www.ziyouz.com kutubxonasi
42
Fotimaxonim bu she’rni o‘qib chikdi. Istiqlol urushida qanchadan-qancha insonlar shaxid
ketgani, bugungi avlod ularni bilmasligi, xotirlamasligini, ularning ishonchi, ma’naviyati,
axloqini davom ettirmaganligini esladi. Ular bu yurtning egalari edi. Ammo ularni
minnatdorlik bilan eslash o‘z yo‘liga, ularning unutilmasligi uchun jiddiy mashg‘ul
bo‘lganlar, hatto kurashganlar bor edi...
Husayin boshlang‘ich maktabni a’lo baholarga bitirdi. Bir kun Odilbekning do‘koniga
Husayinning o‘qituvchisi keldi:
— Xayrli kun, Odilbek! — deb ichkari kirdi.
— O-o-o! Marhamat Erdolbek! Qaysi shamollar uchirdi? Bizlarni butunlay unutganmisiz
deb o‘ylagandim.
— Unutganim yo‘q, Odilbek! Doim ham xohlaganingni qilishga imkon bo‘lmas ekan...
—- Shunday. Marhamat! Erdolbek kirib o‘tirdi.
— Choymi, qaxvami?
— Choy ichayliq Odilbek qarshisidagi do‘konga qarab bir bolaga buyurdi:
— Mahmud, bizga ikkita choy keltir, o‘g‘lim. So‘ng muallimga qaradi:
— Qalaysiz, Erdolbek! Olamda nima gap? Erdolbek do‘konni kuzatishda davom etarkan:
— Shu kunlarda dam olishdan boshqa ish qilmayapmiz. Biroz dam olish ham kerakda,
to‘g‘rimi?
— Albatta. Tabiiy.
Bu orada gap aylanib Husayinga taqaldi. Erdolbek so‘radn:
— Xusayinni o‘qitmoqchimisiz, Odilbek?
— Ha, kuchim yetsa, o‘qitmoqchiman. Kuchim yetganicha o‘qitish niyatidaman.
Ko‘raylikchi, o‘qib bir narsa bo‘ladimi o‘zi yoki yuzimizni yerga qaratadimi?
— Bu bola o‘qiydi, Odilbeq Mening kelishdan maqsadim ham bir jixatdan shu.
Odilbekdan ahvol so‘ray hamda bolaning o‘qishi hususida bir maslahatlashaylik dedim.
Menga qolsa, urinib-surinib bo‘lsa ham bolani o‘qitish kerak. -Xo‘sh,Husayinning o‘zi
nima deydi. Kim bo‘lmoqchi?
— Hozircha bir nima degani yo‘q. Men ham bir aniq qarorga kelgan emasman. Ammo
onasi men o‘g‘limni Imom Xatib maktabidan boshqasiga qo‘ymayman deydi.
Birdan Erdolbekning rangi o‘zgardi. Yuzidagi ifoda ketib, burishgandek bo‘ldi:
— Bolaning mehnatini kuydirmoqchimisiz? Bunday ish qila ko‘rmang. Qobiliyatli bir
bolani aqidaparast to‘nkaga aylantirmoqchimisiz? Muallimi sifatida men bunga rozi
emasman. Mamlakat bunday bolalarning xizmatiga zor.
— Demak to‘g‘ri demaysiz, Erdolbek. Shundaymi?
— Qatiyyan noto‘g‘ri. Do‘stim, bolaning boshini o‘rgimchak uyasigaa ylantirmang.Dunyo
oldinga ketganda orqada qolmoqdan ne ma’no? Bundan ko‘ra o‘qitmagan yaxshiroq.
.Boldiri ochiq arablarning tilini o‘rganadi. Bering, ana o‘rta maktabda inglizcha o‘rgansin.
Fandan, adabiyotdan nasibasini olsin. Millatiga xizmat qilsin.
Erdolbek choyning so‘nggi ho‘plamini ichdi. So‘ng so‘zida davom etdi:
— Imom Xatib maktabining natijasi — ko‘lda tasbex;, oyoqda maxsi, bu qishloq meniki,
bu qishloq seniki deb xirmon aylanib kezish...
Odilbekning ko‘zlariga tikildi:
— Qisqasi — tilanchilik, tilanadi. Menga qolsa, xotiningiz tugul boshqasi bo‘lsa ham nima
desa-desin, u yerga ko‘ysangiz otalik burchini bajarmagan bo‘lasiz. Yana o‘zingiz bilasiz
Odilbek. Bola sizniki.Xohlasangiz xor qilasiz, xohlasangiz istiqbolini ta’min etasiz. Vizning
vazifamiz bilganimizni aytish.
Erdolbek shunga o‘xshash ko‘shimchalar qilgach, so‘zlarini shunday tugatdi:
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |