Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Download 422,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/85
Sana02.02.2021
Hajmi422,56 Kb.
#58321
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Bog'liq
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

38

bo‘lgani va tomog‘iga tiqilgani to‘g‘risidagi hodisani, hech kim, loaqal Odilbek ham 



eshitmadi. Fotimaxonim matonat ko‘rsatdi, sabr qildi. Birovlar eshitishining hech qanaqa 

foydasi yo‘q edi. Qo‘lida o‘z bolasi bo‘lishiga qaramasdan Fotimaxonim Husayinni 

ikknnchi sinfga ham avvalgiday pokiza holda jo‘natardi. 

U fazilat yo‘lida yuksalardi, bunga ters o‘laroq razolat yo‘lida tashlanayotgan qadamlar 

ham yo‘q emas edi. 

Samoxatxonim qatnashgan bir suhbatda, o‘zi yo‘q qo‘shnilar g‘iybat qilinib, navbat 

Fotimaxonimga yetdi. Fotimaxonimning ishlari boshdan-oyoq riyokorlik emish. O’zini 

ko‘rsatish uchungina bolalarga yaxshi qararmish. Bunday ichi sirti bilan, tili dili bilan, 

so‘zi ishi bilan bir bo‘lmagan kimsalar aslida juda xavfli ekanlar. Zotan, ikkiyuzlamachi 

bo‘lish, yaxshilik qilyapti deyishlari uchungina yaxshilik qilish axloqsizlik bo‘lmay nima? 

Qanchadan-qancha shunga o‘xshash axloq qoidalari sanaldi. Natijada Fotimaxonim 

haqida tamomila teskari hulosalar chiqarildi. Ular orasida vijdoniga quloq soladigan 

yolgiz Samoxatxonim edi, u eshitgan so‘zlariga e’tiroz bildirdi: 

— Singlim, inson o‘zini ko‘rsatish uchun yegimlarga bunchalik mehribonlik qilishi qiyin. 

Bolalarning ahvolini ko‘rmayapsizmi? Har qun toza kiyintirib chiqaradi. Necha bor o‘zim 

ko‘rdim: bolalar yiqilib,hammayog‘ini loy qilib uyiga ketishadi va besh daqiqa o‘tib, yana 

top-toza chiqib kelishadi. Mayli, bizga hammaamallari sezilmasin ham deylik, lekin 

qo‘shnilar bu xonimning bolalarga baqirib-chaqirganini, qarg‘aganini eshitishlari 

kerakku? Yoki tarsaki tushurganini ko‘rmaydilarmi va ularning yig‘laganlarini 

eshitmaydilarmi? Na sen, na men uning qilganini qila olamiz. Yuz-qo‘limizni 

bulg‘amaymiz. Bizga o‘tirib olib g‘iybat qilish qulayroq. Hech bo‘lmasa unga til 

tegizmaylik. 

— U bularning barini o‘zini ko‘rsatish, namoyishkorlik uchun qiladi-ku! 

— Qayokdan bilasan? Tashqaridagilarga o‘zini ko‘rsatishi mumkin, ammo uyda 

kechgacha hech kim bo‘lmaydiku, kimga namoyishkorlik qiladi? Atrofidagi to‘rt 

devorgami? Mayli, Fotimaxonim o‘zini ko‘rsatish uchun yaxshilik qilayotgan bo‘lib 

chiqaqolsin. Ammo bundan bolalar huzur-halovat topyaptilar, o‘gay ona nimaligini 

bilmayaptilarku, shuning o‘zi yetmaydimi?! Koshki, barcha o‘gay onalar ham u kabi 

ko‘rgazmaga bo‘lsada, yaxshilik qilsalar! 

Samohatxonim to‘g‘ri gapirdi. Ammo to‘g‘ri gapni tan olish osonmi? Tug‘ri so‘zga 

moyillik bildiruvchi topiladimi? Ularga har qancha asossiz bo‘lmasin, o‘rtada g‘iybat 

qilishga yaragulik mavzu bo‘lsa bas. Qilingan yoki qilinmagan gunohlari uchun 

kimlarningdir po‘staklarini koqishlari kerak. Saqichday chaynab g‘iybat qilishlari kerak. 

Fotimaxonimning bir qusuri bor edi. Uning bu ayollar orasiga ko‘shilganini, umuman 

gap-gashtaklarga chiqqanini hech kim ko‘rmagan, shunchaki kelib-ketib yuraversa 

bo‘lardi, aslida. Mahalladagi ayollarning ko‘pchiligi uning yuzini durustroq ko‘rganlari 

ham yo‘q edi. Bu uning kibriga ishora emish. Inson o‘zini bunchalar katta tutmasligi 

kerak ekan. Alloh bunday insonni dovdiratib qo‘yarmish. O’zini shunday katta tutganidan 

keyin ikki bolalidan boshqa kim tan olardi?! Keyin Xayriyalarnikiga onasi huzuriga 

borgani nimasi? Qizingning o‘rnini men egalladim, deganimi?! Shuham odamiylikmi?! 

Samohatxonim yana gapga aralashdi. 

— Orangazga kelib nimaga erishadi. Birovga loy chaplash, birovni yomonlashni 

o‘rganadimi? Xayriyaning onasi huzuriga yemon niyatda bordimi? Borishidan xafa bo‘lsa, 

Fotimaxonim buning chorasini topib, ko‘nglini olsa kerak menimcha, Xayriyaning onasi 

nevaralarining ahvolini bilib xursand bo‘ladi. Agar xafa bo‘lsa edi, Fotimaxonimnin 

gziyoratiga kelarmidi?! Ko‘ryapsizki, ora-sira o‘z xohishi bilan kelib-ketib turibdi. 

Bunisiga nima deysiz?! 

Ayollardan biri qattiq suqildi. 




O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Download 422,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish