Biologik usullar. Bunda kemiruvchilar uchun patogen bakteriyalar kulturalaridan foydalaniladi. Bakteriyalar kalamush va sichqonlarda tez orada o‘limga sabab bo‘luvchi tifsimon kasalliklar (epizotiyalar)ni qo‘zg‘atadi. Bu qo‘zg‘atuvchilar odamlar va uy hayvonlari uchun zararsiz bo‘lishi zarur.
3. Immunoprofilaktika.
Immunoprofilaktika – bu immun preparatlar yuborish yo‘li bilan inson organizmini himoyalashdir. Immunoprofilaktika maqsadida ishlatiladigan preparatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) sun’iy faol immunitet hosil qiladigan preparatlar;
2) faol bo‘lmagan immunitet hosil qiladigan preparatlar;
3) qo‘zg‘atuvchining o‘sish va ko‘payishini to‘xtatuvchi preparatlar.
Birinchi guruh preparatlarga vaksinalar va anatoksinlar kiradi.
V a k s i n a l a r – faol immunitet hosil qilish maqsadida ishlatiladigan preparatlardir. Bu nom sigir (vacca – sigir)dan yuqumli material olib, undan chinchechakka qarshi vaksina yaratishda foydalangan ingliz olimi Eduard Jenner sharafiga berilgan. Bu preparatlar yordamida immunizatsiya qilish – vaksinatsiya deyiladi. Vaksinalar maxsus tanlab olingan mikroorganizmlar shtammlaridan tayyorlanadi. Bu shtammlar birinchi navbatda to‘liq immunogen xususiyatiga ega bo‘lmog‘i va odam organizmida yetarli miqdorda antitelolar hosil bo‘lishini ta’minlashi lozim.
Vaksinalar 2 xil bo‘ladi: tirik va o‘lik.
O`lik vaksinalar. Bu turdagi vaksinalar virulentligi pasaytirilgan, ammo immunogenlik xossalarini saqlab qolgan maxsus olingan mikroorganizm (bakteriyalar, viruslar)lar shtammlaridan tayyorlanadi. O`lik vaksinalar uzoq muddatli immunitet hosil qiladi. Chinchechakka qarshi vaksinaning ommaviy qo‘llanilishi natijasida 1979-yillarga kelib bu kasallik butun dunyoda batamom tugatildi. Bugungi kunda tirik vaksinalar qator virusli, rikketsioz va bakterial infeksiyalar profilaktikasida qo‘llanilmoqda. Bunday vaksinalarga quturish (antirabik vaksina), sil (BSJ), tularemiya, poliomiyelit, qizamiq, epidemik parotit va boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalar kiradi.
O‘lik vaksinalar. Bular natriy xlorid eritmasidagi o‘lik mikroorganizmlar suspenziyasidir. Ular maksimal immunogen xossalarga ega bo‘lgan mikroblar turlaridan tayyorlanadi. Vaksinalar har xil usullar yordamida faolsizlantiriladi. Bular yuqori harorat, ultrabinafsha nurlar, ultratovush, kimyoviy moddalar (fenol, formalin, sðirt, aseton va b.)dir. O`lik vaksinalarga nisbatan o‘lik vaksinalar ham immunogenlikka ega. O‘lik vaksinalarga ko‘kyo‘tal (AKDS vaksinasi komðonenti), qorin tifi, vabo, leptospiroz va boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalar kiradi.
A n a t o k s i n l a r – formalin va issiqlikning uzoq ta’siri natijasida yuqumsizlantirilgan toksinlardir. Anatoksin (ana – teskari, orqaga) tayyorlash uchun toksinga ozroq miqdorda 0,3–0,4% formalin qo‘shiladi va 30–32 kun davomida 37°C haroratda saqlanadi. Natijada toksin zaharliligini yo‘qotadi, lekin immunogen xossalarini saqlab qoladi. Anatoksinni ishlatganda uzoq muddatli anatoksik immunitet hosil bo‘ladi. Bugungi kunda tozalangan va adsorblangan anatoksinlar qo‘llanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |