www.ziyouz.com kutubxonasi
43
— Bolani zamonga muvofiq va munosib qilib tarbiyalash shart. Aqlu zakovati joyida,
istiqboli porloq yoshlarni almisokdan qolgan, zamonaviy bo‘lmagan ishlar bilan mashg‘ul
qilish nobakordiqdir. Unda faqat ota-onasining emas, butun bir millatning haqqi bor.
Unga yaxshi tahsil bermaslik esa millat haqqiga xienat sanaladi.
Erdolbek vazifasini, vijdoniy burchini (!) o‘rinlatgach, ruxsat so‘rab turdi. Uning ketidan
Odilbek o‘ylanib qarab qoldi. Erdolbekning gapida jon bor.Xaq taraflari ko‘p. Masalan,
tilanchilik yaxshi ish emas. Aqlu hushi yetarli bolada ota-ona bilan birga millatning ham
haqqi borligiga e’tiroz yo‘q. Mamlakat o‘z kelajagini shu bolalarga qarab belgilashiga kim
e’tiroz bildira oladi?! O’zi ham aslida Husayinning doktor yoki muxandis bo‘lishini orzu
qilardi.
Odilbek bolasining doktor yoki muxandis bo‘lib yetishishini havas qilgani uchun
Erdolbekning so‘zlari ta’siriga tushdi. Aslida uni Imom Xatib maktabiga qarshi deb
bo‘lmasdi, ammo bu maktab tug‘risidagi ma’lumotlari juda kam edi. Albatta, Erdolbek
muallim bu xususda yetarlicha bilishiga ishonardi.
Oqshomgi ovqatdan so‘ng Fotimaxonimga Erdolbekning kelganini va oralarida bo‘lib
o‘tgan suhbatni aytib berdi. So‘ng:
— Menqaror qilib qo‘ydim,xonim,o‘g‘limni o‘rta maktabga yozdirmoqchiman, —deb
so‘zini tugatdi.
— Yaxshi, Husayin Imom Xatib maktabida o‘qisa, xaqiqatan aqidaparast bo‘lishiga
ishonasizmi?
Odilbek javob bermadi. Aqidaparast nima ekanini yaxshiroq bilmasdi. Faqat bu kalima
xayolida mudhish ma’noni jonlantirardi. Masalan,tirnoqlari uzun, soch-soqoli o‘siq, iflos,
ko‘rinishi insonga dahshat soluvchi bir shaxs ko‘z oldiga kelardi.
U javob bermagach, Fotimaxonim davom etdi:
— Fikrimcha, mening o‘g‘lim qoloq ham, aqidaparast to‘nka ham, mutaassib, qo‘polham
bo‘lmaydi; pokiza, olijanob,to‘ppa-to‘g‘ri inson bo‘ladi. Salohiddinni ko‘ring... Bola bu yil
beshinchi sinfni bitiradi. Na mutaassib, na qo‘pol bo‘ldi. Tilidan «xonim afandim»
tushmaydi, har kun maktabga qatnaydi. Bu ko‘chadan boshqa maktablarga boruvchilar
ham o‘tadi. Ko‘ryapman. Agar ularning tilga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan
suhbatlashishlari, xatti-harakatlari bolamni ko‘pollikdan qutqaradigan bo‘lsa, bolam umr
bo‘yi qo‘pol bo‘la qolsin.
Fotimaxonim so‘zlari qanday ta’sir etayotganini bilish uchun Odilbekning yuz
o‘zgarishlariga qarab olgach:
— Bu bola Imom Xatib maktabidadin o‘rganadi, axloq o‘rganadi, Allohga va insonlarga
nisbatan vazifalari nimaligini o‘rganadi. Ertaga biz dunyodan o‘tsaq ortimizdan mening
gul yuzli bolam Fotiha o‘qiydi. Nega endi bu maktabdan chiqqanlar millatiga xizmat
qilmas ekan? Ular boshqalardan ziyodroq xizmat qilishlari mumkin. Axloq, nomus va iffat
tuyg‘ulari tanqis bir paytda, ko‘chamizdan o‘tayotgan o‘sha bolalar axloq xizmatchilari
bo‘lsalar, axloqning ahvoli voy...
Ovoz ohangi biroz o‘zgardi:
— Men bolamni boshqa maktabga bermayman. Agar siz faqat muallimlar aytgan
gapgagina ishonar ekansiz, Imom Xatib maktabi domlalaridan tanishingiz bo‘lsa, undan
ham so‘rang. O’sha muallim Imom Xatib maktabining dushmani emasligini qayoqdan
bilasiz?
Odilbek Fotimaxonimning bu talabiga istar-istamas rozi bo‘ldi. Fotimaxonim esli-xushli
ayol, ammo Erdolbek shu sohaning odami. To‘g‘risi, tilanchilarni tayyorlaydigan
maktabga bolasini yuborishga ko‘ngli chopmayotgandi. Muallim haq edi. Cho‘lda
yashagan, bugungi madaniy dunyoda o‘rinlari bo‘lmagan arablarning tilini o‘rganish
uchun vaqt sarflash behuda va ma’nosizday tuyulardi. Husayinning qaysi maktabga
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |