Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


REALISTIK VA TUSHDAN IBORAT SAHNA



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

REALISTIK VA TUSHDAN IBORAT SAHNA 
 
Kuz. Kech. Tungi qo’noqlariga qaytayotgan qarg’alarning qag’illashi. G’ira-shira. 
Cho’lpon hovlidagi kichkina bog’da Yosh shoir bilan o’tiribdi. Cho’lpon mo’jaz gulxanda 
qo’lyozmalarni yoqayapti. Bog’ning bir chetida Ko’rinmas odam. 
 
2 - y o s h  s h o i r. Hovlida hech kim yo’qmi? Yangam shu yerdamilar? 
C h o’ l p o n. Yo’q, u musiqa maktabiga dars olgani ketgan... 
2 - y o s h  s h o i r (
alanglab
). Kimdir borga o’xshaydi? 
C h o’ l p o n  (
kulib
). Devorning qulog’i aylanib yurgandir-da!... 
Andijonga  ham  borib,  ota  uyimdagi  hamma  qo’lyozmalarni  yoqdim...  Menga  biror 
kor-u hol bo’lsa, ota-onam, singillarim jaddimga qolmasinlar deb o’yladim... 
2 - y o s h  s h o i r.  Bekor yoqayapsiz!.. 
C h o’ l p o n.  Yozaman-u  yoqaman...  (
Gulxanga tashlayotgan  qog’ozni  g’ijimlarkan, 
yosh shoirga ko’rsatib
) Bu she’r senga yoqqandimi? 
2 - y o s h  s h o i r. Juda yoqqandi! Juda! Balki yoqmaganingiz ma’quldir!... 
C h o’ l p o n. Uka, gulday yurtimiz yonganda, bu qo’lyozmalar yonsa nima bo’pti! 
2 - y o s h  s h o i r. Bir eshitganim bor. Qo’lyozmalar yonmas emish... 
C h o’ l p o n. Bu gaplar bir tasalli uchun aytilganda... Qo’lyozmalar yonadi! Shunday 
yonadi-ki!...  Bu  dunyoning  adadsiz  yong’inlari  qanchadan  qancha  qo’lyozmalarni  yamlab 
yuborgan...  Bu  Turkiston  tuprog’ida  qanday  buyuk  daholar  yuragi-yu  aql  qo’ri  qorishgan 
qo’lyozmalarning kullarisovrilib yotibdi... Yovuz kuch borki, birinchi galda, avvalo, aql va 
yurakli odamlarga hujum qiladi. Chunki, aql topgan mantiq yurak qo’ri bilan toblansa, uni 
yengib  bo’lmasligini  yovuzlik  yaxshi  tushunadi...  Kitoblarning  baxti  qaroligi  shu 
sababdan... 
2 - y o s h  s h o i r  (
Gulxanga navbatdagi qog’ozni tashlayotgan Cho’lponning qo’lini 
ushlab
). Iltimos, shu she’rni yoqmang! 
C h o’ l p o n.  Bu  uyda  she’r  asrab  bo’lmaydi!  Yangang  bor...  Uni  asrashim  kerak. 
Unga  biror  gap  bo’lsa,  o’zimni  kechirolmayman.  Meni  etagimdan  ushlab  yurgan  bu  ayol 
har  qanday  sharoitda  ham  baxtiyor...  hech  bo’lmasa,  Omon  qolmog’i  zarur.  O’zim  esa 
borgan sari omonatga o’xshab qolyapman!... 
2 - y o s h    s h o i r.  Abdulhamid  aka,  shu  she’rning  qo’lyozmasini  menga  bering! 
Asrab, yaxshi kunlarda sizga qaytarib beraman!... 
C h o’ l p o n.  Yaxshi  kunlar  qachon  keladi,  kim  biladi!  Yovuzlik  esa  boshimizga 
egilgan. Qo’li bo’g’zimizda, ko’zi har bir harakatimizni sinchiklab kuzatib turibdi... Sendan 
bir  iltimos  bor!  Meni  yonimda  ko’p  o’ralashma!  Meni  yo’qlab  maqola  ham  yozibsan... 


Kerak  emas!...  Bular  shubha  qilganlarni  omon  qoldirmaydi.  Ularning  tadbiri  bilan  aytsak, 
«qayta tarbiyalangan»ga o’xshab, «o’z-o’zingni tanqid qilib» deganday yuraver... (
qog’ozni 
o’tga tashlaydi
). 
2 - y o s h  s h o i r. Balki siz ham... 
C h o’ l p o n. Meni qanday shoir deb o’ylaysan? 
2 - y o s h    s h o i r.  Siz  —  Yangi  she’riyatimizning  asoschisi...  Xullas,  birinchi 
shoirimiz-siz!.. 
C h o’ l p o n. — Bilib qo’y, demak, har bir ishda ham birinchilikni xudo peshonamga 
bitgan... Menga  yarashmaydi!  Tavba qilsam  ham,  yolg’onligini  ular bilib turadilar!  Men... 
Cho’lponman!  Vatanni  toptayotganlarga  ta’zim  qilsam,  uyat  bo’ladi!  Ming  o’lgulik  ish 
bo’ladi!  Ming  o’lgandan  yomon  bo’ladi!  Biroq...bular  o’ldirmasa  ham,  baribir  o’lib 
ketaman! Chidayolmayman!... Bunday yashashga chidayolmayman! Shoir aytar so’zini o’z 
erkida aytolmasa!... Hozir hamma baxtni kuylashga o’tayapti! Men esa bebaxt yurtni ko’rib 
turib,  baxt  haqida  yozolmayman!...  (
Sukut
)  Hozir  esa  yaqinlarimning,  do’stlarimning 
bexatarliklarini  o’ylashim kerak. Men  uchun  ular aziyat chekmasinlar!.. (
Gulxanga ishora 
qilib
) Mana, bir kechalik azobim, yondi ketdi! (
Eshik taqillaydi
). Kim keldi ekan? 
2 - y o s h  s h o i r. — Yangamdir... 
C h o’ l p o n. — Yo’q, uning kelishini avvaldan sezaman... Boshqa odamdir... 
 
.... Qorong’ulik ko’tarilganida, Cho’lpon hamon gulxanda qo’lyozmalarni yondirish 
bilan ovora. Faqat endi kuz emas, qish. Qor uchqunlayapti. Shoir qishlik libosda... 
 
K o’ r i n m a s   o d a m.  —  Bular  eski  she’rlar-ku!  Bu  kecha  yozganlarini  nima  qildi 
ekan?... Umuman, yozganlarini bizga o’qitib, keyin yoqsa, ma’qul bo’lardi. Men ham ovora 
bo’lmasdim. Yaxshisi, bu shoir-yozuvchilarga «falon mavzuda yozasan» deb aytib qo’ygan 
ma’qul! Axir, bizga o’xshagan qancha odam ovora: birovimiz tepaga xabar beramiz! Yoki 
yigirmanchi  yillardagi  dohiymiz  Lenin  tashabbus  ko’rsatganlariday,  hammasini  xorijga 
haydab  yubormoq  ma’qul.  Bitta qoldirmay. O’shanda bemalol, tinchgina  yashardik... Kun 
sovuq... Padariga la’nat shu shoirlarni! 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish