Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra undoshlar ikkiga bo`linadi: 1) sonorlar; 2)
shovqinlilar.
O`zbek tilida sonorlar beshta bo`lib m, n, ng, l, r kabi undoshlarni o`z ichiga oladi.
Sonor (lotincha so`z bo`lib, "ovozdor" demakdir) undoshlarni talaffuz
qilganimizda, un paychalari faol ishtirok etadi, ya’ni un paychalari titrab ovoz hosil
qiladi. Shuning uchun ham sonorlarda ovoz miqdori shovqinli undoshlarga
nisbatan ko`proq bo`ladi. Ana shu jihatiga ko`ra sonorlar unli tovushlarga bir qadar
yaqin turadi, lekin ularni talaffuz qilishda ovoz og`iz bo`shlig`ida qisman shovqin
bilan aralashadi. Shu sababli sonorlar undosh tovushlar qatoriga qo`shiladi. Qolgan
undoshlarning barchasi shovqinlilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |