www.ziyouz.com kutubxonasi
35
— Seni shunday taltaytirishadi. Duch kelganga yaltoqlanasan, shundaymi? Qarab tur,
kechqurun otangga alla-kimlargadir shim dazmollatib yurishingni aytib dodingni
berdirmasammi. Ja-a, janob bo‘lib ketdilar. Ko‘z tegib yurmasin tag‘in!
— Nima qilay? Siz dazmollamaysiz, meni maktabda turtkilashadi.Tayoq yeyman. Bundan
xabaringizbormi?
— Vaysashini-chi buni!
Sodiyaxonim shunday deb Yilmazning ustigabostirib kela boshladi, ammo Yilmaz
chavdonlik bnlan eshikdan chiqa qochdi. Sodiyaxonim eshikdan chiqshi bilan Yilmaz
qochgan tomondan kelayotgan xotinga baqirdi:
— Allohni sevsangiz, shuni ushlang.
Lekin ayol yonidan indamay o‘tavergach, yana baqirdi:
— Allohni sevsangiz, dedim, Inson. Shuni ushlab qoling!
— Allohni yaxshi ko‘rganimdan, Undan qo‘rqqanimdan tugmadim. Yetimni urish uchun
gapirgan gapingizni qarang. Unga ko‘targan mushtingizni nafsingizga ursangiz, avval
o‘zingizga urib ko‘rsangiz qanday bo‘larkin? Agar Allohni bilsangiz, bu gudakka xizmatchi
bo‘lardingiz. Bolangiz o‘zingizday o‘gay ona ko‘lida qolsa, nima qilasiz? — dedi va javob
kutib turmasdan yo‘lida davom etdi. Bu so‘zlar Sodiyaxonimning g‘azabini battar
qo‘zg‘adi. Oh, ko‘chalar oralab bu tirmizakni quvlasa, tutib o‘chini olsa...
Uning ortidan kin to‘la boqishlar bilan chaqnagan qo‘zlar, g‘ijirlagan tishlar va hirsli,
o‘zgacha tusga kirgan yuz... boshqa chora yo‘qligi uchun uyga chekindi. Eshikni
ichkaridan bekitarkan, oqshom uyga kelarsan, deya ming‘irladi.
Kim bu Husayin? Avvalo buni bnlib,borib bolani taltaytmasliklarini aytib, ogohlantirib
kelish keraq Yilmaz kim, dazmolli shim kiyishni unga kim ko‘yibdi?! Yamoqli kiyim
yetmaydimi?
Aslini olganda Sodiyaxonim Yilmazga yomon muomala qilishini biladi. Maktabdan
yugurib kelib, non so‘ragan yetti yoshli och go‘dakka: «Zaqkum ye. Qani non,
ko‘rmayapsanmi? Bu janobimga endi bir xizmatchi yollashimiz kerak!» — demaslik
kerakligini ham biladi. Biladi, ammo o‘zini to‘xtatolmaydi, tutib turolmaydi. Yilmazning
har harakati uning g‘ashiga tegadi. Ko‘rishi bilan asabiylashadi. O’z bolasi ne qilsa
yoqadi, sevinadi. Yilmazga kelganda teskarisi. Yilmaz ona deguday bo‘lsa, xuddi uning
onasiga o‘xshab o‘lib qoladiganday tuyuladi. Yilmazga nisbatan haqsizlik qilishdan
boshqa ish ko‘lidan kelmaydi. Ba’zan: «Bu bola o‘zi shunga munosib, yo‘qsa boshiga
mendan boshqasi kelgan bo‘lardi, balki yaxshilikka yaramas, yaxshilik qilsam, yanada
kekkayib, yomonlashib ketishi mumkin», — deyao‘zini ovutardi. Ba’zan qilgan
muomalasi va so‘zlagan so‘zi haddan oshganini o‘zi ham tan olardi. Masalan, olti oy oldin
bir hodisa bo‘lib o‘tdi. O’sha oqshom eri:
— Qara, Sodiya, bolaning cho‘ntagi yirtilibdi, tikib ber!—dedi.
— Endi shu yetmay turuvdi, shu qoluvdi qilmaganim. Ipni ignadan o‘tkazib, chatib
tashlash shuncha qiyinmi bunga? Ertaga askarlikka borsa, qanday qiladi? Hozirdan
o‘rgansin... — deb javob berdi. Holbuki, «ertaga askarlikka boradigan bola», endigina
boshlang‘ich maktabning birinchi sinfiga borishga tayyorlanyapti.
Bu surbetlik qarshisida ota nima ham qila olardi? Bechora odam, bu xotinga go‘yo azob
chekish va bolasini ezdirish uchungina uylangandi. Bu ikkisi rost chiqdi. Har oqshom
yangi-yangi shikoyatlar... Guyo bu bola tongdan tungacha yaramaslik qiladi yoki
yetimning butun vazifasi o‘gay onasiga ish orttirishdan iborat emish.
Bu oqshom eshitgan shikoyati yanada boshqacharoq. Yilmaz shimini boshqa ayolga
dazmollatgandi. Bu ish uydagi onaga, ya’ni o‘ziga katta haqorat edi. Agar qilingan bu
aybning jazosini ota bermasa, beradigan topiladi. Ota-o‘g‘il bir bo‘lib, bechora
Sodnyaxonimga xayollariga kelgan zulmni o‘tkazishadi. Sodiyaxonim bu harakat o‘ziga
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |