Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


Ular quchoqlashadilar. Dahshatli musiqa, olam tugayotganday... Ular ajralarkan,  Soliha Oydanda Go’zalga aylanib boradi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
Ular quchoqlashadilar. Dahshatli musiqa, olam tugayotganday... Ular ajralarkan, 
Soliha Oydanda Go’zalga aylanib boradi. 
 
Oydanda Go’zal. — Alvido! 
C h o’ l p o n. — (
chiday olmay, o’z-o’ziga gapirganday
) Yo’q... Alvido dema! Xudo 
xohlasa, uchrashamiz! Parvardigor insonlarday bag’ri tosh emas, hech bo’lmasa, u dunyoda 
uchrashtiradi! Ko’rasan, uchrashtiradi! 
O y d a n d a  G o’ z a l. — Cho’lponim! Sizni xudoga topshirdim... 
C h o’ l p o n. — Seni ham, seni ham... Meni kechir.... 
 
Oydanda Go’zal Soliha chiqib ketadi. 
 
Muallif qo’lyozmasi 
asosida chop etildi. 


SHAROF BOSHBEKOV 
(1951)
 
 
Sharof  Boshbekov  «Temir  xotin»  va boshqa pyesalari bilan  xalqimiz orasida dovrug’ 
taratgan  dramaturglardandir.  U  Samarqand  viloyat  Bulung’ur  tuman  G’ubir  qishlog’ida 
dehqon  oilasida  tug’ilgan.  M. Uyg’ur  nomidagi  san’at  instituti  musiqali  drama  bo’limida 
tahsil  ko’rgan,  institutni  bitirgach,  1974—1985-yillari  Olim  Xo’jayev  nomidagi  Sirdaryo, 
so’ng Muqimiy nomidagi musiqali teatrlarda aktyor sifatida faoliyat ko’rsatgan. Qator yillar 
Respublika Yosh tomoshabinlar teatrida adabiy emakdosh sifatida ishlagan.  Adabiy  ijodni 
hajviy hikoyalar yozishdan boshlagan. 
«Taqdir  eshigi»  (1980)  uning  dramaturgiyadagi  ilk  qadamlaridan  biri  bo’ldi. 
Sh. Boshbekov  pyesalari  shaxs  erkinligi,  o’zligini  anglash,  qadr-qimmat,  vijdon,  ezgulik 
muammolariga  bag’ishlangan.  «Tikansiz  tipratikanlar»  (1981),  «Tushov  uzgan  tulporlar» 
(1982),  «Muzika  sayyorasi»  (1984),  «Eski  shahar  gavroshlari»  (1987),  «Temir  xotin» 
(1988), «Eshik qoqqan kim bo’ldi?» (1989), «Tentak farishtalar» (1995) kabi pyesalar shu 
mavzularda  bo’lib,  ularda  dramaturg  uslubiga  xos  timsoliy  ifoda,  obrazlarni  g’alati 
(porodaksal) holatlarga solish tasviriy omillari yaqqol ko’zga tashlanib turadi. 
Uning  ijodi  kino  va  televideniye  bilan  ham  bog’liq.  «Sharif  va  Ma’rif»,  «Yuzsiz» 
(1993),  «Tilla  bola»  (1994)  kabi  filmlar  ssenariylarini  yozishda  «Masxaraboz»  (1996) 
filmini  yaratishda  ham  ssenariy  muallifi  va  rejissor  sifatida  qatnashdi.  Tomoshabinlar 
orasida  shov-shuvga  sabab  bo’lgan  ko’p  seriyali  «Charxpalak»  telefilmi  ssenariysi  ham 
Sh. Boshbekov qalamiga mansub. 
Fransuz  adibasi  J. Saaraning  «Ma’mura  kampir»,  Molyerning  «Uchar  tabib»  asarlari 
uning  erkin  tarjimasida  A. Hidoyatov  va  Yosh  tomoshabinlar  teatrlarida  sahna  yuzini 
ko’rgan. 
Sh. Boshbekov  pyesalari  teatrlarimiz  repertuarida  faol  o’rin  tutib  keladi.  «Taqdir 
eshigi»  1987-yili  «Milliy»  teatrda  rejissor  T. Isroilov  tomonidan  sahnalashtirildi.  «Eski 
shahar  gavroshlari»  Yosh  tomoshabinlar  teatrida.  Ular  1988-yili  Respublika  teatrlari 
«Navro’z»  festivalida  yuqori  baho  olgan.  Lekin  o’sha  yili  oliy  mukofot  Farg’ona  viloyat 
teatrining «Temir xotin» (rejissor O. Salimov) spektakliga nasib etdi. 
Spektakl  O’rta  Osiyo  va  Qozog’iston  teatrlarining  1989-yili  Bishkekda  o’tgan 
«Navro’z»  festivalida  oliy  mukofotga,  unda  Qo’chqor  rolini  o’ynagan  M. Yusupov  eng 
yaxshi erkak roli uchun sovrinini olishga muvofiq bo’ldi. 
Sh.  Boshbekov  shu  asari  uchun  1989-yili  O’zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasining 
M. Shayxzoda mukofotiga sazovor bo’ldi. 
1990-yili u Respublika Davlat mukofoti, 2001-yili esa «Mehnat shuhrati» ordeni bilan 
mukofotlandi. 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish