Qamariddin Ortiqov
, «Teatr» jurnali,
1989-yil, 7-son.
«BIZNING HOVLI»
Pyesada Toshkentga o’qishga kelib, institutga kirolmay uylanib, Toshkentda qolib
ketgan Sulton va uni izlay-izlay, oxiri topgan onaizor Poshsha xolaning o’kinchli taqdiri
haqida hikoya qilingan
.
H u r b u v i. Ha, Xlestakov o’g’lim, ishdan qaytdingizmi? Bugun qanday sarguzashtlar
bo’ldi?
S u l t o n. E, so’ramang, Hurbu xola... (
Poshsha xolani ko’rib, tikilib qoladi.
Ko’zlariga ishonmaganday.
) Oyi?
P o s h s h a x o l a. (
Sultonga qaraganicha turibdi. Sekin-sekin o’ziga kelib o’rnidan
turadi. Ko’zidan tirqirab yosh oqadi
). Bolam! Sultonim! (
Surilib, qoqilib, Sulton tomon
kela boshlaydi. O’zini yo’qotib qo’ygan. Bir amallab so’ridan pastga tushadi. Sultonni
bag’riga bosadi.
) Bolam! Senmisan, a! Bu yerda nima qilib yuribsan! Ha, meni izlab
keldingmi? Odamlar aytishdimi? Qidirib yurganimni aytishdimi? A? Bu yerda ekanimni
qanday bilding? Bolam! (
Yana gir aylantirib o’pib chiqadi. Bag’ridan bo’shatmaydi.
)
Xudoga shukur! (
Ko’zlari to’la yosh, Hurbuviga.
) Aytmadimmi topaman deb! Uni hamma
taniydi, demadimmi? Mana, aytibdi odamlar, sizni onangiz qidirib yuribdi, deyishibdi.
Topib kelibdi, bolajonim! (
Sultonni yana qayta boshdan o’pib — yalab chiqadi
). Onam
qayerdadir tentirab yurmasin, uyga olib kelay, deb kelibdi bolaginam? (
Sulton boya ko’tarib
kirgan, hozir yerda yotgan narsalarga ishora qilib
.) Mana, shuncha narsa ko’tarib kelibdi
bolajonim? Qani bolam, tarvuzingni bittasini so’yib yubor? Hurbuvi opam tatib ko’rsinlar.
Bu kishi, mana, meni mehmon qilib o’tiribdilar. Juda yaxshi xotin ekan. Minnatdorchilik
qil, bolam! Qo’ni-qo’shnilariyam yaxshi odamlar ekan. Bugun kech bo’lib qoldi, hammasi
uy-uyiga kirib ketdi. Ertaga ertalab kelib, hammasiga minnatdorchilik qilib ketamiz, bolam!
Uying shu atrofda, yaqindami deyman-da, bolam?
S u l t o n (
Onasini chekkaga tortib
). Uyim.. shu yerda, oyi.
P o s h s h a x o l a. A? Yo’g’-e?
S u l t o n (Hurbuviga, qarab olib, sekin). Shu yerda.
P o s h s h a x o l a (
Hurbuviga, gina bilan
). Uyi shu yerda ekan, nega mendan
yashirdingiz, opa? Men sizni...
H u r b u v i. (Nima deyarini bilmaydi). Axir...
S u l t o n. Hechqisi yo’q, oyi. Qachon keldingiz? Qanday topib keldingiz?
P o s h s h a x o l a. Ertalab keluvdim. Samarqandning poezdidan tushdim-u taksiga
o’tirdim. Olib kelib qo’ydi. Uying shu yerda ekanini ko’nglim sezdi-da, bolam!
(
Hurbuviga.
) Boya bolamni nima dedingiz? Xlis...
H u r b u v i. Xlestakov.
P o sh sh a x o l a. Bolalaringni tanidim, bolam. Ikkita o’g’ling bormi?
S u l t o n. Ha.
P o sh sh a x o l a. Ikkoviniyam shunday ko’rdim-u, Sultonimning bolalari dedim.
Lekin Xlis... Bolam nega odamlar seni bunday deydi, a?
S u l t o n. Hurmat qilishadi-da, oyi.
P o s h s h a x o l a (
Hurbuviga, faxr bilan
). Ko’rdingizmi? Aytmovdimmi, o’g’lim
katta odam, hamma taniydi, hurmat qiladi, deb! (Sultonga.) Endi uyingga, boshla, bolam.
(
Hurbuviga
.) Yuring, opa!
H u r b u v i (
Nima deyarini, nima qilarini bilmaydi. Hayron
.) Mayli, sizlar
chiqaturinglar, men ertalab chiqarman.
Birozdan keyin Poshsha xola bilan Sulton chiqishadi...
P o s h s h a x o l a (
O’zini tutishga harakat qiladi, lekin tutolmaydi, yig’i bosib
kelaveradi
). Mendan xafa bo’lma, bolam. Shuncha harakat qildim, o’zimni shuncha
zo’rladim bo’lmadi. Qilolmayman, bolam. Men u yoqda seni deb... Sen hammaga,
xotininggayam, yetimman, deb yursang... Qanday tiling bordi, bolam?
S u l t o n. Oyi!
P o s h s h a x o l a. Qo’y, mayli, siqilma, kasal bo’lib qolasan. (
Ko’z yoshlarini artib,
jilmayadi
.) Mana, men ham bas qildim... Xotining judayam yaxshi ekan.
S u l t o n. Ha.... Uyam katta ishda ishlaydi.
P o s h s h a x o l a. Birga ishlaysizlarmi?
S u l t o n. Boshqa joyda-yu, katta ishda...
P o s h s h a x o l a (
Sultonga
). Qishloqlarga tez-tez komissiya borib turadi. Sen ham
borasanmi komissiya bo’lib?
S u l t o n. Ha.
P o s h s h a x o l a. O’zimiz tomonga o’tsang, birrov yonimga kirib chiq, bolam!
(
Ko’ziga yosh qalqib chiqadi
.) Necha kunligim bor, kim biladi?
S u l t o n. E, qo’ysangiz-chi, yig’lamang! Hali ko’p yashaysiz, oyi!
P o s h s h a x o l a (
Sultonning gaplariga quloq solmay
). Mabodo... tiligrom-piligrom
kelib qolsa... Tez yetib bor, bolam... Sen bormasang chiqarishmaydi... Hammaga aytib
qo’yganman... Aslida shuni aytganiyam keluvdim... O’zing tepkilab...
S u l t o n. E, qo’ysangiz-chi, oyi!
P o s h s h a x o l a. Bilib bo’ladimi, bolam, hammaning boshida bor savdo-da.
Ishqilib, senga qarab o’ligim sasib ketmasin.... Kel endi (
Bag’riga bosib, uzoq o’padi.
Yalab-yulqab chiqadi. Ko’zi to’la yosh
.) Omon bo’l, bolam!
S u l t o n. Xo’p. Yaxshi boring, oyi!
Do'stlaringiz bilan baham: |