www.ziyouz.com kutubxonasi
31
sanchiqlar ichra qiynalgan, tirishgan xasta uchun oz deganda bir necha soatlarday
tuyuladi.
Oradan besh daqiqacha o‘tganda bolaning chuqur bir nafas olganini his etdi. Birdan
yuragi yanada qattiqroq ura boshladi. Faqat bemalol nafas olayotganini ko‘rgach
tinchlandi.No‘xat tomog‘idan o‘tib ketgandi. Darhol bu musibatni aritgani uchun Allohga
shukr etdi. Bolaning yonoqlaridan bir-bir o‘pib, hidladi va o‘rniga yotqizdi.Yurak urishi,
ko‘ngil bezovtaligi hali tamoman o‘tib ketmagandi. Bir oz gul suvi bilan chakkalarini,
yuzlarini siladi. Fotimaxonim uchun katta musibat, o‘zi uchun Samihaga qovrilgan no‘xat
yedirishdan iborat bo‘lgan bu hodisa nimalarga olib kelganini bilmagan Odila bemalol
o‘ynab o‘tirardi.
Ajabo, shu tobda boshida Samihaxonim bir ona bo‘lsaydi, holi ne kechardi? Buni taxmin
bilish qiyin bo‘lmasa kerak. Bu aziyat va haqoratlarni barcha tuqqan onalar va o‘gay
onalar tasavvur qila oladilar.
Fotimaxonim bu hodisa sabab Odilaga tayoq o‘qtalmadi,urmadi, yomon so‘z aytmadi.
Ammo chaqaloqni u bilan boshqa biror marta yolg‘iz qoldirmadi.
* * *
Husayin bu yil maktabga borishi kerak. Otasi uni qo‘lidan tutib, qayd ettirib kelgani olib
bordi. Husayin maktab ochilishi yaqinlashayotgani sari kuchliroq hayajonlanardi:
— Maktabda o‘qish qiyinmi, ona? Siz ham maktabga borganmisiz, ona? — kabi savollar
berar, Fotimaxonim uni tinchlantiruvchi so‘zlar aytar, o‘qib buyuk odam bo‘lishini
tushuntirardi.
Fotimaxonim Husayin uchun ikki dona peshband qilish va uni maktabga doim top-toza
qiyofada yuborish istagini Odilbekka bildirdi. O’rtoqlari orasida xijolat bo‘lmasin,
uyalmasin, derdi.
O’qish ochilgan kuni otasi uni ko‘lidan tutdi va maktabga olib bordi.
Mahalladan tanish bir bolaga topshirdi.Sinflarga kirib-chiqishda yordam berishini
tayinladi. Tushda ko‘p qatori maktabdan qaytarkan, deraza oldida Husayinning yo‘liga
qarab turadigan bir ona bor edi.
— Oh, onasning joni kelyapti,- deya uning jajji yonoqlaridan o‘parkan, Husayin jiddiy
oxangda:
— Tushlikdan so‘ng, ovqatlangach yana o‘qish bor, ona, — dedi.
Pokiza peshband, dazmollangan shim, maktabga borib-kelishida yarqirab turuvchi,
tozalangan poyabzal, yuzlari porloq bir bola... Bu hol va bu qiyofa maktab ochilishida
qanday bo‘lsa ,shunday davom etdi.
Bir kun toza,ikkinchi kun ham shunday bo‘lmaydilar, bugun oyoq kiyimi yap-yangi
bo‘lganlar, bir necha kun o‘tgach loy ichida tanib bo‘lmaydigan holga
keltirishadi.Ichlarida boyi, faqiri, juda ham kambag‘allari bor. Biroq eng boylari ham
o‘rtahol oila farzandi Husayinga tozalik va intizom jihatdan tenglasholmasdi.
Bir kun o‘qituvchi tozalikni tekshirayotib bir bolaning oldida to‘xtadi. Ismi Yilmaz.
Cho‘ntagining cheti yirtiq, bir tugmasi tushgan va peshbandi ko‘p vaqtlardan beri
yuvilmagandi.
— Yilmaz, seni ertaga bunday ko‘rmayin. Onangga ayt, o‘qituvchi shunday dedi de, —
tanbeh berib o‘tdi. Nazorat davom etdi. Husayinning yoniga keldi.
— Qarang, bolalar! Hammangiz Husayinday bo‘ling.Unga o‘xshab top-toza bo‘lib keling.
Sen aytchi, Yilmaz, sen g‘ayrat qilsang, Husayinday bo‘lmaysanmi, o‘g‘lim!
Yilmas boshini egdi, javob bermadi.
— Gapir, sen ham Husayinday ozoda bo‘lishni istaysanmi, Yilmaz?
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |