Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


SHAROF BOSHBEKOV ASARLARI HAQIDA M.TO’LAXO’JAYEVA



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

SHAROF BOSHBEKOV ASARLARI HAQIDA M.TO’LAXO’JAYEVA 
SHARHI 
(1989-yil O’rta Osiyo va Qozog’iston teatrlari festivalida) 
 
Festival  asarlari  ichida  aktyorlik  muvaffaqiyatlari,  rejissor  fikri,  rassomning  qiziqarli 
mehnati mujassamdek, tomoshabinlar ham bu spektakllarni qiziqib ko’rayotgandek tuyulsa-
da, baribir, hayot haqida jiddiy, katta va zamonga mos suhbat bo’lgani yo’q. 
Birdan kutilmagan voqea yuz berdi. Buni mo’jiza deb atash mumkin. Yana bir milliy 
spektakl  ko’rsatildi.  Lekin  u  ayni  festival  qatnashchilari  va  tomoshabinlarni  quvonchli 
taraddudga  solib  qo’ydi,  chunki  Farg’ona  oblast  muzikali  drama  va  komediya  teatrining 
Sh. Boshbekov  asari  asosida  sahnalashtirilgan  «Temir  xotin»  spektaklida  hozir 
bo’lganlarning hech biri chinakam milliy pyesaning, bugungi kunimiz qahramonining yangi 
sotsial tipini ko’rsatuvchi spektaklning tug’ilishiga shohid bo’laman, deb o’ylamagan edi. 
Shu yilning fevralida Toshkentda o’tkazilayotgan respublika festivalida «Temir xotin» 
spektakli  O’zbekiston  poytaxti  teatr  hayotining  markaziy  voqeasi  bo’lib  qolgan  edi. 
Spektaklni  tomoshabin  va  tanqidchilar  yakdillik  bilan  qabul  qilishdi.  Unga  Bosh  sovrin 
topshirildi. Endi, ikki oy o’tgach, Frunzeda o’tkazilgan «Navro’z—89» festivalida bu narsa 
qaytadan takrorlandi... 
Sh. Boshbekov  insonni  o’z-o’zini  anglab  yetishi  xususidagi  g’oyat  jiddiy  sotsial 
muammoni  qalamga  oladi.  Pyesada  siyosiy  shiorlar  yo’q,  umuman  tendensiyalilik  hamda 
qandaydir o’gitbozlik va tashviqotga intilish mavjud emas. Muallif hayotiy reallikni hamda 
uning vositasida insonni badiiy vositalar yordamida tasvirlashga intilgan. 
 
Muhabbat To’laxo’jayeva.
 «Izlanishlar 
va yechimlar». «San’at» jurnali, 
1989-yil, 11-son. 
 
Yashirishning  hojati  yo’q.  Yaqin-yaqingacha  «o’zbek  teatri  tanazzulga  yuz  tutyapti», 
o’zbek rejissurasi yo’q, o’zbek dramaturgiyasi, aktyorlarning ijrochilik mahorati haqida gap 
ham  bo’lishi  mumkin  emas  qabilidagi  uzun-quloq  gap-so’zlar  og’izdan-og’izga  ko’chib 
yurardi.  Bu xil  fikr-mulohazalarning  mavjudligi bugungi kunda  har ehtimoldan  xoli  emas. 
Qizig’i  shundaki,  biz  teatr  muxlislari  ham  shunday  «axborotlar»ga  ishonib  qolgan,  go’yo 
teatr deyilsa, «bo’m-bo’sh teatr zali» ko’z oldimizda gavdalanadigan bo’lib qolgan edi. 
«Navro’z—89»  festivali  va  uning  natijalari  qay  bir  ma’noda  mish-mishlarga  zarba 
berdi,  festival  juri  hay’ati  bir  ovozdan  Farg’ona  oblast  muzikali  drama  teatrining  «Temir 
xotin»  jiddiy  komediyasiga  «Navro’z—89»  festivalining  bosh  sovrinini  berdi.  Endi  bu 
spektakl Moskvada Xalqlar do’stligi teatrida namoyish etiladi va an’anaga ko’ra yanagi yil 
Dushanbeda  o’tadigan  «Navro’z—90»  festivali  ham  ana  shu  g’olib  asar  bilan  ochiladigan 
bo’ldi... 
Erkin Usmonov, Tatyana Polonskaya.
 
«Uchrashuvlar davom etadi», «San’at» 
jurnali, 1989-yil, 7-son. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish