www.ziyouz.com kutubxonasi
44
borish masalasini bir kechada hal qilish judayam shart emasdi. Bunga hali vaqt bor. Bir
bolaning kelajagi bir kechadayoq hal bo‘ladigan oddiy masala emas. Hali bu xususda
yanayam atroflicha o‘ylab ko‘rish, Fotimaxonim aytganidek boshqa o‘qituvchilardan ham
so‘rab ko‘rish uchun bu bahsga vaqtincha nuqta qo‘yildi.
Fotimaxonim Husayinning qaysi maktabda o‘qishiga kuyinishi o‘z bolasiga kuyingan
onaning mehribonlngidan ziyodaligi diqqatga sazovordir. Erdolbek kelishidan bir kecha
avval bu mavzuda bahslasharkan, Odilbek:
— Xonim, bilaman... bu bolalar uchun qayg‘u, ozor chekdingiz, ammo... —deyishi bilan
Fotimaxonim:
— Ozor chekkanim yo‘q. Har ona bolasiga ne istasa, shuni istadim.Tabiiyki, mening ham
haqqim bor, —deb javob qildi. Bu so‘zlarni o‘gay ona emas, haqiqiy onaga munosib
Fotimaxonimning o‘z og‘zidan eshitganimizda yanada yaxshiroq tushungan bo‘lardik.
Menga nima,o‘zining o‘g‘li, ne istasa, shuni qilsin, deyishi mumkin edi. Hatto
o‘qitmaslikka chora izlab, yo‘liga g‘ov bo‘lardi. Faqat uning bu tiynatda emasligi yillar
davom etgan o‘gaylik-o‘zlik imtihoni natijasida ma’lum bo‘lgan, u o‘gay degan o‘y
allaqchonlar mahalladoshlari xotirasiga kelmay qo‘ygandi. O’gay deyilganda, u xaqiqiy
ona ekanligini isbot etdi. Ozor chekasan deyilganda, u zahmatlar rahmatga yuz
burajagiga ishondi, sabr-matonat ko‘rsatdi. Unashtirilgan kunlarda, hamma bunday
turmushdan qaytarmoqchi bo‘lgan paytlarda, «qizim insonlik sharafi yaxshi qaror qabul
qilishgina emas, balki aziyatlarga sabr qilib, o‘sha qarorda sobit turmoq va davom
etmoqdadir» degan ayol nasihatiga munosib, muvofiq harakat etdi. Kim nima desa-
desin, Xusayin endi o‘z o‘g‘li edi. Unda bir onaning o‘z o‘g‘liga bo‘lgan haqqi qadar haqqi
bor edi. Bu xaq yaxshiliklarini yuzga solish, kimlargadir aytib yurish ma’nosida emas,
balki unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish va yo‘llash ma’nosidagi haqdir.
Hozir ham o‘g‘lining Imom Xatib maktabida o‘qishi uchun aynan shu xaqni qo‘llamoqda
va shu haqqa rioya etmoqda.
Ikki kun o‘tgach, Cho‘rumningyaqsh tumanlaridan Majido‘zuga qatnaydigan avtobus
ichidagi yo‘lovchilar orasida Odilbek ham bor edi. Shaharchaga kiraverishdagi
qabristondan o‘tar-o‘tmas o‘ttiz besh yoshlardagi bir ayol tushishini aytdi va avtobus
to‘xtadi. Ikki bolasini tushirgach, haydovchiga yigirma lira uzatdi:
— Mana shundan olib qoling, uka.
— Mayda bering, opa, mayda pulim yo‘q.
— Menda ham yo‘q, inim. Avtobusdagilardan hech biri yigirma lirani maydalay demasdi.
Mayda pullari bor edi, lekin birovning ehtiyojini qondirishni istashmasdi. O’zganing
ehtiyojini qondirmoq buyuk insoniylik hisoblangan davrlar ortda qolgan, endi bu—ayb,
ahmoqlik sanaladi. Vatan urushida shahid ketganlarning behuda qon to‘kkanligi
ta’kidlanayotgan bir davrda odamlardan o‘ng‘aysiz holatga tushib qolgan
xotinningehtiyojini qondirishni kutish kulgili, albatta.
Ayol xijolat bo‘ldi. Bozor bo‘lsaydiki, pulini maydalatsa. Haydovchi shoshirardi.
— Maydangiz yo‘q ekan, tayyorgarlik ko‘rib chiqmaysizmi?
Bu orada yigirma beshlarga kirgan yigit xaydovchiga murojaat qildi:
— Holaning haqi qancha?
— Yetti yarim lira.
Yigit cho‘ntagidan yetti yarim lira chiqarib uzatdi va ayolga yuzlanib dedi:
— Siz uchun to‘layman. Siz ham maydalatsangiz, men uchun bir faqirga to‘lab
yuborarsiz.
Ayol duo qila-qila ketdi. Odilbek yarim soatdan beri yonma-yon o‘tirib kelayotgan
yo‘ldoshiga shundagina diqqat bilan qaradi. U yana avvalgi holatida ketib borardi va
go‘yo hozirgina sotib olgan narsasining pulini to‘lagandek bamaylixotir edi. Yoki bir
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |