www.ziyouz.com kutubxonasi
18
va ularga mehr bilan qarab qolgan ko‘zlar...
Bu ko‘zlarning sohibi, bolalarining boshqa bolalardan kam emasligi, past kelmaslik
kerakligini, ba’zi o‘zini bilmaganlar: «Ha, endi, nima bo‘lardi, yetim shunday bo‘ladida!»
—demasliklari uchun butun kuch-kuvvati va g‘ayratini sarflar, xar ikkisini ham gulday
toza qilib tashqari chiqarardi. Uyda ham kundalik ishlaridan tashqari, ularni o‘ynatar,
qo‘ngil ochishlarini tartibga solib borardi.
Odilbek hayotidan mamnun ko‘rinardi. Ko‘rinadi emas, xaqiqatan mamnun. Chunki
Fotima o‘gay ona emas, o‘z onalariday bolalarga talabchanlik va mehr bilan qaramoqda.
Endi bolalar uzoq davom etgan dardli hayotdan forig‘ bo‘ldilar. Odilbek azonda uydan
xavotirsiz, xotirjam chiqadi. Ishiga ko‘nglida rohat, qalbida xuzur bilan keladi. Buyuk
falokat o‘rniga saodat kelganini,tushida ko‘rganlari tush bo‘lib qolganini anglagan va
shukr aytgan bir qul qay axvolda bo‘lsa, Odilbek ham shu holda. Go‘daklariga boqib
rahmatlidan bir omonat ekanini, birga achchiq-chuchuk kunlarni kechirgan xotinini
xotirlaydi. Ba’zan charchagan paytlarida: «Fotima!» deyish o‘rniga «Xayriya» deb
yuboray deydiyu, aqlini yig‘ishtirib oladi. Ba’zan uyqu aralash yonidaga Fotimani Xayriya
deb o‘ylab ko‘yardi. Xavfli tomoni shunda ediki, uyku aralash og‘zidan uning ismi chiqib
ketishi mumkin edi. Unda Fotimaxonim o‘zini yaxshi ko‘rmasligini, hanuz u Xayriyaga
bog‘liq ekanini o‘ylab qolishi mumkin. Buning oqibati yaxshi deb bo‘lmaydi. Qaysi erkak
uylangan xotinini avvalgi eridan so‘z ochishini, ochganda ham unga bog‘lanib qolganini
eshitishni istaydi?
Avvalgi erini har kecha maqtayvergan xotinini «uchchovimiz bir o‘ringa sig‘maymiz» deb
urib yotoqdan uloqtirgan Afandining holiga o‘xshaydimi bu? Ba’zan pishgan taom
Xayriya tayyorlaydigan ovqatga o‘xshashligi, Xayrnya uni keltirganda yeyman deb
og‘zini kuydirishlari uni ikki-uch azvalgi xotiralarga qaytarardi. Yana u bilan bog‘liq
hotiralarga beixtiyor berilib ketardi. Fotimadan shikoyat bormidi? Shunin uchun avvalgi
xotinini unutolmayaptimi? Yo‘q, u xaqiqatni inkor yoki oyoq osti qiladiganlardan emas.
Do‘konida sotiladigan qahva va shunga o‘xshash qimmatli bir narsani tortarkan,
tarozining qarshi pallasiga qahva solinib o‘ralgan qog‘oz og‘irligicha foydani xaridor
zarari xisobiga urib qoladigan sotuvchida vijdon borligini gapirish lozimmi?
Bir necha bor ayni o‘zi kabi vijdonli bir xaridornin
— Odilbek, o‘raydigan qog‘ozni tekin olmaysan. Shunday ekan, zarar ko‘rasan, degach:
— Foydamiz qog‘oz xarajatini qoplaydi, — deb, bun ko‘ngil roziligi bilan qilayotganini
aytardi. U tijortida vijdon talabidan kelib chiqib ko‘yilgan foydadan ziyodini o‘ziga
munosib ko‘rmas va barokat shunda ekan ishonar edi. Bunday tushunchaga ega
kishining bolalari halovat ato etgan, ularni o‘z onasi kabi bag‘riga bosgan o‘zining
xurmatini ham o‘rniga qo‘ygan xonimdan shikoyat etilishiga imkon bermasligi kunday
ravshan. Albatta xonimiga munosib tarzda hurmat ko‘rsatyapti, faqat odobu tarbiyasi,
samimiyati yanada ziyoda xurmat etishga loyiq ekan, uni xafa qilmaslik uchun hech
bo‘lmasa Xayriyaxonimni uning yonida xotirlamaslikni istardi.
Fotimaxonim Qur’on o‘qishni bilardi. Boshlang‘nch maktabni tugatgach, maxsus kursga
qatnab, xatm qilgan, Kursda Qur’oni Karimni so‘ngiga qadar o‘qigan bo‘lsa ham har
bomdoddan so‘ng Kalomullo tilovatini odat qilgay Alloh kalomini o‘qigach, uning zavqi va
hayajoni bilan ishlarini boshlardi. Kelin bo‘lgach ham bu odatini davom ettirdi. Kelgan
haftasining juma oqshomi edi. Odil akasiga murojaat qildi:
— Qur’onni o‘qishni bilasizmi?
— Yo‘q! Bu jihatdan omadsiz va savodsizman.
— Savodli bo‘lishni istaysizmi?
— Qanday?
Sizga Qur’on o‘qishn io‘rgatsam, nima deysiz?
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |