Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi biotexnologiya mutaxassisligi


Kimyoterapiya( Antibiotiklar, Sulfanilamid preparatalar, viruslarga qarshi preparatlar.)



Download 58,95 Kb.
bet14/19
Sana13.02.2022
Hajmi58,95 Kb.
#446997
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Ilmiy seminar mustaqil ish (2)

5. Kimyoterapiya( Antibiotiklar, Sulfanilamid preparatalar, viruslarga qarshi preparatlar.)
Antibiotiklar. Yuqumli kasalliklarni davolashda antibiotiklar (anti – qarshi, bios – hayot) ishlatila boshlangandan keyin o‘lim hollari keskin kamaydi, kasallikning muddati qisqardi va asoratlar kam uchraydigan bo‘ldi. Antibiotiklar bemor organizmiga turli yo‘llar bilan kiritiladi (mushak orasiga, vena ichiga, og‘iz orqali, seroz bo‘shliqlarga va hokazo). Penitsillin preparatiga pnevmokokklar, streptokokklar va meningokokklar juda sezgir. Bu guruh preparatlari kuydirgi, difteriya, qaytalama tif, leptospiroz hamda ayrim anaerob infeksiyalarda ham katta samara beradi. Yuqumli kasalliklar klinikasida penitsillin (penitsillinning natriyli va kaliyli tuzlari) va yarim sintetik penitsillin (ampitsillin, oksasillin va b.) preparatlari qo‘llaniladi. Penitsillindan keyin amaliyotga aminoglikozid – streptomitsin kirib keldi va qo‘llanila boshladi. Keyinchalik monomitsin, neomitsin, kanamitsin preparatlari paydo bo‘ldi. Ular sil, o‘lat va tularemiya qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan foydalidir. Ularning oto-va nekrotoksik ta’sirga ega ekanligini hisobga olish zarur. Makrolidlar guruhi brusellyoz, difteriya, rikketsioz va yiringli infeksiyalarni davolashda ishlatiladi. Tetrasiklinlar guruhi (tetrasiklin, xlortetrasiklin va oksitetrasiklin) va ayrim yarim sintetik hosilalar (morfosiklin, metasiklin, doksasiklin va b.) vabo, dizenteriya, toshmali tif, rikketsiozlar va brusellyozda ishlatiladi. Ular iyersinioz, kuydirgi, ko‘kyo‘tal, leptospiroz va boshqa kasalliklarda ham samarali preparatlar bo‘lib hisoblanadi. Levomitsetinning paydo bo‘lishi qorin tifi, salmonelloz, dizenteriya, rikketsioz, brusellyoz va boshqa kasalliklarni davolashga keng yo‘l ochdi. Preparatning bakteriostatik ta’sirga ega ekanligini hisobga olgan holda klinik natijaga erishgandan keyin ham uni qabul qilishni birdaniga to‘xtatish mumkin emas. Residivlarning oldini olish maqsadida davo yana ozroq davom ettiriladi. Gematoensefalitik to‘siq orqali o‘tish xususiyatini hisobga olib, levomitsetin suksinat natriy shaklida meningokokk infeksiyasini davolashda ishlatiladi. Polimiksinlar – antibiotiklar guruhi (B, E, M polimiksin va monomitsin) bo‘lib, dizenteriya va salmonellozni davolashda ishlatiladi. Preparatlarning kamchiligi ularning yuqori darajada toksik ta’sir ko‘rsatish xususiyatidir. Nefrotoksik va neyrotoksik ta’sir ko‘rsatish tufayli yuqumli kasalliklar amaliyotida ular nisbatan chegaralangan holda qo‘llanadi. Keyingi yillarda sefalosporinlar guruhi – kefzol, sefamizin, seporin va boshqalar penitsillinga chidamli yiring chaqiruvchi mikroblar (stafilokokk) ga ta’sir qilish imkoniyatini ochdi. Tetrasiklin preparatlari va levomitsetinni uzoq vaqt davomida qo‘llash natijasida organizmning odatdagi normal mikroflorasiga ta’sir ko‘rsatib, zamburug‘lar, stafilokokklar va boshqa mazkur preparatga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarning o‘sishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bemorlarni tetrasiklin preparatlari va levomitsetin bilan davolashda disbakterioz, ya’ni organizm normal mikroflorasining o‘zgarishi va organizm uchun xos bo‘lmagan mikroorganizmlar o‘sishining kuchayishi kuzatiladi. Oshqozonichak yo‘llarida stafilokokklarning ko‘payishi ich ketishiga sabab bo‘ladi. Candida turkumiga mansub zamburug‘lar teri, og‘iz bo‘shlig‘i, qin, orqa teshik shilliq pardalari va kam hollarda boshqa a’zolar – o‘pka, miya va buyrakni zararlaydi.

Download 58,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish