www.ziyouz.com kutubxonasi
19
— Shu yoshdami?
— Yoshingizga nima qilibi? Inson Qur’on o‘qishni o‘rganishi uchun mutlaqo go‘dak
bo‘lishi kerakmasku...Ko‘ngil xohasa bu yoshdagina emas, yigirma yil keyin o‘rganish
mumkin. Otam yozuv almashganda yoshi bir joyga borib qolgan ko‘plab kishilar yangi
yozuvni o‘rganganini aytar edilar.
— Yaxshi, qanchada o‘rganishim mumkin?
— Kirishishingiz, harakatingizga bog‘liq. Har oqshom bir soat mashg‘ul bo‘linsa, bir oyda
bemalol o‘qishingiz umkin. Vafot etgan qancha qarindoshlaringiz ikki sahifalik tilovatga
och odamning ovqatga bo‘lgan ehtiyojidan ko‘ra kuchliroq ehtiyoj bilan ko‘z tikadirlar.
Bomoddan so‘nggi o‘qiladigan o‘n daqiqalik oyatlar qalbga qanday tuyg‘ular solishini
tilovat qilgach anglaymiz.
— Juda mamnun bo‘lardim, ko‘llaringni o‘paman. Shu oqshomdan kechiktirmasdan,
darhol boshlaymiz.
Odilbek aytganidek shu kechadan o‘qishni boshlab yubordi. U so‘zida turadigan
insonlardan edi.
Fotimaxonimning aytgani to‘g‘ri chikdi. Odilbek bir oy o‘tgach, insoniyat xidoyati uchun
yuborilgan sharafli kitobni hurmatli va suyukli xonimining yordami bilan kechqunlar
bemalol o‘qiydigan bo‘ldi. Bu ilk qadam edi. Bundan so‘ng bu kitobda ko‘rsatilgan,
oqibati mutlaqo saodat bo‘lgan islomiy va insoniy qonunlarni o‘rganmoq uchun uning
turkiy tarjimasini o‘qib chiqishga qaror qilishdi.
Bir kun Odilbek uyga qo‘lida bir qog‘oz xalta bilan qaytdi. O’zini ochiq chexra bilan
karshilagan xonimga uni uzatarkan;
— Qimmatli ustozimga hadyam bu, —dedi. Qog‘oz xalta ochildi.Go‘zal bir libos edi.
Fotimaxonim erining yuziga boqib:
— Tashakkur. Ammo mening bolalarimga hadya qani? Men kiyib,ular shunday
qoladtlarmi?
— Ularga ham bo‘ladi. Bir hafta o‘tsin, inshoolloh.Ularning ham ko‘ngillarini ko‘taraman.
— Buni olgan do‘kon zgasi bilan do‘stligingiz bormi?
— Bor.
— Yaxshi, agar menga quloq solsangiz, buni ertaga eltib borib,o‘rniga bolalarimga ikki
hira oling. Qarang, kunlar ham soviy boshladi. Ham ko‘ngillarini olasiz, sovuq
yemaydilar. Ularni xursand, shod etsangiz, men sevinaman. O’zim kiyganimdan
ziyodaroq kuvonaman.
Bu so‘zlardan Odilbekning ko‘zlarida yosh paydo bo‘lgan ikki tomchi yoshga qaramaslik
uchun kiyimni taxlamoqqa kirishgan Fotimaxonim boshini ko‘tarmas ilova qildi:
— Ham men bunday emas, qimmatliroq hadya xoxlayman.
— Nimani istaymiz, Fotimaxonim?
— Xoxlaganimni xuftondan keyin aytaman.
— Hozir ayting.
— Hozir paytimas.
Buni anglashdan ojiz qolgan Odilbek xotinini ortiq qistamadi.
Fotimaxonimning lutfi uchun Yaratkanga jon-dili bilan shukr qildi.
O’ynagani chiqqan bolalar uyga qaytishganda,kamzul qog‘oz xaltachaga joylanib,yashirib
qo‘yilgandi.
«Xufton»dan so‘ng Odila Fotimaxonimning yoniga keldi:
— Ona, meni uxlating, — dedi, Fotima uni o‘rniga yotqizdi. Yonida o‘tirdi. Unga har tungi
uch kalima darsi takrorlatdi:
— Seni kim yaratdi, qizim?
— Alloh.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |