www.ziyouz.com kutubxonasi
25
qilmagan yomonligim qolmadi. Olti oylik Aslonni huddi katta boladay urardim, bolalarga
qaramasdim. Akromning asl qiyofasini ham endi bilayotgan edim. Ichkilik ichar, har hil
yomon ishlarga boshini suqardi. Bir kecha Akrom odatdagidek yo'q, bolalar esa
yig'lashardi. Ikki kichigi tayoqdan tinchimasdi. Kichik Aslon tagini ho'llab qo'ygan, qiz
ochlikdan yig'lardi. Eshini tars yopib chiqib ketdim. Keyin Akroni pavilyonlardan izlab
yurdim, Ovro'paga ketganida ilojsiz edim, lekin bu yerda bo'lsa mendan qutulolmas,
qo'lim yoqasida bo'lardi. Turmush qurganimizga 8 yiol bolganida men ham uch bolaning
onasi bo'ldim. Otalari bergan pul yetmagani uchun o'zim chevarlik qilib, faqat o'z
bolalarimni boqardim. O'gaylar katta bo'lib qolishgandi. Ular bilan o'z bolalarimni bir
dasturhonda ovqatlantirmasdim. O'gaylarning yeguligini ovqat deb bo'lmasdi. O'z
bolalarimni har hil ovqatlantirar, go'shtni oshhonada emas, uyda pishirardim, baribir hidi
tarqalardi... . .
Yetishmovchilik tufayli shunday yo'l tutardim. Ochlik - ocharchilik edi. Haliyam
hammadn ko'p topadigan o'zimiz edik. Bir uyda bo'la turib bolalarim o'gaylar bilan nirga
o'ynamasdi. Tikuvchilik ishiga yarim kechasi bo'lsa ham Aslanni uyg'otar edim.
O'zimning qiyinchiliklarim uchun otalariga bo'lgan o'chimni bolalaridan olardim. Biz
uchun nonvoyhonadan 6 yoshli Aslan non olib kelar, ularga bu yangi, tandirdan uzilgan
nonlardan bermasdim. Bola nonni menga uzatayotgandagi ko'zlaridagi yolvorish
qahqaha urishimga sabab bo'lardi. Istanbulda alohida joyda faqirlar uchun sotiladigan
non - yetimlarning yeguligi edi. Aslon navbatga turar, suvi qochgan, mog'orlagan,
sichqon kalamush tekkan arzon nondan yeyishar va shu sababli lablari shishib ketar,
hech narsa yeyolmaydigan holga kelar va och qolishardi. Bolalar ulg'ayib qolishgach
qaynonam tong'ich o'g'ilni o'ziga oldi. Menga Aslon bilan qizni qoldirdi. Aslon ham katta
bo'lib qolgani uchun ishlashi kerak edi. Aslonni jurnal sotishga qo'ydim. Sotib
bo'lmaguncha uyga qaytishini taqiqladim. Bunga amal qilmasa o'lguday urardim.
Qishning qattiq sovuq kunlaridan biri edi. Tashqaridagi sovuq odamni junjiktirar edi.
Kech soat bo'lishiga qaramay Aslon uyga qaytmadi. Bolaning qaytishi emas, u olib
keladigan pul muhim edi. Tanish ovoz eshitib tashqariga qaradim.
- Ona-a-a, eshikni oching!!!
Aslon qo'lida jurnallar bilan turardi.
- Ona eshikni oching... Sovqotdim... Bugun sotolmadim... Ertaga sotaman. . Meni
ichqariga kiriting!!!
Ovozi shamolda sado berardi. Yoi'q ochmayman. Erkalanib, taltayib ketadi va ertaga
ham sotmasdan keladi. Bolaning gapiga ishonib bo'ladimi? Buning ustiga olti yosh
bolaning gapiga... . Shu asnoda uhlab qoldim. Uyg'onganimda ovoz eshitilmasdi.
Sotuvga ketdimikin, deb tashqariga qaradim. Qorga ko'milguday bo'lib ketibdi, ichkari
kiritdim. Sotolmagan uchun saboq bo'lsin deb, urdim. Ovqat bermadim, shu holda uhlab
qoldi. O'gay bolalarni uradigan alohida joylarim bo'lardi. Qizni hammomda, Aslonni
oshhonada urardim. To'ng'ichi yonimda payti kaltaklanadigan joyi - mehmonhonamiz
eshigini orti edi. Bolalarning shunday urgan bir kunimda, Aslonning juda jahli chiqqan
bo'lsa kerak, bo'ynimdagi munchoqlarga osildi. Sochilgan munchoqlar tahtalar orasiga
tushib ketdi. Uni shunday urdimki, boshi yorildi, qon oqdi. Oz-moz davolashni bilardim.
Tyzatdim. Oradan bir yil o'tdi. Yana shunday qish kunlarining birida bolalarni urayotgan
edim, zo'rg'a sudralib, mast holda otalari kelib qoldi, bolalarning ahvolni so'radi. Ko'zim
bilan ishora qildim, qiz gapirmadim, Aslon aytib berdi. Erimning jahli chiqib
bolalariga:"Hozirlaning buvingiznikiga jo'nataman", dedi. Yarim kecha, sovuqda ustlari
yupun bolalarni buvisikiga jo'natdi. Bolalari shi\u ketgancha qaytmadi. Qosimposhodan
To'phonaga ketishdi...
Bu yirtqich, vahshiy o'gay onaning bir necha yildan beri tortayotgan vijdon azobiga
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |