Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

ALISHER NAVOIY 
 
Birinchi parda, birinchi ko’rinishdan parcha
 
 
N a v o i y. Ko’zimning nuri kel, toza Gulim kel! 
 
Ko’ngul bog’ida sayroq bulbulim kel! 
G u l i. Ko’rib gulzor ichida sizni yolg’iz 
 
So’roqsiz, indamay, men behayo qiz, 
 
Kechirgaysiz, kelishga jur’at etdim, 
N a v o i y.  Ko’ngil armoni kel! Maqsadga yetdim. 
 
Nechuk bezovtasan! Barvaqt turibsan? 
G u l i. Sahar chog’i turib, shirin g’azaldin 
 
Eshitmak odatim bo’lgan azaldin. 
N a v o i y.  Quloq soldingmi? 
G u l i. Yolg’iz men emas, gul. 
 
Samo, yer, koinot, oftoda bulbul — 
 
Butun jonlik va jonsiz tingladi jim 
 
G’azaldan bu kabi zavq olmagan kim? 
 
G’azalkim, so’zlagay mehru vafodin. 
 
G’azalkim, so’zlagay ishqdin, safodin. 
 
G’azaldin, bu kabi zavq olmagan kim? 


N a v o i y.  Ko’ngil ilhomchisi sensan, azizim. 
 
Bularning barchasi senga bitilgon. 
G u l i. Xudo bilsin, so’zingiz, balki yolg’on. 
N a v o i y.  Nechuk? Xo’sh? 
G u l i. So’nggi chog’da kamnomasiz. 
 
G’arib, bechora men — yer, siz — samosiz. 
N a v o i y.  Yoningda bo’lmoq orzum erta-yu kech. 
 
Faqat, naylay, ilojin topmadim hech, 
 
Ariq qazmoqdamiz, cho’llarda ish ko’p. 
 
Rabot, u madrasa, yo’llarda ish ko’p. 
 
Yumush, der, yerdagi har zarra tuproq, 
 
Yumush, der, bog’dagi har toza tuproq. 
G u l i. Kimiki bo’lsa inson, bo’lsa odam 
 
Haloyiqning g’amin yeydur damo-dam. 
N a v o i y.  Vafodorim, shuning-chun kamnomaman. 
 
Olur vaqtimni bu ishlar tamoman. 
G u l i. Alisher! Chindanam shersiz. Buyuk sher! 
 
Ulug’ ishlarni qilmoq istagan er. 
 
Bo’lur sherday jasur, qaytmas izidan, 
 
Qilich kelganda ham qaytmas so’zidan. 
 
Faqat ko’pdur, esiz, ko’p dushmaningiz. 
N a v o i y.  Yengur zulmatni nur, albatta, shaksiz. 
G u l i. Biroq, hozircha zulmatning kuchi ko’p, 
 
Haqiqat nurini so’ndirguvchi ko’p. 
 
Kecha ko’rgan edim, men bir yomon tush. 
 
U tushni eslasam boshdan uchar xush... 
N a v o i y.  Nechuk tush? 
G u l i. So’rmangiz. 
N a v o i y.  So’zla, azizim! 
G u l i. Tilim bormaydi hech, qalbim to’la bim...  
 
Yotibsiz yerda siz, qo’l-bo’yin bog’liq 
 
Va sizni qurshamish bir to’p pichog’liq. 
 
Yozib, men sochlarimni yig’lar erdim. 
 
Jafo tig’i-la bag’rim tig’lar erdim. 
 
Cho’chib uyg’ondimu, bildim banogoh 
 
Tush erkan. Shul mahaldin nola-yu oh. 
 
Ezar bag’rimni qattiq, o’rtanur dil, 
 
Misoli o’tga tushkan bir uziq qil... 
 
Navoiy Gulining so’zlaridan qattiq ta’sirlanadi. Ammo ta’sirlanganini yashirishga 
tirishib, Gulini ovuta boshlaydi. 
N a v o i y.  Gulim, behudaga bezovta bo’lma, 
 
O’zingni qiynama, g’amlarga to’lma. 
 
Dadil bo’lsang vahmning rangi so’lg’ay, 
 
Ishon, odatda tushning aksi bo’lg’ay. 


 
Meni shersiz deding, yovlar quyondur, 
 
Quyonlarning ishi senga ayondur. 
G u l i. Durust, shersiz... faqat... zanjirband sher... 
N a v o i y 
(
g’oyat ta’sirlanib og’ir

 
Ajab, zanjirband, sher-yengaman, der. 
G u l i. Esiz, men sizni ranjitdim... 
N a v o i y.  Yo’q, aslo! 
G u l i. Jahannam o’tlari qarshimda paydo. 
 
Ko’ngulda borini aytdim, nechora. 
 
Yashirsam, aytmasam dil pora-pora... 
N a v o i y.  Yetar, bas! Chekma g’am! Ko’nglingni shod et! 
 
Sevishgan, baxtiyor kunlarni yod et! 
 
Meni devonani zanjirband qil, 
 
Qaro zulfingni bo’ynimga kamand qil. 
 
Visoli oshiq uchun kundur u, tonggi. 
 
Jafokash ayriliq tundur qorong’i. 
G u l i. Meni tun qo’ynida qoldirmang aslo, 
 
G’ami hijron ila toldirmang aslo. 
N a v o i y.  Qilib, to’y, so’ng bo’lurmiz birga doim, 
 
Seni ko’p ko’rmasin menga xudoyim. 
 
Meni devona qilgan nozanin hur, 
 
Malak siymo, parivash, ko’zlari nur, 
 
Yuzi gul, la’li xandon, tishlari dur, 
 
Nasib etsin xudoyim menga... 
 
 
Uchinchi parda, oltinchi ko’rinishdan

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish