www.ziyouz.com
kutubxonasi
136
tamadduni qanday qilib yangi muammolar paydo bo‘lishi bilan ularni yechish uchun
yangi akademik ilmlarni yaratganini tushunib olishimiz mumkin bo‘ladi.
Yangi ilmlarga xos bo‘lgan islom psixologiyasi, garchi u Qur'onda yashirin va mavhum
holda mavjud bo‘lsa-da, islom madaniyatida ilk marta abbosiylar hukmronligining
dastlabki davrlarida muayyan sistemaga solindi. Biz Qur'onning "solim qalb"ga
erishishga beradigan ahamiyatini hisobga olib, islom psixologiyasining ta'siri ommaviy
bo‘lgani va keng tarqalganidan xabar topganda hayratga tushmaymiz. Islom
shakllangan dastlabki to‘rt asrda tafsir, hadis, sarfu nahv singari ilmlar borasida buyuk
asarlar yaratildi, ulamolar, shuningdek,
al-qalb as-solim
muammosiga e'tibor qaratdi.
Ilk marta Sufyon ibn Uyayna, Sufyon az-Zavriy va Abdulloh ibn al-Muborak singari
ko‘plab dastlabki zohidlar tobe'inlardan o‘rnak olishib, butun diqqatini yurakni tozalash
san'atiga qaratgani ko‘zga tashlanadi. Ular tavsiya etgan usullarga tez-tez ro‘za tutish,
kechalari namoz o‘qish, vaqti-vaqti bilan izdihomdan chekinish va
murobata,
ya'ni
ixtiyoriy jangchilarning Kichik Osiyoning chegarada joylashgan qal'alarida xizmat
qilishni o‘z vazifasi deb bilishi kirar edi.
Bunday xudojo‘ylik o‘sha paytlar muayyan bir sistemaga solinmagan edi. U najotni
payg‘ambar qadrlagan nafsni tiyish, samimiyat va vahiyga o‘ta sodiqlikda deb bilgan
barcha musulmonlarni qamrab olgan erkin bir kategoriya edi. O'sha erkaklar va ayollar
qiyomat kunidan qo‘rqqani uchun
baqqa'un
, ("yig‘loqilar"), yoki
zuhhod
(zohidlar) va
yoki ubbad ("uzluksiz ibodat qiluvchilar") degan turli nomlar bilan atalgan.
Ammo (hijriy) uchinchi asrga kelib, biz boshqa bir diniy maktabga tegishli deb
tushuniladigan bitiklarni uchrata boshlaymiz. Abbosiylar davridagi shahar aholisining
hasham va moddiy boyliklarga ruju qo‘yishi ko‘plab musulmonlarni payg‘ambar
davridagi oddiylikni qayta tiklash uchun mujodalaga undadi. Qalb musaffoligi, boshqalar
dardiga sherik bo‘lish va doimo Allohni yod etish ushbu tamoyilning o‘ziga xos
ko‘rinishlari edi. Biz
muhosaba
usulining ta'rifiga duch kelamiz: odamning nafsi hakalak
otib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z-o‘zini imtihon qilib turishi. Yana
riyozat
, ichki
intizom ham ta'kidlanadi.
O'sha paytga kelib Qur'on psixologiyasining asosiy printsiplari ishlab chiqildi.
Maxluqlardan biri bo‘lgan inson 4 ta tarkibiy qismdan iborat deb tushunilar edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |