Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


«SOHIBQIRON» ASARI HAQIDA SHARHLAR



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

«SOHIBQIRON» ASARI HAQIDA SHARHLAR 
 
«Sohibqiron» spektaklini sahnalashtiruvchi O. Salimov shoir  A. Oripovning pyesasini 
falsafiy-romantik  drama  uslubida  talqin  qilarkan,  uni  dramatizm  bilan  boyitadi, 
qahramonlar  holatlarini  psixologik  tahlillarda  ochib  beradi.  Rejissorning  maqsadi  — 
podshohning  ko’p  qirrali  obrazini  qudratli,  buyuk  davlat  qurishdek  yagona  niyat 
yonayotgan insonning murakkab, iztirobli kechinmalari mohiyatini yoritishdan iborat. 
Spektakl kompozitsion yaxlitligi bilan ajralib turadi. Unda muqaddima, xotima mavjud 
bo’lib,  ularda  xor  va  bashoratchi  ishtirok  etadi.  Sahnada  umumlashma  muhit  yaratilgan, 
unda ifoda vositalari bilan voqealar o’rni va vaqti belginadi. Oddiy va ixcham dekoratsiya 
yechimi  sahnalarni  erkin  joylashtirish  hamda  asosiy  e’tiborni  Amir  Temur  siymosiga 
qaratish  imkonini  beradi.  Ruhiy  holati  o’ta  iztirobli  damlarda  rejissor  yirik  tasvirga 
murojaat  qiladi.  Projektor  nuri  qahramonni  umumiy  fondan  ajratib,  tomoshabinlarga 
yaqinroq qilib ko’rsatadi. 
Ana shunday kuchli, iztirobli sahnalardan biri suiqasd sahnasidir. Adabiy manbada bu 
voqea  haqida  qisqa  dialogda  eslatib  o’tiladi.  Spektaklda  esa  rejissor  keng  qamrovli 
mizansahna  quradi...  Sukunat  ichra  yolg’iz  o’tirgan  Amir  Temur  davlat  taqdiri  haqida 
chuqur  o’yga  tolgan.  Birdan  eshikning  asta  g’ichirlashi  eshitiladi.  Ohista  bosilgan  qadam 
tovushlari  quloqqa  arang  chalinadi.  Ola-chalpoq  sho’lalarning  jimir-jimiri,  soyalarning 
lopillashi  yovuzlikdan  darak  beruvchi  muhitni  yanada  kuchaytiradi.  A. Ergashevning 
musiqasi  vaziyat  dramatizmini  juda  aniq  aks  ettiradi.  Rejissor  shu  tarzda  barcha  sahna 
vositalaridan —  nur, tovush,  musiqadan  unumli  foydalangan. Bu  vositalar bosh qahramon 
xarakterini  ochishga  xizmat  qiladi.  Amir  Temur  yonidan  uchib  o’tgan  kamon  o’qi  taxtga 
sanchilganda  ham  o’rnidan  turmaydi.  U  sukut  saqlagancha  saroy  a’yonlarining  harakatini 
kuzatadi,  o’z  hissiyotini  oshkor  etmaydi.  Hatto  uni  necha  bor  o’ldirishga  uringan  Amir 
Husaynni  olib  kirishganda  ham,  hukmdorning  kiprigi  qilt  etmaydi.  Raqibini  teshib 


yuborgudek sovuq nigoh, ulug’vor vajohat, mag’rurona odimlar — bularning hammasi bir 
bo’lib oshkora g’azab va nafratdan kuchliroq ta’sir qiladi. 
T. Mo’minov  Temurning  to’laqonli  siymosini  gavdalantirgan.  Tomoshabin  ko’z 
o’ngida o’tkir aql, kuchli iroda sohibi bo’lgan mard inson namoyon bo’ladi. Bundan Amir 
Temur  qattiqqo’l,  ulug’vor,  bosiq.  Amir  Temurning  avlodlariga  qaratilgan  so’nggi 
monologi  hokimiyat  sohibi  bo’lgan  insonning  hayotdagi  o’rni  va  ma’nosi  haqidagi  ko’p 
yillik o’ylarining o’ziga xos yakuniday jaranlaydi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish