QO’SHIQ
— Meni deb oromdan kechdingiz butun,
Men sizni bir xushnud eta olmadim.
Sochingiz supurgi bo’ldi men uchun,
Lekin qadringizga yeta olmadim.
Umringiz ziyoda bo’lsin har qachon,
Duoyi jonimni qiling, Onajon.
— Seni deya oromdan kechdim men butun
Sochim supurgidir kelsang hali ham
Sening borliging baxt edi men uchun,
Hali ham yagona baxtimsan, bolam!
Mayli, yaxshi bo’lgin, mayli, yomon bo’l.
Qayerda bo’lsang ham, bolam, omon bo’l!
Mashrab Boboyev
. Pyesalar. «Yoshlik
chog’im — oltin chog’im». Badiiy
adabiyot nashriyoti, 1965-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |