yicha juda ko’plab mamlakatlarda yetishtiriladi.
Qadimdan pomidorni “jannat olmalari” deb ataganlar. Darxaqiqat, pomidor o’zining ajoyib ta’mi, mazasi, dorivorlik va ozuqaviy xossalari tufayli bu nomga ega bo’lgan. Inson hayoti davomida tanovvul qiladigan oziq-ovqatlar orasida sabzavot va poliz ekinlarining o`rni beqiyos bo`lib, ulardagi vitaminlar odam organizmi uchun juda muhim hisoblanadi. Pomidor mevasi tarkibida bundan tashqari likopen moddasi mavjud bo’lib, bu bir qator a’zolardagi xavfli o’sma kasalliklarini 30% gacha oldini olishi aniqlangan.Bunda pomidor ko’p istemol qiladigan mamlakatlardagi qaraganda saraton kasalliklari kam uchraydi.
Sabzavotlar orasida aholi iste’mol qiladigan mineral moddalar vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadigan pomidor mahsulotlari aloxida o‘rin egallaydi. Uning mevalari yangi uzilgan, saqlangan va qayta ishlangan holda iste’mol qilinadi. Hozirgi vaqtda mavsumda yetishtirilgin pomidor mevalarini saqlab va qayta ishlab, yetishtirish mavsumidan tashqari davrda ham aholiga yetkazib berish muhim masaladir. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatda sabzavot va mevalarni yetishtirish hajmi keskin ko‘paytirilmoqda. Bu esa qayta ishlash sohasi xodimlari oldiga uni sifatli saqlash va nobud qilmay qayta ishlashni tashkil etish vazifalarini yuklaydi.
Pomidor mevalari yil bo‘yi iste’mol qilinadi, yangi uzilgan va qayta ishlangan holda iste’molga yetkaziladi. Pomidor hosilining 50% i qayta ishlanadi. Pomidor mevasi to‘yimli, mazali va shifobaxsh xususiyatlarga ega. O‘zbekistonda ilg‘or xo‘jaliklar inson hayoti uchun zarur bo‘lgan ushbu sabzavotdan juda yuqori hosil olmoqdalar. So`ngi yillarda pomidordan 850 ming tonna hosil yetishtirilmoqda. B.A.Rubinning ma’lumotlariga ko‘ra pomidor tarkibida o‘rta hisobda quyidagilar:quruq modda - 6,0-9,0%; uglevodlar (sellyulozasiz) -3,99%, oqsil-0,95%; yog‘lar-0,19%; sellyuloza - 0,84%; kul moddasi -0,61%; 1 kg da 215 kkal energiya mavjud. Pishgan mevalar tarkibida 0,5% atrofida olma va limon kislotalar, shuningdek, C, A, V va V2 vitaminlari ham ko‘p. Yana uning tarkibida kaliy, natriy, kalsiy, fosfor, temir, oltingugurt, kremniy, xlor va boshqalar bor. Pomidor yer yuzining xamma joyida yetishtiriladi. Dunyo bo‘yicha 50 mln.tonna atrofida pomidor yetishtiriladi. AQSH -6,1-6,3 mln tonna, MDH 4.7-4.8 mln tonna, Xitoy 4.1-4.2 mln tonna, Italiya 4.0-4.1 mln tonna, Turkiya 3.5-3.7 mln tonna, Misr 2.6-2.8 mln tonna, Ispaniya 2.1-2.3 mln tonna yetishtiradi. Ular eng ko‘p pomidor yetishtiruvchi mamlakatlar hisoblanadi. MDX davlatlarida uning ekin maydoni 2 mln 500 ming gektarni umumiy maydoni esa sabzavot ekinlari maydonining 24% ni, hosilini yangi sabzavot hosilining 27,4% ini tashkil etadi. Eng katta pomidor maydonlari Ukraina hamda Rossiyaning janubiga (35-36% dan), Moldaviyaga (8.4%), O‘zbekistonga (6.5%) hamda Ozarbayjonga (5%) to‘g‘ri keladi.
Hozirgi paytda pomidorning virus kasalliklari о‘tgan asrlardayoq aniqlangan bо‘lib, ular soni hozirgi kunda 100 ga yaqinlashdi. Pomidor tamaki mozaikasi virusi (tobacco mosaic virus – tobamovirus) keng tarqalganligi ma’lum bо‘ldi.
Pomidor o`simligini KXV bilan bir qatorda, kartoshkaning Y virusi (potato virus Y – potyvirus), bodring mozaikasi virusi (cucumber mosaic virus-cucumovirus), beda mozaikasi virusi (alfalfa mosaic virus) kabilar bilan ham kasallanishi aniqlangan.
Inson ehtiyojlari uchun antikorlarni olish hayvonlarni immunizatsiya qilishdan boshlanadi. Immunitet reaktsiyasi stimulyatorlari ishtirokida antigenni bir necha marta in'ektsiya qilgandan so'ng, qon zardobida o'ziga xos antitanalar to'planadi. Bunday antitanalar immun deyiladi. Immun zardoblarida antitanalarning standart preparatlarini olish ancha qiyin, chunki ularning tarkibi hayvon turiga, uning individual xususiyatlariga, immunizatsiya sikliga va boshqa kam nazorat qilinadigan omillarga bog'liq. Immunokimyoviy tadqiqotlar o'tkazishda "antigen-antikor" printsipiga ko'ra tor o'ziga xos tarzda o'zaro ta'sir qiluvchi antikorlar qo'llaniladi. Bunday tahlilni o'tkazish uchun mutlaqo bir xil antikorlar talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |