Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
 
Navoiyning hovlisi... 
 
N a v o i y. Salom, do’stlar! 
J o m i y. Alisher! 
N a v o i y. Salom, ustod! 
A b u l m a l i k. Pirim! (
Ko’rishadilar
.) 
 
Jomiy yoshini artadi. Fotiha o’qiladi. 
 
N a v o i y.  Azizlar,  sizlarni  sog’intirib  qo’yganim  uchun  uzr  so’rayman!  Ammo  ayb 
menda  emas.  Shahanshoh  orqamdan  maktub  qo’ndirib,  Balhda  uzoqroq  turib  adolat 
o’rnatishimni,  so’ngra  mamlakatimizning  boshqa  shaharlariga  ham  o’tib  kelmog’imni 
iltimos  qilgan  edilar.  Balhdin  Mashhadga,  undan  bo’lak  shaharlarga  o’tdim.  Qishloqlarda 
bo’ldim.  O,  qanday  mehnatsevar  xalqimiz  bor,  faqat  yo’llarda  ko’zga  tashlanuvchi 
qovjiragan  dalalar,  qaqragan  qishloqlar  ko’ngillarni  g’amgin  qiladi...  Qishloq  ahllariga 
ariqlar  chiqarib,  xalqni  suvga  ma’mur  qilmoqchi  bo’lganimizni  aytdim.  Ko’zlari  sevinch 
yoshlariga  to’ldi,  haqqimga  duo  qildilar.  Pirim,  shu  sof  ko’z  yoshlar  hurmati,  ariq  qazish 


ishlarini  kuchaytiramiz.  Hozir  barcha  imkoniyat  mavjud.  Mamlakat  tinchidi,  shohni  zulm 
yo’liga boshlamoqchi bo’lgan fitnachi o’rgimchak yanchildi. (
Hamma jim
.) Nechun jimsiz? 
Tashvishli ko’rinasiz? 
J o m i y (
og’ir
). Alisher, baxtga qarshi hali o’rgimchak hayot. 
N a v o i y. Nechuk? Majiddin hayotmi? Shoh ko’z oldimda jallodga buyurgan edi-ku! 
J o m i y. Makr-hiyla qarshisida shohlar ham bo’yin egadi, Alisher. 
N a v o i y (
hayajonda
). Darvish Ali qayerda? 
J o m i y. Zindonda. 
 
Navoiy fojiani anglay boshlaydi. Uning yuzlarini g’azab va g’amginlik qoplaydi. 
Og’ir jimlik. 
 
N a v o i y. Makr-hiyla... Aldash... Yashashning naqadar yaramas usullari. Makr-hiyla 
ojizlarga qurol, olchoqlarga qalqon, yuzsizlikning niqobi! (
Pauza
.) 
 
Niqobi igna sanchar yorlardin, 
 
Munofiq qalbaki dildorlardin, 
 
Yashirmay nayza sanchar yovlar ortiq!.. 
 
Emish xo’rlik, haqorat, hiyla tortiq 
 
Sadoqatlar bilan qilgan ishimga, 
 
Zarur deb, ezgu deb bilgan ishimga. 
S o h i b d o r o. Hayosiz bilmagay hech vaqt vafoni, 
 
Vafoga almashur shohlar jafoni! 
N a v o i y. Qo’ying, mayli, alar bilguncha qilsun! 
 
Zulm chahmoqlari, mayli chaqilsun, 
 
Yovuzlik dengizi, mayli qutursun, 
 
Hasad to’lqunlari qirg’oqqa ursun, 
 
Muqarrar, oqibat bizningcha bo’lg’ay. 
 
Adolat nurlari olamga to’lg’ay. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish