Rasululloh shafoat sohibi sifatida
Rasulullohning qiyomat kuni gunohkorlarning gunohini so‘rab oluvchi bo‘lishiga oid
aqidasini barcha an'anaviy hokimiyatlar tan oladi. Ko‘plab diniy asarlarning yaratilishiga
aynan ana shu mavzu - shafoat masalasi asos sabab bo‘lgan. Men bu o‘rinda shoir
Abdurahmon Jomiy (vafoti 1492 y.) ning shu mavzuga bag‘ishlangan she'riy dostonidan
misralar keltirmoqchiman. U fors hamdlarining barchasini qog‘ozga to‘kadi, lekin shunga
qaramay, so‘zlarining samimiyligi yaqqol sezilib turadi.
O payg‘ambarlar muhri, saxiy e'tiboringizni darig‘ tutmangizkim, Allohning rasuli
vafotidan so‘ng dunyo yetim qoldi.
Siz ularning va ular muhrlarining so‘nggisi edingiz.
Siz nega baxtsizlik domiga cho‘kkan va omad yuz o‘girgan ummatlaringizni nazar-
pisand qilmay tashlab ketdingiz?
O, rasuli akrom, siz o‘zingizning abadiy navqironligingiz bilan bu dunyoning ko‘rkisiz,
orom uyqusidan turingiz, bizning yuraklarimizni yo‘lboshchilik nuringiz bilan to‘ldiringiz.
Hayot va kunduzning nuri bo‘lgan, Alloh yorlaqagan siymongizni ko‘rsatmoq uchun
nigohingizni Yaman jubbasidan ko‘taringiz.
Bizning pushaymonlarga to‘la tunlarimizni (Alloh) yorlaqagan kunduzlarga aylantiringiz,
kunduzlarimizga omaddan toj kiydiringiz.
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
37
Endi esa egningizga xushbo‘y atirlar anqigan kiyimlaringizni, boshingizga esa oq
dastorni kiyingiz.
Sochingizning qoramtir va bebaho jingalalari osilib tursin, ularning soyasi muborak
poyingizga tushsin.
Oyoqlaringizga Toif tog‘ining chorig‘ini kiying va ularning ipi o‘rniga sizga sadqa bo‘lgan
jonimizni bog‘langiz.
Butun koinot sizning oyoqlaringiz ostiga sochilmoq istaydur va u sizning bosib o‘tishingiz
sharafiga muyassar bo‘lmoq ilinjidadir.
O'z qabringizdan turib, rasullulloh masjidiga tashrif buyuringiz, tokim bizlar poyi
qadamingizga boshimizni qo‘yib, lablarimizni bosaylik.
O rasuli xudo, ehtiyojmandlarga boshpana berib, sizga bo‘lgan muhabbatga limmo-lim
yuraklarga tasalli beringiz.
Bizlar - gunohlarimiz ummoniga g‘arq bo‘layotgan gunohkorlarmiz. Sizning
hidoyatingizga amal qilishga bo‘lgan intilish chanqog‘i bosilmaydur.
Sizning xoki poyingizga kelib, ko‘zimni Madina tuprog‘i bilan poklaydigan kun men uchun
eng muborak kundir.
Sizga bo‘lgan muhabbat jazavasidan hushimdan ayrilib, yuragim to‘lqinlanib, vujudim
his-hayajonga to‘lib, qabringiz va Yashil gumbaz atrofini kezajakman.
Sizning sharafli mehrobingizga borib, sizga bo‘lgan muhabbatimdan oqarib ketgan
yuzimni unga qo‘yaman va u sarg‘ayib, tillo rangini oladi.
So‘ngra o‘z qalbimning amrini ado etarak, siz salot qilgan joyga borib va u yerda turib,
qadamjongizni qonim bilan yuvajakman.
Garchi ayni paytda mening vujudim sizning huzuringizda hozir bo‘lmasa-da, Allohga
shukrlar bo‘lsinkim, ruhim men uchun o‘sha joydadir.
Allohim sizni ko‘pgina yomon gunohlarimizni so‘rab olguvchi qildi, aks holda biz yo‘q
bo‘lib ketar edik.
Biz o‘z gunohlarimizga o‘ralashib qolganimizda, siz salot uchun boshingizga (salla) o‘rab:
«Mening ummatlarimni kechir, Allohim, ularni kechir!» deya xitob qilgancha qiyomat
maydoniga yetib kelasiz.
Shoyadki, Jomiy ham sizning muborak sa'y-harakatlaringiz va ulug‘ zotlarning yorlaqashi
tufayli shafoatga erishganlar va afv etilganlar safida bo‘lsa.2
Do'stlaringiz bilan baham: |