Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi.
- Ilk marotaba xitoy tili va o`zbek tili fonetikasidagi undosh tovushlar
solishtirilib, qiyoslandi.
- Ikki sharq tilidagi undoshlarning xususiyatlari hamda farqli jihatlari o`rganib
chiqildi;
- Ikki til o`zaro taqqoslandi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. BMI doirasida
bajarilgan mazkur ishning nazariy va amaliy ahamiyati shundan iboratki:ishimizda
xitoy va o`zbek tillaridagi undosh tovushlarning xususiyatlari tahliliy usul orqali
o`rganildi.
Bitiruv malakaviy ish materiallaridan xitoy va o`zbek tillari grammatikasiga
oid maxsus kurslarda, talabalarga xitoy tilini o`rgatish jarayonida, xitoy va o`zbek
tillariga oid qo`llanma hamda darsliklar tuzishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |