www.ziyouz.com kutubxonasi
20
— Payg‘ambaring kim?
— Hazrati Muhammad.
—Dining nima?
— Islom.
Darsi bittach, yonoqlaridan bir-bir o‘pib, «Alloh rohat bersin, tuning xayrli bo‘lsin»
dedida, uykuga ketishini kutdi. Besh daqiqalar o‘tib, Odila uxlab qoldi. Birozlan so‘ng
Husayin ham uxlagach, eriga murojaat qildi:
— Endi mening hadyamga navbat keldi. Shu oqshomdan e’tiboran har oqshom uch bor
«Ixlos» va bir marotaba “Fotiha» surasini, har juma oqshomi Taborikni o‘qib,marhuma
qarindoshimga bag‘ishlaysiz. Bir kamzul bir kun sevintirar,bu hadya esa har kun.
— Sening qarindoshing qlganmi?
— Ha. Bir yil avval.
— Bu hakda gapirmaganding.
— Endi gapiraman.Mayli,o‘qiyman,lekin ismi nima qarindoshingning?
Fotima g‘oyat sokin ovozda dedi:
— Xayriya.
Bu ismni eshitishi bilan Odilbekning rangi o‘zgardi.Hayajonini bildirmaslik uchun
ming‘irladi:
—Xayriyami?
—Ha, Xayriya. Nega g‘alati bo‘lib ketdingiz?
— Yo‘q, g‘alati bo‘lmadim.
— Men Xayriya deyishim bilan dovdiradingiz. Nega? Odilbek boshini quyi soldi:
— Chunki vafot etgan xotimimning ismi ham Xayriya edi Fotimaxonim.
Qistamadi.Bu gapni qo‘yib, sening qarindoshingga o‘taylik.
— Mening qarindoshim vafot etgan xotiningiz Xayriyadir. Haqqiga tilovat qilishingizni
istagan qarindoshim aynan u.
Odilbekning ko‘zlari yoshlandi. Boshini egdi:
— Ammo, men uni unutishga harakat qilyapman.
— Nega? Axloqsizmidi? Odilbek tezlik bilan e’tiroz etdi:
— Yo‘q, aslo.
— Yaxshi ko‘rmasmidingiz? Sevmasmidingiz? Odilbek jon joyidan ushlangandi. Sevmoq
— ne degani? Telbalarcha sevardi. Chuqur iztirob bilan:
— Yaxshi ko‘rardim, Fotimaxonim. Faqat nega so‘raysiz? Nechun kul bo‘lgan dardni
qo‘zg‘aysiz?
— Nechunmi? Masalan, Xayriyaxonim hayot bo‘lganida sevmasmidingiz? Unutilishiga
sabab uning o‘lishimi? Bu xonimning aybi sizga ikki shu’laday, nurday bola , hayotini
hayotingizga bog‘laganimi, nomusini sizga topshirganimi, butun borlig‘i bilan sizniki
edimi, sizning yo‘lingizga ko‘z tikkanimi? Shularmi uning unitilishiga sabab,ayting! Nega
bu bolalarni unutmayapsiz? Bular faqat sizga oidmi yoki o‘lgach,vafosiz eri tomonidan
unutilgan Xayriyaxonimning ham ularda haqqi bormi?
Bu so‘zlar Odilbekning yuragiga o‘qday qadaldi, terga botirdi:
— Fotimaxonim, bir ko‘ngulda ikki sevgi bo‘lurmi? Bir inson ikki xotinni ham sevishi
mumkinmi?
— Bu kecha g‘alati suhbatlashayapsiz. Meni sevish bilan uni sevish orasida qanday
munosabat bor? Uni sevish bilan, masalan, mozorga borib u bilan birga yotasizmi? Na
siz bunday qila olasiz, na u sizdan buni kutadi. Bugun unga bo‘lgan sevgingiz, Alloxdan
uni kechirishi so‘rashingiz, savobini unga atab taom tarqatmog‘ingiz unga bag‘ishlab
Qur’on o‘qimog‘ingizdir. Yoki marxumni boshqacha tarzda sevish ham mumkinmi? Men
unga qarshi so‘zlasam, meni uyaltirish o‘rniga, aksincha yo‘l tutishingizdan xafa bo‘ldim.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |