Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


Ikki a’yon chopib chiqib ketishadi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
Ikki a’yon chopib chiqib ketishadi. 
 
F a r g’ o n i y. Xalifai zamon. Meni afv eting! 
 
Keldim oldingizga vidolashgani! 
 
Endi bizga ruxsat?.. Kelgindi zoti 
 
Aslo sig’mas erkan o’zga tuproqqa!.. 
 
O’zga elda sulton bo’lg’ondin ko’ra, 
 
O’z elingda o’g’lon bo’lg’on soz erkan! 
 
Ma’mun jim. Farg’oniy xurjundan kitoblar olib, ularni yerga taxlay boshlaydi. 
 
 
Ushbu kitoblarg’a, barcha oldida 
 
Hozir o’t qo’yamen! Chunki bularning 
 
Hammasi soxta-yu, hammasi yolg’on! 
M a’ m u n. Ha, xabarim bor! 
 
«Yuksak olimlar»ning da’volari bu! 
F a r g’ o n i y. «Shammosiya» rasadin poydevori 
 
Kuyib kuli ko’kka sovrilg’onidin, 
 
Oqibatda mening jism-u jonim ham 
 
Kuyib kul bo’lg’ondin ogoh hamdursiz? 


M a’ m u n. Baridin ogohmen! 
F a r g’ o n i y. Shundaykan, endi 
 
Faqirga ijozat bergaysiz! 
M a’ m u n. Shoshmang! 
 
Avval isbotlansin gunohlaringiz!.. 
 
Qani, allomalar, yuzma-yuz turib, 
 
Da’volarni isbotlash payti hozir!.. 
 
Nega jim turibsiz? 
A b u  M a n s u r. Isboti tayyor! 
 
Al-Xorazmiy yerning ma’mur qismini, 
 
Ya’ni inson yashaydigan joylarin 
 
Ajratadi to’g’ri yetti bo’lakka!.. 
 
Farg’oniy ham aynan shu fikrlarni 
 
«Hisobil aqolim as-sab’a»sida, 
 
Ya’ni «yetti iqlim» risolasida 
 
Faqat qaytarganlar hech o’zgarishsiz! 
M a r v a z i y. Qolaversa, Arastu va Putelmus... 
M a’ m u n. Fanning tanasiga tushgan marazlar! 
 
Haqiqiy olim deb kim aytur sizni?.. 
 
O’tmish olimlarning ijodlaridin 
 
Bebahra, beta’sir qaysi bir donish 
 
Hayrat dunyosini yarata olg’on?.. 
 
Ayting, qaysi daho o’tmishni bilmay, 
 
Hozirgi davronning taraqqiysig’a 
 
Hissa qo’sha olg’on? O’zgartira olg’on?.. 
 
Shunga ham aqlingiz yetmaskan, nechun 
 
Haqiqiy olimni yerlarga urib, 
 
Ani chalg’itasiz izlash, ijoddin?.. 
 
Farg’oniy, ketmaysiz hech qayoqqa siz! 
A b u  M a n s u r. Anda biz keturmiz! 
M a r v a z i y. Biz ham keturmiz! 
M a’ m u n. Keting! Hozir keting! «Bayt ul-hikma»da 
 
Endi sizga aslo joy yo’q! Tez keting! 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish