Microsoft Word Xitoy tilida vaqt kategoriyasi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/46
Sana31.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#231553
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Bog'liq
xitoy tilida vaqt kategoriyasi

 Ot 

soz turkumida vaqtning ifodalanishi 

Xitoy tilining yana shunday bir o‘ziga xos xususiyati borki, o‘rin-joy va 

paytni ifodalovchi so‘ng yuklamalar ham ot so‘z turkumiga kiritiladi. Bular 

xitoy tilida 

方位词  fāngwèicí  deb nomlanib, u yo‘nalish va ikki taraflama 

joylashuv munosabati nomini ifodalovchi so‘zdir. Bunday so‘zlar struktur 

jihatdan ikkiga bo‘linadi: sodda payt, o‘rin-joy direktivlari va qo‘shma payt, 

o‘rin-joy so‘ng direktivlari.  

                                                            

67

Karimov A.A. Xitoy tilining asosiy grammatik birliklari. – Toshkent.: 2001.  7-b. 




38 

 

Sodda payt, o‘rin-joy direktivlari bular –  



东 dōng sharq、南 nán janub、

西 xī g‘arb、北 běi shimol、上 shàng yuqori, tepa、下 xià quyi, past、前 qián 

oldin, old

、后 hòu keyin, orqa、左 zuǒ chap、右 yòu o‘ng、里 lǐ ichi、外 wài 

tashqari

、内  nèi  ichkari、中  zhōng  o‘rta、间  jiàn mobaynida, o‘rtasida、旁 



páng  yon. Mana shu so‘zlarning juftlashishi natijasida yangi so‘zlar hosil 

bo‘ladi. Masalan, 

上 va 下,前 va 后,  左 va 右 antonim so‘zlarning birikishi 

bilan vaqt hamda miqdorning taxminiy raqamini ifodalovchi yangi so‘zlar hosil 

bo‘ladi. 

Ayrim bunday sodda so‘zlar vaqtni ifodalovchi so‘zdan bevosita oldin 

yoki keyin qo‘yilishi mumkin bo‘lib, vaqtni ifodalovchi so‘z birikmasini hosil 

qiladi. Bu ikki so‘z o‘rtasiga esa ayrim hollarda “

个”gè hisob so‘zini qo‘llash 

mumkin: 


上个星期 shàng gè xīngqī – o`tgan hafta; 三个月内 sān gè yuè nèi – 

uch oy ichida. 

Ayrim sodda ot-direktivlar ot xususiyatiga ega bo‘lmagan so‘zlardan 

oldin yoki keyin ham qo‘llanilishi mumkin.  

前   qián 、 后   hòu” so‘zlarini fe’l, fe’lli so‘z birikma, ega-kesim 



shaklidagi so‘z birikmalardan keyin qo‘llanilsa vaqtni ifodalaydi. Masalan: 

天亮

前  tiān liáng qián – “kun yorishishidan oldin”; 我走后  wǒ  zǒu hòu – “men 



ketganimdan so‘ng”. 

上 shàng、下 xià、前 qián、后 hòu” so‘zlari harakat hisob so‘zlaridan 



oldin qo‘yilsa, vaqt va tartibni anglatishi mumkin. Masalan, 

上次  shàng cì – 

“o‘tgan safar”

,下一步 xià yī bù – “keyingi qadam”. 




39 

 

前 后   qiánhòu



 

– “taxminan, taqriban, chamasi” faqat vaqtning yaxlit 

raqamini ifodalashda qo‘llaniladi. 

 Ma’no  jihatdan 

左右  zuǒyòu  so‘ziga yaqin, lekin bu so‘z ayni vaqtga 

nisbatan ishlatiladi, balki vaqt oralig‘iga nisbatan emas. Ko‘pincha 

temporativlardan so‘ng qo‘llaniladi. 

 Masalan, 

春节前后 chūnjié qiánhòu – “taxminan chunjie” bayramida. 

Payt lahzasini ifodalovchi son va hisob so‘zli birikmadan so‘ng 

前后 qiánhòu 

bir oz kam qo‘llaniladi. 

十号前后 shá hào qiánhòu – “chamasi o‘nlarida”,五

月前后  wǔ yuè qiánhòu – “taxminan maylarda” va h.k. 前后  qiánhòu  vaqt 

oralig‘ini ifodalovchi so‘zlar bilan qo‘llanilishi mumkin emas. Masalan: “

三天

前后 sān tiān qiánhòu” deyish mumkin emas.  



Paytni ifodalovchi ot yoki otli so‘z birikma 

时 间 词   shíjiāncí – 

“temporativ” deb nomlanadi. Temporativlar ikki turga bo‘linadi: biri ish-

harakatning qay vaqtda sodir bo‘lishini bildirib, vaqtning o‘rni haqida gap ketadi. 

Bu esa o‘z o‘rnida vaqtning qismi hisoblanadi. Bu xitoy tili grammatikasida “

点” shídiǎn deb yuritiladi.  



Masalan, 

下午 xiàwǔ – “kunning ikkinchi yarmi”,2002 年 nián – “2002-

yil”. 

Yana biri ish-harakatning qancha vaqtda sodir bo‘lishini ifodalab, 



paytning uzunligi haqida gap boradi. Bu xitoy tili grammatikasida “

时段” 


shíduàn deb yuritiladi.  

Masalan, 

十年  shí nián  – “o‘n yil”, 两分钟  liǎng fēn zhōng – “ikki 

daqiqa”.  




40 

 

Temporativlarning grammatik funksiyasi:   

I. Gapda hol vazifasida kelishi: Aniq paytni ifodalaydigan temporativlar 

ko‘pincha yakka tarzda hol vazifasida keladi. Bu uning asosiy vazifasidir. Vaqt 

masofasini ifodalovchi temporativlar esa ba’zida hol vazifasida kelishi mumkin, 

qandaydir vaqt oralig‘idagi ish-harakatning jadalligi, takrorlanish tezligi va 

hokazolarni ifodalaydi

II. Gapda qo‘shimcha fe’l bo‘lak vazifasida kelishi: vaqt oralig‘ini 

ifodalovchi “hisob so‘z+temporativ” odatda, qo‘shimcha fe’l bo‘lak vazifasida 

keladi; 


III. Kesim vazifasida kelishi: ayrim vaqtni ifodalovchi so‘zlar mustaqil 

ravishda kesim vazifasida kelishi mumkin. Bunda payt, sanani ko‘rsatadi; 

IV. Aniqlovchi vazifasida kelishi: Vaqtni ifodalovchi so‘zlar va ot 

o‘rtasida ko‘pincha “

的” de yordamchi so‘zi qo‘llaniladi; 

V. Ega vazifasida kelishi: Vaqt so‘zlari ega vazifasida kelganida kesim 

doim vaqt so‘zlari ifodalagan vaqtga izoh kiritadi; 

VI. To‘ldiruvchi vazifasida kelishi

68




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish