Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi biotexnologiya mutaxassisligi



Download 58,95 Kb.
bet13/19
Sana13.02.2022
Hajmi58,95 Kb.
#446997
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Ilmiy seminar mustaqil ish (2)

Vaksinoterapiya. Bunday davo asosida spetsifik antigenlar yotadi. Bu xil preparatlarga turli usullar bilan o‘ldirilgan qo‘zg‘atuvchilar kulturasi – vaksinalar kiradi. Vaksina sifatida ayrim antigenlar (masalan, qorin tifi mikroblarining Vi – antigeni), anatoksinlar (stafilokokk, qoqshol) qo‘llanilishi mumkin. Ayrim hollarda bemordan ajratib olingan shtammlardan tayyorlangan vaksinalar (autovaksinalar) ishlatiladi. Shuni ta’kidlash zarurki, tirik vaksinalar davolash maqsadida ishlatilmaydi. Vaksinoterapiya qator surunkali kasalliklarda (surunkali dizenteriya, brusellyoz, toksoplazmoz), sog‘ayish jarayoni cho‘zilib ketganda (ornitoz, tularemiya) hamda o‘tkir kasalliklar (qorin tifi, paratiflar) residivlarining oldini olishda tayinlanadi. Vaksinalar turli yo‘llar bilan kiritilishi mumkin: teri ostiga, mushak orasiga, venaga. Vaksina kiritganda reaksiyalar mahalliy, o‘choqli va umumiy bo‘lishi mumkin. Mahalliy reaksiyalar vaksina kiritilgan joyda yallig‘lanish jarayonlari ko‘rinishida, o‘choqda – yallig‘lanish jarayoni ( masalan, tularemiya buboni) sohasida, umumiy – haroratning ko‘tarilishi, et uvishishi, lanjlik, og‘riqlar hamda terlash ko‘rinishida kuzatiladi. Vaksinoterapiya kurslar bilan ko‘pincha 8–14 kun o‘tkaziladi. Inyeksiyalar oralig‘i vaksinadan keyingi reaksiyalar darajasiga bog‘liq. Reaksiya qancha kuchli bo‘lsa, vaksinalarni takror yuborishlar oralig‘i shuncha katta bo‘ladi. Vaksina miqdori keying yuborishlarda asta-sekin oshirib boriladi. Vaksinadan keyin reaksiyalar kuzatilsa, miqdor kamaytiriladi. Vaksinani vena ichiga kiritishda shok holati kuzatilishi mumkinligi tufayli G.P.Rudnev tomonidan ikki bosqichli vaksinoterapiya taklif qilingan. Vaksinaning sutkalik miqdori vena ichiga ikki marta 1,5–2 soat oraliq bilan yuboriladi. Silning faol shakli, yurak, buyrak va jigarning og‘ir kasalliklari, rivojlangan ateroskleroz, gipertoniya kasalligi, homiladorlikda vaksinoterapiya o‘tkazish taqiqlanadi.
Fagoterapiya. Bakteriofag o‘z moddalar almashinuviga ega emas va u faqat tirik mikroblar mavjud bo‘lganidagina rivojlanadi. Fag ta’sirida mikroblar eriydi. Antistafilokokk fagi teri yuzasiga, teri ostiga va mushak orasiga qilinishi mumkin. Streptokokk bakteriofagi samara bilan ishlatilmoqda. Bakteriofag kiritilgandan keyin organizmda 5–7 kun davomida saqlanadi. Shuni unutmaslik kerakki, tashxis uchun ishlatiladigan bakteriofaglar davolash maqsadida qo‘llanmaydi.

Download 58,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish