Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi biotexnologiya mutaxassisligi


Ferment preparatlari. Infuzion terapiya



Download 58,95 Kb.
bet17/19
Sana13.02.2022
Hajmi58,95 Kb.
#446997
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Ilmiy seminar mustaqil ish (2)

6. Ferment preparatlari. Infuzion terapiya.
Ferment preparatlar. Hozirgi vaqtda ferment preparatlar sifatida proteolitiklar (tripsin, ximotripsin) keng qo‘llanilmoqda. Ular orasida fibrinolitiklar (fibrinolizin, streptodekaza), depolimerizatorlar (ribonukleaza, dezoksiribonukleaza), gialuron kislota quyuqligini yo‘qotuvchilar (lidaza, ronidaza) ham ma’lum. Bundan tashqari, proteoliz (kontrikal, trasilol) va fibrinoliz (aminokapron kislota) ingibitorlari paydo bo‘ldi. Bu preparatlar orqali bu jarayonlarga aralashish va ularni boshqarish imkoniyati yaratildi, bu esa organizmda buzilgan gomeostaz holatini tiklash uchun yordam beradi. Tripsin va ximotripsin o‘rinbosar maqsadida va sekretlarni suyultirish bilan nafas yo‘llarida ajralgan ajratmalarning tez va yengil ajralib chiqishini ta’minlash maqsadida ishlatiladi. Ular ehtiyotkorlik bilan ishlatilmasa ovoz boylamlari funksiyasi buzilishi (xirillashi) va milklar zararlanishi mumkin. Fibrinolizin, ayniqsa geparin qonning ivish xususiyati oshgan holda tomirlar ichida qonning ivish (DVS sindrom) xavfi tug‘ilganda qo‘llaniladi. Fibrinolizin streptodekaza sepsisda (ayniqsa streptokokkli) mumkin emas. Lidaza va ronidaza qo‘llanilishining cheklanganligiga asosiy sabab, infeksion jarayon tarqalib ketish xavfining mavjudligidir. Keyingi yillarda sitoxrom S ni qator infeksiyalar (masalan, virusli gepatitlar) ni davolashda (to‘qimalarda nafas olishni yaxshilash uchun) ishlatishga intilishlar qilinmoqda. Kontrikal va uning analoglari jigarning o‘tkir massiv nekrozida umumiy davo kompleksi bilan birga ishlatilmoqda. Aminokapron kislota antiallergik xususiyatga ega bo‘lib, jigarning antitoksik funksiyasini oshiradi, mikrogemodinamikani va buyrakda qon oqimini yaxshilaydi, bularning hammasi organizm detoksikatsiyasini ta’minlaydi. Yuqumli kasalliklar amaliyotida ferment preparatlarni qo‘llash uchun ko‘rsatmalar quyidagilar: gastrointestinal bezlar sekretsiyasining buzilishi bilan kechadigan o‘tkir va surunkali oshqozonichak sistemasi hamda jigar, oshqozon osti bezi va ichak kasalliklari bilan bog‘liq o‘zgarishlar (pankreatin, oraza, abomin, festal, digestal, panzinorm, mezim, solizim, enzistal, pankurmen). Ko‘pgina preparatlar yuqori faol enzimlar (lipaza, amilaza, tripsin, ximotripsin) va boshqa komponentlarga ega bo‘lib, ular yog‘, uglevod, polipeptid va oqsillarning normal hazm bo‘lishini ta’minlaydi.
Eubiotiklar. Infeksiyalarni davolashda antibiotiklarning keng qo‘llanilishi u yoki bu darajada disbakteriozga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ichak mikroflorasini tiklashda bakterial preparatlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ular orasida kolibakterin, bifidumbakterin va laktobakterin alohida o‘rin tutadi. Bu preparatlarning hammasi mohiyatiga ko‘ra, ichak mikroflorasining tabiiy vakillaridir, shuning uchun ular eubiotiklar deb ataladi.
Laktobakterin bolalar va kattalarga turli xil etiologiyali surunkali kolitlar va antibiotiklar ta’sirida yuzaga kelgan disbakteriozlarda tayinlanadi. Uni nospetsifik yarali kolit va dizenteriyadan keyin rekonvalessentlarda vitaminlar bilan birga qo‘llagan ma’qul. Ovqatdan 40 minut–1 soat oldin qabul qilinadi. Preparatni qabul qilish uchun monelik qiladigan holatlar aniqlanmagan.

Download 58,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish